Journal of innovations in social sciences
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
Download 0.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari
JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
www.sciencebox.uz Volume: 02 Issue: 04 | 2022 ISSN: 2181-2594 Journal of Innovations in Social Sciences 267 bo‘lishini talab qiladi. Beruniy hamma fanlarni biri-biri bilan bog`liq holda o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Har bir o‘quvchini bilim olishdagi vazifasi haqida ham qimmatli fikrlar bayon etgan. Ta’lim - inson bilish faoliyatining eng murakkab turlaridan biridir. Ta’lim - o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini egallash bo‘yicha o‘quv-bilish faoliyatini tashkil qilish, ularning tafakkur va qobiliyatlarini o‘stirish, dunyoqarash, ma’naviy sifatlari, axloqiy, estetik madaniyatini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir. Beruniy shaxs rivojlanishi, kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Ya’ni hozirgi davr pedagogikasida e’tirof etilganidek, shaxs rivojlanishida irsiyat, muhit va tarbiya muhim rol o‘ynaydi. Beruniy insonning rivojlanishida ilm-ma’rifat, san’at, adabiyot, amaliy faoliyat, ayniqsa, ijtimoiy turmushning ham ahamiyati katta ekanligini ta’kidlaydi[2]. Buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. SHarqda «SHayx ar-Rais» nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma - Abu Ali ibn Sino o‘qituvchi mahorati haqida fikr yuritar ekan, quyidagilarni eslatib o‘tadi: - bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish; - berilayotgan bilimning talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish; - ta’limda turli metod va shakllardan foydalanish; - talabaning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish; - aqliy darajasiga mos ravishda ta’lim berish; - har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg`otishi darajasida bo‘lishiga erishish zarur. U o‘zining bir qator asarlarida, jumladan, “Donishnoma”, “Shafo kitobi”, “Tib qonunlari” va boshqalarda ta’lim-tarbiya masalalariga keng to‘xtaladi. Ibn Sino bola tarbiyalashning qiyin va murakkab tomonlarini alohida ta’kidlaydi. U o‘zining “Tib qonunlari” asarida ushbu masalaga “Tarbiya to‘g`risida” degan bir bobni bag`ishlaydi. Bunda u yosh bolalarda harakatlarni qanday tarbiyalash kerakligi to‘g`risida qimmatli fikrlar bayon qiladi. U bolalarga nisbatan bo‘ladigan jismoniy jazoning har qanday holatini qattiq qoralaydi[3]. Yosh bolalar tarbiyasiga kattalarning ta’siri tez o‘tishini Ibn Sino alohida uqtiradi. Yosh bolalar hamisha o‘zidan kattalarga taqlid qiluvchan bo‘ladi. Ularning yaxshi tarbiya topishida yaxshi xulq, odobli va aqlli kishilarning ta’siri ijobiy rol o‘ynaydi. Shuning uchun Ibn Sino yosh ota-onalarga va hamma tarbiyachilarga bolalarga shaxsiy namuna ko‘rsatishni maslahat beradi. Uning fikricha, bola yoshligidan boshlab faqat yaxshi qiliqlarga o‘rgatilishi zarur. Bu kelajakda uning mustahkam xarakterli bo‘lib yetishishiga olib keladi. Ibn Sino inson rivojlanishida, kamolotida aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyani o‘zaro aloqada amalga oshirishning ilmiy asoslarini ko‘rsatib berdi. Bolaning har tomonlama rivojlanishida oila tarbiyasining o‘rni katta ekanligini, agar oilada tarbiyaning yaxshi usullaridan foydalanilsa, oila baxtli bo‘lishini ta’kidladi[3]. Shaxs tarbiyasida o‘qituvchining o‘rni nihoyatda katta ekanligi ma’naviy merosimiz durdonalari bo‘lmish Kaykovus, Abu Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Yassaviy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy asarlarida markaziy o‘rinni egallaydi. Ular bolani to‘g`ri tarbiyalash, uning shaxsini shakllantirishda o‘qituvchi mehnatining ahamiyati, uning mas’uliyati masalasida qimmatli fikrlar qoldirganlar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling