Journal of innovations in social sciences


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana16.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1095227
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari

JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
 www.sciencebox.uz
Volume: 02 Issue: 04 | 2022
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
268 
“Xalq pedagogik merosi – ummon, biz bilgan pedagogik fikrlar undan bir tomchi xolos”, - 
deb yozgan edi atoqli pedagog Rahimjon Usmonov. Pedagogika fani va uning tarixini ko‘z oldimizga 
keltiradigan bo‘lsak, ta’lim-tarbiyaning jamiyat paydo bo‘lishi bilan shakllanganiga ishonch hosil 
qilamiz. Ta’lim-tarbiyaning maqsadi, insonni har tomonlama yetuk qilib shakllantirishdir. 
Allomalarimizdan biri Yusuf Xos Hojib o‘zining “Qutadg`u bilig” asarida shunday deb 
yozadi: “Bilim – bu insoniylikning poydevori, uning negizida axloqan mukammal shaxs shakllanadi”. 
Uning fikricha, jamiyatdagi noloyiq ishlarning sababi bilimsizlik va savodsizlikdir[4].
Pedagogika tarixi ta’lim-tarbiya paydo bo‘lishi bilan asta-sekin insoniyat tomonidan o‘zi 
bilmagan holda rivojlantirib kelindi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va 
vazifalari, ularning mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga 
aylandi. Har bir davrda yangi-yangi pedagogik fikrlar paydo bo‘ladi va shuning asosida ta’lim-tarbiya 
rivojlanadi. SHu davrda yashab ijod etgan buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z davrining ilg`or 
ma’rifatparvar allomasi sifatida ta’lim-tarbiya aqidalarini, o‘zidan ilgari ijod etgan mutafakkirlarning 
pedagogik qarashlarini davom ettirdi. Ayniqsa, insoniy kamolotda ilm-fanning o‘rni beqiyosligini 
ta’rifladi. Navoiy o‘zining axloqiy asarlarida komil inson haqida fikr yuritadi va unga xos fazilatlarni 
sanab o‘tadi. 
Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berishda muallimu mudarrislar hamda ustozu-
murabbiylarning o‘zlari ham bilimli va tarbiyali bo‘lishi zarurligini uqtiradi. U nodon, mutaassib, johil 
domlalarni tanqid etadi va o‘qituvchi ma’lumotli, o‘qitish yo‘llarini biladigan muallim bo‘lishi zarur, 
deydi. «Mahbub ul-qulub» asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularning o‘ta qattiqqo‘l, johil 
va ta’magirliklarini qoralash bilan birga, o‘qituvchi mehnatining og`irligi, murabbiylik haqqini 
xolisona baholaydi[4].
Abdulla Avloniy fikricha, bolalarda fikrlash qobiliyatini o‘stirish va bu tarbiya bilan 
muntazam shug`ullanish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning 

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling