Journal of innovations in social sciences


JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES


Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.01.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1095227
1   2   3   4   5
Bog'liq
Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari

JOURNAL OF INNOVATIONS IN SOCIAL SCIENCES
 
 www.sciencebox.uz
Volume: 02 Issue: 04 | 2022
 
ISSN: 2181-2594
 
Journal of Innovations in Social Sciences
 
266 
Forobiy fanlarni tasniflash bilan birga, ularni qanday o‘rganish masalasiga ham alohida 
to‘xtalgan. Uning fikricha, har bir fanni o‘rganuvchi oldin o‘zini shu ilmni o‘zlashtirishga tayyorlashi, 
so‘ngra haqiqatni izlashi, o‘zining salomatligi, odob-axloqiga jiddiyroq e’tibor berishi lozim. Kimki 
ilm hikmatini o‘rganishni istasa, bu ishni yoshligidan boshlasin. 
Forobiy o‘zining didaktik qarashlarida ustoz, o‘qituvchining mas’uliyatini alohida ifodalaydi. 
“Ustoz, - deydi u,- shogirdlariga qattiq zulm ham, haddan tashqari ko‘ngilchaklik ham qilmasligi 
lozim”[1]. Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg`otadi, bordi-yu ustoz juda 
yumshoq bo‘lsa, shogird uni mensimay quyadi va u beradigan bilimdan sovib qoladi. Ayniqsa, Forobiy 
o‘zining “Fozil odamlar shahri”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar”, “Hikmat xulosalari”, 
“Sharhlar” kabi asarlarida insonni tarbiyalash usullari haqida ham fikr yuritadi. 
Forobiy tarbiyalanayotgan kishining sharoiti va xarakteriga qarab ikkita pedagogik usuldan 
foydalanishni tavsiya etadi. Agar tarbiyalanayotgan kishi fan va hunarni o‘rganishga o‘zi xohish 
bildirayotgan bo‘lsa, unga nisbatan yumshoq usulni qo‘llash zarur. Bordi-yu tarbiyalanuvchi 
o‘zboshimcha va itoatsiz bo‘lsa, unga nisbatan qattiq usul qo‘llaniladi, deydi[1].
Forobiy o‘z asarlarida shaxsning rivojlanish muammolarini bayon etib, inson boshqa 
jonzotlardan sifat jihatidan tubdan farq qiladi, deb ko‘rsatadi. 
Birinchidan,- deydi u,- inson - aqlli mavjudot bo‘lib, aql va jon insonning tabiiy ibtidosidir. 
Ikkinchidan, insonning tili va nutqi bor. Uchinchidan, inson kasb-hunarga ega. Bir-biri bilan bog`liq 
bo‘lgan bu barcha xususiyatlar insonning rivojlanishi va takomillashuviga imkon beradi. 
Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonning o‘z mohiyati 
bilan ijtimoiyligi, ya’ni faqat jamiyatda, o‘zaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan 
falsafiy qarash yotadi. 
Qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida inson 
kamolotiga juda katta e’tibor bergan. Uning aqliy ta’lim haqidagi fikrlarini o‘rganar ekanmiz, eng 
avvalo, uning ilm olish, bilimdagi ta’lim uzviyliklari, o‘qish, o‘qitish va o‘quv qurollari, yozuv 
belgilari haqida aytgan fikrlari g`oyat qimmatlidir.
Beruniy o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, 
“Hindiston”, “Mineralogiya”, “Kitob as-Saydana” kabi asarlarida bayon etgan. U o‘z asarlarida 
dunyoni ilmiy bilish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. Beruniyning fikricha, kishining aql bilan o‘ylashi, hayol 
surishi, fikrlashi – bu uning bilim jarayoni manbai hisoblanadi. 
Beruniy ta’lim-tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg`ulotlar davomida 
o‘quvchini zeriktirib qo‘ymaslik uchun ta’lim olishning turli yo‘llari, shakl va metodlari ustida 
to‘xtaladi. U: “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirmaslik, hadeb narsa o‘qib berish zerikarli 
bo‘ladi va toqatni toq qiladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi 
turli-tuman bog`larda sayr qilgandek bo‘ladi…”- deydi[2]. 
Beruniyning ta’kidlashicha, bilim olishda imkoniyat yaratgan bilimlarni egallash uchun 
o‘quvchida intilish va qiziqish bo‘lishi kerak. Beruniy ilm olish yo‘li bilan dunyoni bilishning 
bosqichlarini ko‘rsatib beradi. Olim asosiy pedagogik, didaktik talab – taqqoslash, mashq, tajribalar 
o‘tkazish deb biladi, bular bilim olishdagi uzviylikni yaxshilaydi. Beruniy o‘sha davrda mavjud 
bo‘lgan aniq faktlardan har birining maqsad va vazifalarini o‘quvchi ongiga to‘liq yetkazilgan 



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling