1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
INSPEKSIYA (tekshirish) Tekshirish mahsulotni muayyan mezonlarga muvofiqligini muntazam ravishda tekshirishni o‘z ichiga oladi. SINASH Sinov bir yoki bir nechta xususiyatlarni aniqlashdan iborat va odatda laboratoriyada o‘tkaziladi. Masalan, ko‘p odamlar qon berishadi, bu kasallik yoki genetik anormallik kabi bir qator xususiyatlar uchun qon testini o‘z ichiga oladi. Akkreditatsiya tizimi - bu akkreditatsiya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar, akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari, boshqa tashkilotlar, shuningdek ushbu tizimning ishlashini belgilaydigan belgilangan normalar, qoidalar, tartiblar to‘plami. Sertifikatlashtirish- Umumiy holatda sertifikatlashtirish uch xil sharoitga rioya etilishi mumkin: -baholash ob’ekti haqiqatda bo‘lishi lozim; -ob’ektga o‘rnatilgan talablar bo‘lishi lozim, masalan me’yoriy hujjatlarda; -o‘rnatilgan talablar bo‘yicha ob’ekt muvofiqligini baholash usuli bo‘lishi lozim. Qo‘llanilayotgan sertifikatlashtirish jarayonlari va tartiblarining asosiy elementi bo‘lib sertifikatlashtirish sxemalari ob’ektni o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risida asoslangan isbotlash majmui sifatida xulosa qilish imkoniyatini beradi. Mahsulotni sertifikatlashtirishga mos holda quyidagi jarayon turlari qo‘llaniladi: sinov; ishlab chiqarishni baholash; inspektsion nazorat. Har bir ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar olingan shubhali baholash va uni mahsulot o‘rnatilgan talablarga muvofiqligi to‘g‘risidagi umumiy xulosaga ta’siri darajalarini inobatga olib batafsil tekshiriladi. Sinov turlarini sinash (namuna turi), to‘pini (partiya) sinash, mahsulot qismini sinash kabilar bo‘lishi mumkin. Turini sinash, qachonki bu natijalar muvofiqlik sertifikatini amal qilish muddati davomida barcha aniqlangan mahsulotlarga ta’sir qilishi holatlarida qo‘llaniladi; to‘pi (partiyasi)ni sinash – faqat shu partiyaga; mahsulot qismini sinash – faqat shu qismga qo‘llaniladi. ISO va MEK xalqaro tashkilotlari keyinchalik sertifikatlashtirish amaliyotini hisobga olib ISO/MEK 67:2004 «Muvofiqlikni baholash. Maxsulotlarni sertifikatlashtirish bo‘yicha umumiy qoidalar» Qo‘llanmasini ya’ni sertifikatlashtirishning yettita namunaviy sxemasi bo‘lmish qo‘llanmani tayyorladi va rasmiy chop etdi. Ulardan uchtasi (3-5 sxemalar)da uchta element – sinov, ishlab chiqarishni baholash va inspektsion nazorat, bittasi (2 sxema)da ikkita element – sinov va inspektsion nazorat, ikkitasi (1a va 1v sxemalar)da bitta element – sinovlar tarkib topdi. 6 sxema ishlab chiqarishni baholash va inspektsion naozoratlarda ko‘zda tutiladi va xizmatlar va jarayonlarni sertifikatlashtirishda tavsiya qilinadi. Barcha sertifikatlashtirish jarayonlarida sertifikatlashtirish sxemalaridan foydalanish umumiy ko‘rinishda quyidagi ketma-ketlik jarayonlar sifatida keltirilishi mumkin: • sertifikatlashtirish idorasiga ariza berish; • arizani ko‘rib chiqish va u bo‘yicha qaror qabul qilish; • kelishilgan sxema bo‘yicha tekshirishni o‘tkazish; • tekshiruv natijalarini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish; • muvofiqlik sertifikatini topshirish; • sertifikatlashtirilgan ob’ekt inspektsion nazorati (agar bu sertifikatlashtirish sxemasida ko‘rilgan bo‘lsa). Arizada sertifikatlashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish va o‘tkazish uchun yetarli va kerakli asos qilingan ma’lumotlar tarkib topgan bo‘lishi shart. ISO/MEK 28 «Muvofiqlikni baholash. Uchinchi tomon mahsulotni sertifikatlashtirish bo‘yicha rahbariy qo‘llanma» Qo‘llanma qoidalariga asosan arizada quyidagi ma’lumotlar keltirilishi shart: • arizachi nomi va rekvizitlari; • ob’ektni identifikatlashtirish belgilar va nomi; • arizachi xohlagan sertifikatlashtirish o‘tkazish muvofiqligiga me’yoriy hujjatlar; • arizachi sertifikatlashtirish qoidalarini bajarishi va uni o‘tkazish bo‘yicha xarajatlarni to‘lashga majbur; • arizachi nomidan chiquvchi familiyasi, lavozimi va shaxsiy imzosi. Sertifikatlashtirish idorasi ariza bo‘yicha qarorni arizachiga xabar berishga qadar va bir vaqtda sertifikatlashtirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazish shartlarini o‘zaro kelishishadi. Sertifikatlashtirish tartibida ko‘pincha «mahsulot identifikatsiyalangan shaklda lozim» ifodasi qo‘llaniladi. Birlamchi identifikatsiyani, mahsulotni ishlab chiqarishida tamg‘alashi va keyin uni arizada bayon qiladi. Sertifikatlashtirish idorasi muvofiqlikni tasdiqlashdan oldin o‘zining identifikatsiyasini o‘tkazadi. Muvofiqlik deklaratsiyasi - ishlab chiqaruvchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. Muvofiqlik deklaratsiyasi - ishlab chiqaruvchi o‘zi tomonidan taqdim etilgan mahsulotlar me'yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling