1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
birinchi tomon — ishlab chiqaruvchi yoki xizmatlar ko‘rsatuvchi
manfaatlarini ifodalovchi yuridik shaxs; baholash guruhi rahbari — zimmasiga baholash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholovchi; akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma — akkreditatsiyaning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun muvofiqlikni baholash organining va metrologiya xizmatining vakolatli ekanligini tasdiqlovchi hujjat; texnik ekspert — ishlarni tashkil etish, muvofiqlikni baholash sohasidagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida akkreditatsiya obyektini baholash va inspeksiya nazoratini o‘tkazish uchun Markaz tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs; uchinchi tomon — birinchi va ikkinchi tomonlardan mustaqil bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs. 2-bob. Akkreditatsiya talablari va shartlari 3. Quyidagilar akkreditatsiyaning umumiy talablari va shartlari hisoblanadi: akkreditatsiya uchun ariza beruvchilarning vakolati va baholashga qo‘yilgan talablarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarga shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlarga majburiy rioya qilish; akkreditatsiya obyektlarining normal va samarali faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida (shu jumladan, ijara huquqlari asosida) taalluqli bo‘lgan bino va inshootlar, texnik- texnologik hamda apparat-dasturiy vositalar mavjudligi; joriy etilgan va amaldagi sifat menejmenti tizimi mavjudligi hamda akkreditatsiya obyekti faoliyatida uning talablariga rioya etish; malakasi akkreditatsiya jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida malakali xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash; akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi; akkreditatsiya obyektlari tomonidan ushbu Nizomning 9- bobida ko‘rsatilgan majburiyatlarga o‘z vaqtida rioya qilish. Akkreditatsiya qilishda akkreditatsiya sohasidagi xalqaro qoidalar, Akkreditatsiya bo‘yicha xalqaro forum talablari (IAF) va Laboratoriyalar akkreditatsiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot (ILAC) talablari hisobga olinadi. 4. Quyidagilar ariza beruvchini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun qo‘shimcha shartlar hisoblanadi: a) sertifikatlash organi va/yoki sertifikatlash bo‘yicha inspeksiya organi sifatida: akkreditatsiya obyektining ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar, ijrochilar va iste’molchilardan mustaqilligi; baholanayotgan obyektning texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatida belgilangan majburiy ko‘rsatkichlarining aksariyat qismi aniqlashini ta’minlaydigan, belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tkazilgan o‘z sinov laboratoriyasining (markazi) mavjudligi; baholanayotgan obyekt majburiy ko‘rsatkichlarining yetishmayotgan qismi aniqlashini ta’minlovchi akkreditatsiyadan o‘tkazilgan boshqa sinov laboratoriyalari (markazlari) bilan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarning mavjudligi; b) yuklarni ortishdan oldin va/yoki tushirish vaqtidagi inspeksiyani o‘tkazish bo‘yicha inspeksiya organ sifatida akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasida, mahsulotning muvofiqligini baholash uchun tegishli texnika vositalari va asbob uskunalar yoki laboratoriyaning mavjudligi; v) xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlarni sertifikatlash organining baholanayotgan tarafdan mustaqilligi; g) sinov, kalibrlash va tibbiyot laboratoriyalari (markazlar), metrologik xizmatlar sifatida: texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof — muhit sharoitlarining mavjudligi; akkreditatsiyaning ariza berilgan sohasiga muvofiq sinovlar va/yoki o‘lchovlar o‘tkazilishini ta’minlaydigan sinov, o‘lchov vositalari, standart namunalar va sinash asbob-uskunalarining mavjudligi. 5. Mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari, xodimlar sertifikatlash organi, sertifikatlash bo‘yicha inspeksiya organi rahbari sifat bo‘yicha ekspert- auditor sifatida attestatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi kerak. Bunda ekspert-auditor faqat bitta muvofiqlikni baholash organiga rahbarlik qilishi mumkin. 6. Akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sinov, kalibrlash, tibbiyot laboratoriyalari (markazlari) va metrologik xizmatlar, amaldagi akkreditatsiya doirasiga muvofiq o‘zi qo‘llayotgan sinov va o‘lchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qo‘llash huquqlarining, akkreditatsiyadan o‘tishga talabgor bo‘lgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va/yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling