1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109
Bog'liq
opop

4-bob. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish va qisqartirish 
36. Akkreditatsiya sohasini kengaytirish ishlari akkreditatsiya obyekti 
arizasi bo‘yicha ushbu Nizomning 
7 — 25

32
 va 
33-bandlarida
 nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshiriladi. 
37. Akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasini qisqartirish 
akkreditatsiya komissiyasining qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi: 
akkreditatsiya sohasini qisqartirish to‘g‘risida akkreditatsiya obyektining 
arizasi; 
akkreditatsiya obyekti faoliyatining inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra. 
38. Akkreditatsiya sohasi qisqartirilsa, Markaz tomonidan akkreditatsiya 
obyektining akkreditatsiya sohasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. 
Akkreditatsiya sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi. 
 
5-bob. Inspeksiya nazorati 


39. Inspeksiya nazorati akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida ushbu 
Nizomga 
2-ilovada
 keltirilgan sxemaga muvofiq joyning o‘ziga borib amalga 
oshiriladi. 
Birinchi inspeksiya nazorati akkreditatsiya sanasidan keyin o‘n ikki oydan 
kechikmay o‘tkaziladi. Keyingi inspeksiya nazorati har yili Markaz rahbari 
tomonidan tasdiqlanadigan inspeksiya nazorati reja-jadvaliga muvofiq davriy, biroq 
avvalgi inspeksiya nazorati o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yigirma to‘rt oydan 
kechikmay (mahsulotni sertifikatlash organlari uchun — o‘n ikki oydan kechikmay) 
o‘tkaziladi. 
40. Yigirma to‘rt oy davriylik muddati quyidagi shartlar bajarilsa 
belgilanadi:joyning o‘zida avvalgi baholash o‘tkazilganda nomuvofiqliklar 
bo‘lmagan bo‘lsa;akkreditatsiya obyekti faoliyati bo‘yicha shikoyatlar bo‘lmagan 
bo‘lsa;akkreditatsiya obyekti faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring ijobiy 
natijalar bergan bo‘lsa. 
41. Akkreditatsiya obyekti faoliyati bo‘yicha rejadan tashqari inspeksiya 
nazorati akkreditatsiya talablari va shartlari, shu jumladan akkreditatsiya belgisidan 
foydalanish buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat 
Markazga tushgan taqdirda o‘tkaziladi. 
42. Inspeksiya nazoratini o‘tkazish tartibi ushbu Nizomning 
13 — 17

19-
bandlariga
 muvofiq amalga oshiriladi. 
Inspeksiya nazorati davomida Markaz muvofiqlikni baholash organlari va 
metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini va/yoki akkreditatsiyaga 
matnli havolalar qo‘llanilishining to‘g‘riligini ham o‘rganadi. Muvofiqlikni 
baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan akkreditatsiya belgisini 
qo‘llash qoidalari Markaz tomonidan ISO/IEC 17011 xalqaro standarti talablariga 
muvofiq belgilanadi. 
43. Baholash guruhi uch ish kuni mobaynida Markazga o‘tkazilgan 
inspeksiya nazorati to‘g‘risida hisobot taqdim etishi kerak. 
44. Markaz o‘tkazilgan inspeksiya nazorati to‘g‘risidagi hisobotni qabul 
qilgandan keyin besh ish kuni mobaynida uning akkreditatsiya komissiyasi majlisida 
ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. 
Akkreditatsiya komissiyasi:akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning 
amal qilishini tasdiqlash;akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 
to‘xtatib turish;akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 
tugatish;komissiya a’zolarining katta qismi baholash guruhi hisobotiga 
qo‘shilmagan taqdirda, akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya talablari va shartlariga 
muvofiqligini haq olmasdan qo‘shimcha baholashni o‘tkazish to‘g‘risida qaror 
qabul qiladi. 
Akkreditatsiya komissiyasining qarori u qabul qilingandan keyin 
akkreditatsiya obyektiga bir ish kunidan kechikmay yetkaziladi. 
45. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib 
turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 
6-7-boblarida
 belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. 
46. 
Akkreditatsiya 
komissiyasining 
akkreditatsiya 
to‘g‘risidagi 
guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori 


yuzasidan Markaz huzuridagi appelatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat 
qilish mumkin. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling