9-bob. Akkreditatsiya sohasidagi Markaz xizmatlariga haq to‘lash tartibi
60. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun
haq undiriladi:hujjatlar ekspertizasi uchun;akkreditatsiya obyektini baholash
uchun;tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq o‘tkazilgan akkreditatsiya obyektining
inspeksiya nazorati uchun;akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
Akkreditatsiya obyektlari tomonidan akkreditatsiya sohasidagi Markaz
xizmatlariga haq to‘lash ularning natijalaridan qat’i nazar amalga oshiriladi.
61. Markaz tomonidan akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmat turlari
bo‘yicha haq undirilmaydi:ariza ko‘rib chiqish;oldin berilgan (amaldagi)
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;akkreditatsiya
to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
akkreditatsiya sohasini qisqartirish;akkreditatsiya obyekti faoliyatining
rejadan tashqari inspeksiya nazoratini amalga oshirish;ushbu Nizomning 69 -
bandi
uchinchi
va
to‘rtinchi
xatboshilarida
nazarda
tutilgan
materiallar
dolzarblashtirilganligi uchun.
62. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan xizmatlar uchun to‘lovlar Markazning
sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.Sarflangan vaqtni hisoblab
chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning rasmiy veb-saytiga
joylashtiriladi.
63. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari tomonidan
akkreditatsiya belgisi qo‘llanishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdori haq
undiriladi.
10-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
64. Akkreditatsiya obyekti qayta tashkil etilsa, nomi, yuridik manzili yoki
joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarsa, yigirma ish kuni mobaynida mazkur
o‘zgartishlar haqida oldin berilgan (amaldagi) akkreditatsiya to‘g‘risidagi
guvohnomaning asl nusxasini ilova qilib, uni qayta rasmiylashtirish uchun Markazni
yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
65. Agar akkreditatsiya obyekti ilgari akkreditatsiyadan o‘tkazilgan
akkreditatsiya obyektining huquqiy vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni ko‘rib chiqish bilan
bog‘liq keyingi tartib-taomillar ushbu Nizomning
3-bobida
nazarda tutilgan tartibda
o‘tkaziladi.
66. Akkreditatsiyadan o‘tgan mahsulotlar, xizmatlar, menejment tizimlari,
xodimlarni sertifikatlash organi va inspeksiya organining nomi yoki joylashgan joyi
(pochta manzili) o‘zgarsa, yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma
akkreditatsiya o‘tkazilmay, amaldagi akkreditatsiya muddatiga rasmiylashtiriladi.
67. Sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriya (markaz) yoki metrologiya
xizmati joylashgan joy o‘zgarsa, ushbu Nizomning
3-bobida
nazarda tutilgan
tartibda ular takroriy akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
68. Yangi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Markaz tomonidan uch
ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |