1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


-bob. Akkreditatsiya obyekti materiallarini dolzarblashtirish


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109
Bog'liq
opop

11-bob. Akkreditatsiya obyekti materiallarini dolzarblashtirish 
69. Akkreditatsiya obyekti materiallari quyidagi hollarda dolzarblashtiriladi: 
akkreditatsiya obyektining akkreditatsiya sohasida ko‘rsatilgan texnik jihatdan 
tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar o‘rniga yangisi amalga kiritilsa, ularga 
o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilsa (bundan qabul qilinayotgan normativ hujjatda 
mahsulotlarning yangi turlari, sinov (o‘lchov) usullari ko‘rsatilgan hollar 
mustasno);sifat bo‘yicha qo‘llanmaga va sifat menejmenti tizimi tartib-tamoyil 
hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilsa;akkreditatsiya obyektining xodimlari tarkibi 
o‘zgarsa. 
70. Akkreditatsiya materiallari dolzarblashtirilsa, akkreditatsiya obyektlari 
buning sabablarini ko‘rsatgan holda, o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, 
shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib 
Markazga ariza taqdim etadi. 
71. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib 
chiqadi va avval tasdiqlangan hujjatlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi. Ushbu 
Nizomning 69-bandi 
ikkinchi xatboshiga
 muvofiq materiallar dolzarblashtirilgan 
taqdirda, akkreditatsiya obyektning akkreditatsiya sohasi yangi tahrirda 
tasdiqlanadi. 
12-bob. Appelatsiyalarni ko‘rib chiqish 
72. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya yoki inspeksiya nazorati natijalari 
bo‘yicha akkreditatsiya komissiyasining unga nisbatan salbiy qarori chiqarilsa
akkreditatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar 
kuni mobaynida Markazga yozma shaklda apellatsiya berish huquqiga 
ega.Apellatsiya komissiyasining qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘n kalendar 
kundan ortiq muddatda berilgan apellatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi. 
73. Apellatsiya komissiyasi har bir apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun 
zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz 
direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibini 
shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellatsiya olingan kundan boshlab uch 
kundan ortiq bo‘lmasligi kerak. 
74. Apellatsiya komissiyasining tarkibi, baholovchilar, jalb qilinadigan 
texnik ekspertlar, shu jumladan xalqaro ekspertlar orasidan appelatsiya bergan 
akkreditatsiya obyektini baholashda ishtirok etmagan va akkreditatsiya komissiyasi 
tarkibida bo‘lmagan Markazning kamida uch vakilidan shakllantiriladi. 
75. Markaz apellatsiya bergan akkreditatsiya obyektini va baholashni 
o‘tkazgan guruh rahbarini apellatsiya ko‘rib chiqiladigan sana haqida xabardor 
qiladi. Apellatsiya bergan akkreditatsiya obyekti vakili va guruh rahbari 
apellatsiyani ko‘rib chiqishda ishtirok etishlari mumkin. 
76. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul 
qilingan qaror to‘g‘risida akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda ma’lum qiladi. 
Appelatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar 
kundan oshmasligi kerak. 
77. Ko‘rib chiqilgan apellatsiya natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi 
quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:akkreditatsiya komissiyasining qarorini 


o‘zgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish;apellatsiyani 
qanoatlantirish. 
78. Akkreditatsiya komissiyasining qarorini o‘zgarishsiz qoldirish va 
apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror agar:apellatsiya ushbu 
Nizom talablari buzilgan holda taqdim etilgan bo‘lsa;apellatsiyada keltirilgan 
sabablar tasdiqlanmasa qabul qilinadi. 
79. Apellatsiyani qanoatlantirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinsa, Markaz 
tomonidan akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani berish yoki akkreditatsiya 
to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash haqida qaror qabul qilinadi. 
80. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror 
to‘g‘risidagi xabarnomani apellatsiya bergan akkreditatsiya obyektiga yozma 
shaklda yuboradi. 
81. Aynan bir masala bo‘yicha apellatsiyani takroran berishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
82. Apellatsiya komissiyasining qarori yuzasidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda sudga shikoyati qilish mumkin. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling