1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringini amalga oshirish
7-bob. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
55. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin: akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa;yuridik shaxs (akkreditatsiya obyekti) tugatilsa;akkreditatsiya obyekti tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;akkreditatsiya sohasi buzilsa;guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlangan bo‘lsa. 56. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya obyektiga yozma ravishda xabar yuboriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi. 55-bandning to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugutilgandan keyin akkreditatsiya uchun takroriy ariza kamida olti oydan keyin berilishi mumkin. 57. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reyestrlariga kiritilishi lozim. 8-bob. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringini amalga oshirish 58. Akkreditatsiya belgisidan foydalanish monitoringi muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlar tomonidan akkreditatsiya belgisidan foydalanish qoidalariga (akkreditatsiyaga matnli havolalar) rioya qilishning holatini o‘rganish maqsadida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma asosida amalga oshiriladi. Monitoring: Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlaridan vaqti-vaqti bilan so‘raladigan akkreditatsiya qilingan sohada ularning faoliyati to‘g‘risidagi axborot;iste’molchilarning muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari sifatidan qoniqishi to‘g‘risidagi so‘rov natijalarini iste’molchilar bilan qayta aloqa orqali;Markazning so‘rovi bo‘yicha nazorat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qilish orqali amalga oshiriladi. 59. Monitoring natijalari bo‘yicha Markaz uch ish kuni mobaynida muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmatini ular tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun monitoring natijalari to‘g‘risida xabardor qiladi. Bunda monitoring natijalari bo‘yicha Markaz tomonidan muvofiqlikni baholash organi va metrologiya xizmati organiga nisbatan biron-bir chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Monitoring natijalaridan inspeksiya nazorati davomida foydalanilishi mumkin. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling