1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109
Bog'liq
opop

 
 
 
 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi 
hollarda to‘xtatib turilishi mumkin: 
Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal 
qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganida; 
akkreditatsiya talablari va shartlari buzilishi aniqlanganda; 
akkreditatsiya ob’ekti tomonidan akkreditatsiyadan keyingi shartnoma 
qoidalariga rioya etilmaganda. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Nizomning 47-bandining 
uchinchi
 va 
to‘rtinchi xatboshilarida
 nazarda tutilgan 
hollarda Markaz tomonidan akkreditatsiya komissiyasi qaroriga ko‘ra, uch oydan 
oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
Nizomning 47-bandining 
ikkinchi xatboshida
 nazarda tutilgan holda Markaz 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish 
to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan 
kechikmay, Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga 
yozma ravishda xabar yuboriladi. 


Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya 
komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida 
joylashtirilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi. 
Akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal 
qilishi tiklangunga qadar muvofiqlikni baholash faoliyatini to‘xtatib turishi shart. 
 
 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi 
hollarda tugatilishi mumkin: 
akkreditatsiya ob’ekti akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal 
qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilsa; 
yuridik shaxs (akkreditatsiya ob’ekti) tugatilsa; 
akkreditatsiya ob’ekti tomonidan guvohnoma amal qilishining to‘xtatib 
turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda bartaraf 
etilmasa; 
akkreditatsiya sohasi buzilsa
guvohnoma soxta hujjatlar va ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi 
aniqlangan bo‘lsa. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi akkreditatsiya 
komissiyasining qaroriga ko‘ra Markaz tomonidan tugatiladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish 
to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan 
kechikmay Markazning veb-saytida joylashtiriladi va akkreditatsiya ob’ektiga 
yozma ravishda xabar yuboriladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomasining amal qilishi akkreditatsiya 
komissiyasining qabul qilgan qarori to‘g‘risida ma’lumot Markazning veb-saytida 
joylashtirilgan sanadan boshlab tugatiladi. 
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar akkreditatsiya sohasidagi tegishli Davlat reestrlariga 
kiritilishi lozim. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling