1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109
Bog'liq
opop

Akkreditatlashtirish tartibi: 
• Ariza beruvchilarni akkreditatsiya qilish Nizomga muvofiq sxema bo‘yicha 
amalga oshiriladi va quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi: 
a) akkreditatsiya qilishga buyurtmanoma berish; 
b) taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning butligini va to‘liqligini tahlil qilish 
hamda akkreditatsiya qilish ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki 
taqdim 
etilgan 
hujjatlarni 
puxtalashtirish 
uchun 
qaytarish, 
ekspertiza 
dalolatnomasini rasmiylashtirilgan holda taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan 
o‘tkazish; 
v) akkreditatsiya ob’ektini baholash, baholash dalolatnomasini rasmiylashtirgan 
holda akkreditatsiya ob’ektini baholash uchun komissiya tuzish; 
g) akkreditatsiya ob’ektini baholash natijalarini va tuzatish ishlari (baholashda 
nomuvofiqlar aniqlangan taqdirda) samaradorligini tahlil qilish Milliy 
akkreditatsiya organi tomonidan ariza beruvchini akkreditatsiya qilish yoki
Akkreditatsiya qilish kengashi tavsiyalarini hisobga olgan holda 
akkreditatsiya qilishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish; 
d) akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani rasmiylashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazish 
va berish. 
• Akkreditatsiya qilishning har bir navbatdagi bosqichi oldingi bosqichning 
natijalari ijobiy bo‘lgan taqdirda bajariladi.
• Akkreditatsiya qilish (akkreditatsiya qilish sohasini kengaytirish) ishlari 
uchun to‘lov ariza beruvchi tomonidan bosqichma-bosqich, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
• Ariza beruvchi, akkreditatsiya qilish natijalaridan qat’i nazar, akkreditatsiya 
bo‘yicha ishlarni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni bosqichma-
bosqich tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lashi shart.
Akkreditatlashtirish jarayoni: 
• Ariza beruvchi Nizomga muvofiq shakl bo‘yicha akkreditatsiya qilishga 
buyurtmanomani Milliy akkreditatsiya organiga yuboradi, unga Nizomning 
19 — 21-bandlarida
 ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi. 
• Ariza beruvchi akkreditatsiya qilishga buyurtmanomani, unga zarur 
hujjatlarni ilova qilgan holda, bevosita, pochta aloqasi vositasi orqali yoki 
elektron shaklda berishi mumkin. 
• Buyurtmanoma elektron shaklda berilgan taqdirda Milliy akkreditatsiya 
organi hujjatlarning rasmi olingan versiyasini ekspertizaga qabul qiladi, 
so‘ngra ularni akkreditatsiya ob’ektining muvofiqligi baholanadigan joyga 
borgan vaqtda asl nusxasi bilan taqqoslaydi. Milliy akkreditatsiya organi 
elektron shakldagi buyurtmanoma olingani to‘g‘risida ariza beruvchi 
xabardor qilinishini ta’minlaydi.
Mahsulotlar, menejment tizimlari, xodimlarni va sertifikatlashtirish bo‘yicha 
inspektsiya organini sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilish 
organiga beriladigan buyurtmanomaga quyidagilar ilova qilinadi:


a) akkreditatsiya qilinishi so‘ralayotgan akkreditatsiya sohasini aniqlovchi 
muvofiqlikni baholash ob’ektlari ro‘yxati; 
b) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillari va muvofiqlikni tasdiqlash bo‘yicha 
ishlarni bajarish qoidalaridan iborat bo‘lgan sifat bo‘yicha qo‘llanma; 
v) xodimlar va sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar. 
• Sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyalarini (markazlarini) va/yoki metrologik 
xizmatni akkreditatsiya qilish uchun buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va 
ma’lumotlar ilova qilinadi: 
a) akkreditatsiya sohasini belgilovchi akkreditatsiya qilish so‘ralayotgan sinovlar 
usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchovlar turlari ro‘yxati; 
b) sinov va/yoki o‘lchov laboratoriyasi (markazi)ning va/yoki metrologik 
xizmatning pasporti; 
v) sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan iborat bo‘lgan sifat bo‘yicha 
qo‘llanmalar. 
• Yukni ortishdan oldin va/yoki yukni tushirish vaqtidagi inspektsiyani 
o‘tkazuvchi 
inspektsiya 
organini 
akkreditatsiya 
qilish 
uchun 
buyurtmanomaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlar ilova qilinadi: 
a) akkreditatsiya sohasini aniqlovchi muvofiqlikni baholash ob’ektlarini 
akkreditatsiya qilishning so‘ralayotgan ob’ektlari ro‘yxati;
b) muvofiqlikni tasdiqlash ishlarini va sifat menejmenti tizimi tartib-taomillaridan 
iborat bo‘lgan sifat bo‘yicha qo‘llanmalar; 
v) xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 
g) yukni ortishdan oldin yoki yukni tushirish vaqtida ariza beruvchi ular bilan birga 
ishlashni 
mo‘ljallayotgan 
muvofiqlikni 
baholash 
organlari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar.
• Nizomning 
19 — 21-bandlarida 
ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish 
taqiqlanadi. Ushbu Nizomning 
19 — 21-bandlarida 
ko‘rsatilgan hujjatlarni 
rasmiylashtirishga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan talablar texnik 
jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilanadi 
• Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra akkreditatsiya qilish ob’ektiga taalluqli 
qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.
• Buyurtmanomani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya 
organi tomonidan 3 ish kuni mobaynida akkreditatsiya qilish ishlarini 
o‘tkazish yoki hujjatlar to‘liq bo‘lmagan taqdirda ularni puxtalashtirishga 
qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
• Akrreditatsiya qilish ishlarini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan 
taqdirda Milliy akkreditatsiya organi ekspertiza bo‘yicha xizmatlar uchun 
to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab 20 ish kunidan ortiq bo‘lmagan 
muddatda taqdim etilgan hujjatlarning ekspertizadan o‘tkazilishini 
ta’minlaydi. Ekspertiza natijalari xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
• Ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi mutaxassislari tomonidan yoki uning 
topshirig‘i bo‘yicha boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat bo‘yicha ekspert-
auditori tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertiza boshqa vakolatli 


tashkilotlarning sifat bo‘yicha ekspert-auditori tomonidan o‘tkazilgan 
taqdirda to‘lov ariza beruvchi tomonidan ushbu tashkilotga o‘tkaziladi.
• Ekspertiza natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi 3 ish 
kuni mobaynida ariza beruvchiga uning akkreditatsiya qilish shartlariga 
nomuvofiqligi to‘g‘risida asoslangan sabablarini ko‘rsatgan holda yozma 
bildirishnoma 
yuboradi. 
Bunda 
ariza 
beruvchiga 
ko‘rsatilgan 
nomuvofiqliklarni 20 ish kuni mobaynida bartaraf etish va hujjatlarni takroriy 
ko‘rib chiqish uchun taqdim etish imkoniyati beriladi.
• Milliy 
akkreditatsiya 
organining 
bildirishnomasida 
ko‘rsatilgan 
nomuvofiqliklar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda hujjatlarni 
takroriy ko‘rib chiqish nomuvofiqliklarning bartaraf etilganini tasdiqlovchi 
hujjatlar ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan kundan boshlab 10 ish 
kunidan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Buyurtmanoma takroriy 
ko‘rib chiqilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.
Belgilangan muddat tugagandan keyin berilgan buyurtmanoma yangidan 
berilgan hisoblanadi.
• Takroriy ekspertiza Milliy akkreditatsiya organi yoki dastlabki ekspertizani 
o‘tkazgan boshqa vakolatli tashkilotlarning sifat bo‘yicha ekspert-auditori 
tomonidan o‘tkaziladi.
• Takroriy ekspertiza natijasi salbiy bo‘lgan taqdirda Milliy akkreditatsiya 
organi ariza beruvchini uning akkreditatsiya qilish shartlariga nomuvofiqligi 
sababli akkreditatsiya qilishning rad etilgani to‘g‘risida 3 ish kuni mobaynida 
xabardor qiladi.
• Ekspertizaning ijobiy natijalari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya organi 
akkreditatsiya qilish ob’ektining muvofiqligini baholash uchun komissiyani 
(keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) 10 ish kuni mobaynida tuzadi, 
ob’ektning haqiqiy holatini o‘rganish hamda uning:
buyurtmanomada taqdim etilgan hujjatlarga, texnik jihatdan tartibga solish 
sohasidagi normativ hujjatlar talablariga va akkreditatsiya qilishning belgilangan 
shartlariga muvofiqligini; 
ko‘rsatilgan funktsiyalarni bajarishga qodirligini baholash komissiyaning asosiy 
vazifalari hisoblanadi. 
• Komissiya Milliy akkreditatsiya organi rahbarining buyrug‘i bilan 
tayinlanadi. Buyruqda komissiyaning tarkibi, akkreditatsiya qilish 
ob’ektining muvofiqligini baholashning maqsadi, sanasi, muddati va joyi 
ko‘rsatiladi.
• Komissiya raisi sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar orasidan tayinlanadi.
• Komissiyani tuzishda komissiya tarkibiga kiritiladigan shaxslarning xolisona 
baholashni o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan layoqati, bilimlari va 
ko‘nikmalari hisobga olinadi.
• Zarur bo‘lgan taqdirda komissiyaga texnik ekspertlar jalb etilishi mumkin. 
Texnik ekspertlar sifat bo‘yicha ekspert-auditor rahbarligida ishlashi kerak.
• Komissiya ishlarining dasturi Milliy akkreditatsiya organining rahbari yoki u 
vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi. Buyruq va komissiya 


ishlarining dasturi komissiya baholashni o‘tkazish uchun jo‘nab ketgungacha 
tanishish maqsadida ariza beruvchiga taqdim etiladi.
• Komissiya ishlarining davom etishi 20 ish kunidan oshmasligi kerak. 
Akkreditatsiya qilish ob’ektining muvofiqligini baholash natijalari Nizomga 
3-ilovaga 
muvofiq baholash dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
• Ariza beruvchi komissiya xulosalariga rozi bo‘lmagan taqdirda rozi emasligi 
to‘g‘risida yozma e’tiroz taqdim etishi mumkin, u baholash dalolatnomasiga 
ilova qilinadi.
• O‘tkazilgan baholash yakunlari bo‘yicha Milliy akkreditatsiya organi 
masalaning 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish kengashida ko‘rib 
chiqilishini ta’minlaydi.
• Milliy akkreditatsiya organi 3 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish 
kengashining tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish to‘g‘risida yoki ariza 
beruvchiga aniqlangan nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun 30 ish kunidan 
iborat bo‘lgan muddat berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
• Ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi 
tegishli hujjatlar belgilangan muddatlarda taqdim etilgan taqdirda komissiya 
Milliy akkreditatsiya organining buyrug‘i asosida 5 ish kunidan oshmaydigan 
muddatda kamchiliklarni bartaraf etishning holatini o‘rganadi va nazorat 
dalolatnomasini rasmiylashtiradi.
• O‘tkazilgan takroriy baholash yakunlari bo‘yicha hujjatlar komissiya 
tomonidan taqdim etilgandan keyin masala 5 ish kuni mobaynida 
Akkreditatsiya qilish kengashi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
• Milliy akkreditatsiya organi 5 ish kuni mobaynida Akkreditatsiya qilish 
kengashi tavsiyalari asosida akkreditatsiya qilish yoki akkreditatsiya qilishni 
rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
• Aniqlangan nomuvofiqliklarni belgilangan muddatda bartaraf etish 
ta’minlanmagan taqdirda Milliy akkreditatsiya organi akkreditatsiya qilishni 
rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
• Akkreditatsiyani o‘tkazish muddati akkreditatsiya qilishga berilgan 
buyurtmanoma ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 130 ish kunidan 
oshmasligi kerak.

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling