12-mavzu.Sinov laboratoriyalarini akkreditatsiya jarayonidan o‘tkazish
tartibi
Reja:
1.Milliy akkreditatsiyalash tizimi
2.Sifat menejment tizim tushunchasi
3.
S
inov laboratoriyalarini layoqatlilik bo‘yicha akkreditlashga tayyorlash
1.Milliy akkreditatsiyalash tizimi
O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyalash
tizimini yaratishning
maqsadi
mahsulotlar, xizmatlar yoki jarayonlarning
muvofiqligini tasdiqlovchi
sertifikat va boshqa hujjatlarning xalqaro tan olinishiga zamin tayyorlashdir. Bu
zamin O‘zbekiston
Respublikasining ILAC, IAF kabi
xalqaro akkreditatsiyalash
tizimlariga bog‘lanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 1998 yilda O‘zbekistonda
akkreditatsiyalashning milliy tizimi mustaqil tizim sifatida yaratildi.
Tizimning
yaratilishi davlatning nufuzli idoralarni akkreditatsiyalash
va baholash sohasidagi
rolini oshirdi.
Akkreditatsiya nima o‘zi ?Akkreditatsiya
bu Markaz faoliyatining
standartning belgilangan ko‘rsatgich, mezon va talablariga
mos kelishini rasman
tasdiqlanish jarayoni hisoblanadi.Akkreditatsiya buyurtmachilarning
laboratoriya
bajarishi mumkin bo‘lgan tadqiqotlarning sifati va vakolatliligiga bo‘lgan ishonchini
ta’minlash
mexanizmlaridan
biri
bo‘lib
hisoblanadi.
Akkreditatsiya
laboratoriyaning tadqiqot, o‘lchov va tekshirish sohalarida buyurtmachilarni talabini
bajarilishini hamda ma’lum turdagi tadqiqotlar va o‘lchovlarni o‘tkazishdagi texnik
vakolatliligini rasmiy tan olinishini bildiradi.
Akkreditatsiyaning asosiy maqsadi - tadqiqotlar, testlar va o‘lchov
natijalarini yagonaligini ta’minlanishi va tan olinishi bilan bog‘liq.
Akkreditatsiyaga ega bo‘lishi uning tadqiqot natijalarini aniq va ishonchli
ekanligini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: