1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Markaz qanday akkreditatsiya mezonlari asosida o‘rganildi ?


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109
Bog'liq
opop

Markaz qanday akkreditatsiya mezonlari asosida o‘rganildi ? Markaz 
asosan 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganildi. Bular, laboratoriyalarning zamon 
talablariga mos ravishda jihozlanganligi, ushbu laboratoriyalarda ishlaydilan 
xodimlarning vakolatliligi, ya’ni tegishli malakaga ega ekanligi va oxirgisi, 
laboratoriyalarning sifat tizimiga mosligi. 
Akkreditatsiyalash tizimi – bu akkreditatsiyalashni amalga oshirish va 
boshqarish uchun o‘zining xususiy protsedura qoidalariga ega bo‘lgan tizimdir. 
Tizim quyidagi tamoyillarga asoslanadi: tizimning milliy darajada tan olinishi; 
xususiy qoida va protseduralarining mavjudligi; tizimni akkreditlash ob’ektlari 
bo‘yicha mukammallashuvi va xorijiy va xalqaro akkreditlash tizimi bilan 
munosabatlarini rivojlanishi; tizimning ixtiyoriy yuridik va jismoniy shaxslarning 
ishtiroki bo‘yicha oshkoraligi; tizim a’zolari nufuzining xodimning yetarli 
darajadagi malakaga egaligi va texnik vositalar bilan ta’minlanishi;protsedura va 
akkreditatsiyalash natijalarining ob’ektivligi, diskriminatsiya omillaridan yoki 
haqqoniy bo‘lmagan qarorlardan xoliligi; akkreditatsiyalash natijalarining yuridik 
yoki jismoniy shaxslarning ta’siriga bog‘liq emasligi; rahbariyatning tizimdagi 


haqiqiy tamoyillarga rioya qilishi va qarorlar qabul qilishda javobgarligi; tizim 
tuzilmasining ratsionalligi va akkreditatsiyalash muolajalariga qilinadigan 
xarajatlarning minimizatsiyalanishi; akkreditatsiyalash ob’ektlarining tijorat 
bo‘yicha manfaatlariga doir axborotlarning konfidentsialligi; tekshiruv va baholash 
usullarining akkreditatsiyalashning barcha a’zolari uchun oshkoraligi va 
qo‘llanuvchanligi; Akkreditlashning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar 
hisoblanadi: mahsulot, xizmat va jarayonlarning xavfsizligi, sifati va 
raqobatbardoshliligini oshirish; xalqaro kelishuvlarda texnik to‘siqlarni bartaraf 
qilish; texnik kompetentlikni oshirish va sinash laboratoriyalari, kalibrlash va 
qiyoslash laboratoriyalari, sertifikatlashtirish va nazorat idoralari faoliyatining 
natijalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash. Tizimda akkreditatsiyalash ob’ektlari 
bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: sinash laboratoriyalari; kalibrlash laboratoriyalari; 
mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari; sifat tizimi sertifikatlashtirish 
bo‘yicha idoralar; nazorat (tekshiruv) idoralari; xodimni sertifikatlashtirish 
idoralari. Akkreditlash bo‘yicha milliy tizim tuzilmasiga quyidagilar kiradi:
akkreditatsiyalash bo‘yicha Kengash; akkreditatsiyalash idoralari (Texnik jihatdan 
tartibga solish agentligi); ilmiy-uslubiy markaz; akkreditatsiyalash ob’ektlari; 
akkreditatsiyalash 
bo‘yicha 
ekspert-auditorlar. 
Tizimning 
tuzilmasi 
akkreditatsiyalash bo‘yicha Kengash milliy darajada shakllanadi va davlat 
boshqaruv idoralarining vakillari, akkreditatsiyalash obьektlari, mahsulotlarning 
iste’molchilari, o‘lchash vositalaridan foydalanuvchilar, nazorat va tekshiruv 
obьektlari 
hamda 
boshqa 
manfaatdor 
tashkilotlardan 
tashkil 
topadi.
Kengashningfunktsiyalari: akkreditatsiyalash sohasida yagona siyosat o‘tkazadi va 
rivojlantiradi; sinash va sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro miqyosda tan 
olinishiga xizmat qiladi; akkreditatsiyalash bo‘yicha idoralarga akkreditatsiyalash 
komissiyasining shakllanishi va olingan natijalarni baholash bo‘yicha maslahatlar 
beradi; akkreditatsiyalangan laboratoriyalar va sertifikatlashtirish organlarining 
faoliyatini muvofiqlashtiradi va boshqalar. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling