1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Laboratoriya: O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standartiga asosan


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109
Bog'liq
opop

Laboratoriya: O‘z DSt ISO/IEC 17025:2019 standartiga asosan. 
Laboratoriya yuridik shaxs bo‘lishi yoki o‘z faoliyati uchun yuridik 
javobgarlikka ega bo‘lgan yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi bo‘lishi shart. 
ESLATMA. Mazkur hujjat maqsadlari uchun davlat laboratoriyasi o‘zining 
hukumat maqomiga muvofiq yuridik shaxs hisoblanadi. 
-Laboratoriya laboratoriyaning faoliyati uchun to‘liq javobgar bo‘ladigan 
rahbariyatni tayinlashi kerak. 
- Laboratoriya mazkur hujjatning talablariga muvofiq bo‘lgan faoliyat turlarini 
belgilashi va hujjatlashtirishi shart. Laboratoriya mazkur hujjat talablariga 
muvofiqlikka da’vo qiladigan soha tashqarida doimiy ravishda bajariladigan 
laboratoriya ishlarini o‘z ichiga olmasligi kerak. 
-Laboratoriya o‘z faoliyatini mazkur hujjatning, o‘z buyurtmachilarining
tartibga soluvchi organlarning va e’tirof etishni ta’minlovchi tashkilotlarning 
talablari bajariladigan tarzda amalga oshirishi shart. Bu uning doimiy 
dislokatsiyadagi barcha maydonlarida, doimiy manzildan yiroqda joylashgan 
uchastkalarda, tegishli vaqtinchalik va doimiy ob’ektlarda yoki buyurtmachining 
ob’ektlarida amalga oshiriladigan laboratoriya faoliyatini o‘z ichiga olishi zarur. 
Laboratoriya: 


a) 
laboratoriyaning tashkiliy va boshqaruv tuzilmasini, tashkilot 
tuzilmasidagi o‘rnini (agar laboratoriya yuridik shaxsning tarkibiy tuzilmasi bo‘lsa) 
hamda boshqaruv, texnik va yordamchi xizmatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni 
belgilashi; 
b) 
laboratoriya faoliyati natijalariga ta’sir qiluvchi ishlarni boshqarish, 
bajarish yoki tekshirishda band bo‘lgan barcha xodimlarning mas’uliyati, vakolatlari 
va o‘zaro munosabatlarini belgilashi; 
c) 
laboratoriya faoliyatini izchil amalga oshirish va atijalarning 
haqqoniyligini 
ta’minlash uchun zarur hajmda o‘z tartib-taomillarini 
hujjatlashtirishi shart. 
Laboratoriya boshqa mas’uliyat sohalaridan mustaqil ravishda o‘z vazifalarini 
bajarish uchun vakolat va resurslar bilan ta’minlangan xodimlarga ega bo‘lishi shart. 
Bu xodimlarning vazifalari quyidagilardan iborat: 
a) 
menejment tizimini joriy etish, saqlash va yashilash; 
b) 
menejment tizimi yoki laboratoriya ishlarini bajarish taomillari 
talablaridan og‘ishni aniqlash; 
c) 
bunday og‘ishlarning oldini olish yoki minimallashtirish; 
d) 
laboratoriya rahbariyatiga menejment tizimining ishlashi va 
yaxshilanishga bo‘lgan har qanday ehtiyoj haqida hisobot berish; 
e) 
laboratoriya faoliyati samaradorligini ta’minlash. 
Laboratoriya rahbariyati: 
a) 
menejment tizimining samaradorligi hamda mijozning talablari va 
boshqa talablar bajarilishi muhimligi o‘rtasida bog‘liqlikni; 
b) 
menejment 
tizimida 
o‘zgarishlar rejalashtirilishi va amalga 
oshirilishida menejment tizimining yaxlitligini ta’minlashi zarur. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling