1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
A.3. Metrologik kelib chiqishni namoyish etish
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
A.3. Metrologik kelib chiqishni namoyish etish
A.3.1. Laboratoriyalar mazkur hujjatga muvofiq metrologik kelib chiqish uchun javobgar bo‘ladilar. Mazkur hujjat talablariga javob beradigan laboratoriya tomonidan bajarilgan kalibrlash natijalari metrologik kelib chiqishni ta’minlaydi. ISO 17034 talablariga mos standart namunalar ishlab chiqaruvchilarning attestatsiyadan o‘tgan standart namunalarining sertifikatlangan qiymatlari metrologik kelib chiqishini ta’minlaydi. Mazkur hujjatga muvofiqlikni tasdiqlashning turli usullari bor, masalan, uchinchi taraf (akkreditatsiya bo‘yicha organ kabi) tomonidan e’tirof etilishi, buyurtmachilar tomonidan tashqi baho berish yoki o‘zini o‘zi baholash. Xalqaro darajada tan olingan usullar quyidagilarni o‘z ichiga oladi, ammo ular bilan cheklanmaydi: a) ekspertlar tomonidan baholash jarayonidan o‘tgan milliy metrologiya institutlari va vakolatli institutlar tomonidan ta’minlanadigan kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari. Bu kabi ekspertlar tomonidan baholash CIPM MRA hujjatiga (Xalqaro o‘lchov va tarozilar qo‘mitasining “Milliy etalonlarni va milliy metrologiya institutlari tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchash sertifikatlarini o‘zaro tan olish to‘g‘isida kelishuv”) muvofiq o‘tkaziladi. CIPM MRA bilan qamrab olingan o‘lchovlar ro‘yxati bilan Xalqaro o‘lchov va tarozilar qo‘mitasi KCDB muhim solishtirishlar ma’lumotlar bazasida BIPM MRA hujjati bilan S ilovada tanishish mumkin. U sanab o‘tilgan har bir o‘lchov sohasi uchun o‘lchov diapazoni va noaniqligini ko‘rsatadi; b) ILAC (Laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish xalqaro tashkiloti) Kelishuvi yoki ILAC tan oladigan mintaqaviy kelishuvlar tatbiq qilinadigan akkreditatsiya bo‘yicha organ tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkazilgan kalibrlash va o‘lchash imkoniyatlari metrologik kelib chiqish mumkinligini tasdiqlaydi. Laboratoriyani akkreditatsiyadan o‘tkazish sohalari bilan akkreditatsiya bo‘yicha tegishli organning resurslarida tanishish mumkin. A.3.2. Merologik kelib chiqish bo‘yicha BIPM, OIML (Qonunchilik metrologiyasi bo‘yicha xalqaro tashkilot), ILAC va ISO qo‘shma deklaratsiyasida metrologik kelib chiqish maqsadlari xalqaro miqyosda e’tirof etilganini namoyish etish zarurati bo‘lgan holatlar uchun maxsus ko‘rsatma berilgan. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling