1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109
Bog'liq
opop

TEXNIK PASPORTI 
 
Laboratoriya to‘g‘risida ma’lumot (1 shakl) 
 
Korxona yoki tashkilotning qoshida faoliyati yuritayotgan 
laboratoriyaning yuridik manzili 
 
Telefon raqami 
 
Elektron pochta manzili 
 
Laboratoriyaning joylashgan joyi (manzili) 
 
Laboratoriyaning filiali manzili (mavjud bo‘lganda) 
 
Tashkilot, korxona rahbarining FISH 
 
Laboratoriya rahbarining FISH 
 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Laboratoriyada faoliyat yurituvchi xodimlar (mutaxassislar) tugrisida ma’lumot
(2-shakl) 
 
№ 
FISH 
lavozimi 
Ma’lumoti, 
diplom rakami, 
umumiy ish staji 
(yil), 
laboratoriyadagi 
ish staji (yil 
Ma’kullash 
soxasi 
buyicha 
bajarishga 
vakolat 
berilgan 
sinov 
usullari 
Kushimcha ma’lumotlar: maxsus ukish 
kurslari, ma’kullash soxasi buyicha 
vakolat berilgan bajaradigan sinov 
usullari buyicha ukish 
Ukish 
utkazgan 
tashkilot 
nomi 
Utkazilgan 
ukish 
mavzusi 
Utkazilgan 
ukishlarni va 
berilgan 
vakolatlarni 
tasdiklovchi 
xujjat 







 
 
Laboratoriya xonasiga va atrof muxit sharoitlariga kuyilgan talablar tugrisidagi ma’lumot 
(3-shakl) 
 
 
№ Laboratoriya 
xonasi nomi 
Maydoni,
Sinov natijasi ishonchliligiga 
ta’sir kursatgan xollarda (sinov 
usullarda, jixoz pasportlarida, 
texnik talablarda) 
Maxsus 
vositalar 
(ventilyatsiya, 
kondetsioner) 
Namunalarni 
satslash va 
kabul kilish 
uchuy 
sharoit*** 
Ko‘rsatkich Ma’yor Amalda 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Laboratoriya tomonidan qo‘llaniladigan jihozlar, stnov va o‘lchash vositalari 
to‘g‘risidagi ma’lumot ( 4-shakl) 
 
№ 
Aniqlanadigan 
sinov 
ko‘rsatkichi 
nomi 
Sinov 
usullari 
Qo‘llaniladigan texnik vositalar 
Texnik vositalar, tip, 
zavod raqami, ishlab 
chiqaruvchi firma 
nomi,ishlab 
chiqarilgan yilli 
tavsiflari 
 
 
 
Sinov vositasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O‘lchov vositasi 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yordamchi texnik 
vosita 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Standart namuna 
 
 
 
 
 
 
 
Laboratoriyada qo‘llaniladigan standart namunalar (5 shakl) 
 
№ Aniqlangan 
sinov 
ko‘rsatkich 
nomi 
Standart 
namunalar 
qo‘llanilishi 
keltirilgan 
me’yoriy 
xujjatning 
belgilanishi va 
nomi 
Standart 
namunalar 
qo‘llanilishi 
(jixoz 
graduirovkasi, 
o‘lchashlar 
natijasini 
to‘g‘riligini 
nazorati, 
namunalar 
attestatsiyasi) 
Standart 
namunalar 
nomi va 
raqami 
Metrologik 
tavsiflari 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2.Laboratoriya jihozlari 
Kimyo laboratoryasi SHisha idishlar 
Analitik muvozanat Laboratoriya uskunasi 


Asbob-uskuna 
-Laboratoriya laboratoriya ishlarini amalga oshirish uchun talab etiladigan va 
natijalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan, quyidagilarni o‘z ichiga oladigan, ammo 
ular bilan cheklanmaydigan asbob-uskunalardan, o‘lchash asboblaridan, dasturiy 
ta’minotdan, etalonlardan, standart namunalardan, ma’lumot beruvchi axborotdan, 
reagentlardan, sarflash materiallaridan yoki yordamchi uskunalardan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. 
1-ESLATMA. Standart namunalar, shu jumladan attestatsiyadan o‘tkazilgan 
standart namunalar uchun ko‘plab nomlar bor, jumladan standart namunalar, 
kalibratorlar, etalon materiallar, sifatni nazorat qilish uchun namunalar. ISO 17034 
standartida standart namunalarni ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘shimcha axborot 
keltirgan. ISO 17034 standarti talablariga javob beradigan standart namunalar ishlab 
chiqaruvchilar kompetent ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ular tomonidan ishlab 
chiqariladigan standart namunalar mahsulot katalogi/sertifikatlar bilan birga 
yetkazib beriladi. Standart namunalar, boshqa tavsiflar bilan bir qatorda, belgilangan 
xususiyatlarning bir xilligi va barqarorligini ko‘rsatadi, attestatsiyadan o‘tkazilgan 


standart namunalar – belgilangan xususiyatlarning sertifikatsiyalangan qiymatlarga 
mosligini, ular bilan bog‘liq noaniqliklar va metrologik kelib chiqishni ko‘rsatadi. 
Ishlab chiqaruvchilarning ISO 17034 talablariga mos standart namunalaridan 
foydalanish shart. 
2-ESLATMA. ISO 33 qo‘llanmasida standart namunalarni tanlash va ulardan 
foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar bayon etilgan. ISO Guide 80 qo‘llanmasida 
sifatni nazorat qilish uchun materiallarni mustaqil ishlab chiqarish bo‘yicha 
ko‘rsatmalar bayon etilgan. 
- Laboratoriya o‘zining doimiy nazoratidan tashqari zonadagi asbob-
uskunalardan foydalangan taqdirda, mazkur hujjatning asbob-uskunalarga 
qo‘yiladigan talablari bajarilishini kafolatlashi shart. 
- Lozim tarzda faoliyat yuritilayotganini kafolatlash, ifloslanish yoki zarar 
yetishining oldini olish uchun, laboratoriya asbob-uskunani tushirish va ortish
transportda tashish, saqlash, foydalanish va reja bo‘yicha xizmat ko‘rsatish 
taomillariga ega bo‘lishi shart. 
- Asbob-uskunani foydalanishga topshirishdan oldin va texnik xizmat 
ko‘rsatilganidan keyin, u belgilangan talablarga javob berishini tasdiqlashi kerak. 
-O‘lchash uchun foydalaniladigan uskunalar haqqoniy natija olish uchun talab 
etiladigan aniqlik yoki noaniqlikni ta’minlab berishi kerak. 
- O‘lchash asboblari quyidagi holatlarda kalibrlangan bo‘lishi kerak: 
-o‘lchash aniqligi yoki o‘lchashlarning noaniqligi olingan natijalarning 
to‘g‘riligiga ta’sir qilganda yoki; 
- olingan natijalarning metrologik kelib chiqishi uchun asbobni kalibrlash talab 
etilganda. 
ESLATMA. Natijalarning haqqoniyligiga ta’sir qiladigan barcha turdagi 
asboblar quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 
- o‘lchanadigan kattalikni o‘lchash uchun bevosita foydalaniladigan asboblar, 
masalan og‘irlikni o‘lchash uchun foydalaniladigan tarozilar; 
- o‘lchanadigan kattalik, masalan harorat qiymatiga o‘zgartirish kiritish uchun 
foydalaniladigan asboblar; 
- bir necha qiymat asosida hisoblab chiqiladigan o‘lchash natijalarini olish 
uchun foydalanadigan asboblar. 
-Laboratoriya kalibrlash dasturini ishlab chiqishi, kalibrlashning to‘g‘riligiga 
doimo amin bo‘lish uchun bu dastur zaruratga qarab qayta ko‘rib chiqilishi va unga 
tuzatish kiritilishi kerak. 
-Kalibrlash talab etiladigan yoki ma’lum yaroqlilik muddatiga ega bo‘lgan har 
qanday asbob-uskuna markalangan, kodlangan yoki biror boshqa tarzda 
identifikatsiyalangan bo‘lishi shart.


-Ortiqcha og‘irlik tushirilgan yoki noto‘g‘ri ishlatilgan asbob-uskunaning 
natijalari shubha tug‘diradi va bunday asbob-usuna nuqsonli yoki belgilangan 
talablarga nomuvofiq uskuna sifatida ekspluatatsiyadan chiqarilishi kerak. To‘g‘ri 
ishlashi tekshirilgunga qadar foydalanishni istisno etish maqsadida bunday asbob-
uskuna ajratib qo‘yilishi yoki ishga yaroqsiz uskuna sifatida yaqqol ko‘zga 
tashlanadigan belgi bilan belgilanishi kerak. Laboratoriya nuqsonning yoki 
belgilangan talablardan og‘ish oqibatlarini tekshirishi, shuningdek nomuvofiq 
ishlarni boshqarish taomilini bajarishi shart (7.10-bandga qaralsin). 
-Asbob-uskuna to‘g‘ri ishlashiga doimo amin bo‘lish uchun oraliq tekshiruvlar 
o‘tkazish talab etilsa, bunday tekshiruvlar taomillarga muvofiq o‘tkazilishi shart. 
-Kalibrlangan va standart namunalar bo‘yicha ma’lumotlar tayanch qiymatlar 
yoki tuzatish koeffitsientlarini o‘z ichiga olsa, laboratoriya belgilangan talablarga 
muvofiq bo‘lish uchun zarur bo‘lgan holatlarda ushbu tayanch qiymatlar yoki 
tuzatish koeffitsientlari yangilanishini va joriy etilishini kafolatlashi zarur. 
-Laboratoriya noto‘g‘ri natijalar olinishiga olib keluvchi bexos sozlashlarning 
oldini olish uchun amaliy choralar ko‘rishi zarur. 
-Asbob-uskunalar bo‘yicha laboratoriya ishlariga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan 
yozuvlar saqlanishi shart. Vaziyatga qarab, yozuvlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi 
kerak: 
a) 
asbob-uskunaning belgilari, shu jumladan dasturiy ta’minoti va 
proshivka versiyasi (agar bor bo‘lsa); 
b) 
ishlab chiqaruvchining nomi, tip belgisi va seriya raqami, yoki biror 
boshqa identifikatsiya belgisi; 
c) 
asbob-uskuna belgilangan talablarga muvofiqligi tasdig‘i; 
d) 
ayni paytdagi manzili; 
e) 
kalibrlash o‘tkazilgan sanalar, barcha kalibrlash natijalari, qabul qilib 
olish mezonlari va keyingi kalibrlash sanasi yoki kalibrlash davri; 
f) 
standart namunalar, natijalar, qabul qilib olish mezonlari, tegishli 
sanalar va yaroqlilik davri bo‘yicha hujjatlar; 
g) 
xizmat ko‘rsatish rejasi va shu kungacha bajarilgan xizmat ko‘rsatish 
to‘g‘risida axborot; 
h) 
har qanday asbob-uskunaga zarar yetishi, ishdan chiqishi, o‘zgartirish 
kiritilishi yoki uni ta’mirlash holatlari tafsilotlari. 

Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling