1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari
Markaz qanday akkreditatsiya mezonlari asosida o‘rganildi ?
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
opop
Markaz qanday akkreditatsiya mezonlari asosida o‘rganildi ? Markaz
asosan 3 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘rganildi. Bular, laboratoriyalarning zamon talablariga mos ravishda jihozlanganligi, ushbu laboratoriyalarda ishlaydilan xodimlarning vakolatliligi, ya’ni tegishli malakaga ega ekanligi va oxirgisi, laboratoriyalarning sifat tizimiga mosligi. Akkreditatsiyalash tizimi – bu akkreditatsiyalashni amalga oshirish va boshqarish uchun o‘zining xususiy protsedura qoidalariga ega bo‘lgan tizimdir. Tizim quyidagi tamoyillarga asoslanadi: tizimning milliy darajada tan olinishi; xususiy qoida va protseduralarining mavjudligi; tizimni akkreditlash ob’ektlari bo‘yicha mukammallashuvi va xorijiy va xalqaro akkreditlash tizimi bilan munosabatlarini rivojlanishi; tizimning ixtiyoriy yuridik va jismoniy shaxslarning ishtiroki bo‘yicha oshkoraligi; tizim a’zolari nufuzining xodimning yetarli darajadagi malakaga egaligi va texnik vositalar bilan ta’minlanishi;protsedura va akkreditatsiyalash natijalarining ob’ektivligi, diskriminatsiya omillaridan yoki haqqoniy bo‘lmagan qarorlardan xoliligi; akkreditatsiyalash natijalarining yuridik yoki jismoniy shaxslarning ta’siriga bog‘liq emasligi; rahbariyatning tizimdagi haqiqiy tamoyillarga rioya qilishi va qarorlar qabul qilishda javobgarligi; tizim tuzilmasining ratsionalligi va akkreditatsiyalash muolajalariga qilinadigan xarajatlarning minimizatsiyalanishi; akkreditatsiyalash ob’ektlarining tijorat bo‘yicha manfaatlariga doir axborotlarning konfidentsialligi; tekshiruv va baholash usullarining akkreditatsiyalashning barcha a’zolari uchun oshkoraligi va qo‘llanuvchanligi; Akkreditlashning asosiy maqsadlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: mahsulot, xizmat va jarayonlarning xavfsizligi, sifati va raqobatbardoshliligini oshirish; xalqaro kelishuvlarda texnik to‘siqlarni bartaraf qilish; texnik kompetentlikni oshirish va sinash laboratoriyalari, kalibrlash va qiyoslash laboratoriyalari, sertifikatlashtirish va nazorat idoralari faoliyatining natijalarini xalqaro tan olinishini ta’minlash. Tizimda akkreditatsiyalash ob’ektlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: sinash laboratoriyalari; kalibrlash laboratoriyalari; mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish idoralari; sifat tizimi sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar; nazorat (tekshiruv) idoralari; xodimni sertifikatlashtirish idoralari. Akkreditlash bo‘yicha milliy tizim tuzilmasiga quyidagilar kiradi: akkreditatsiyalash bo‘yicha Kengash; akkreditatsiyalash idoralari (Texnik jihatdan tartibga solish agentligi); ilmiy-uslubiy markaz; akkreditatsiyalash ob’ektlari; akkreditatsiyalash bo‘yicha ekspert-auditorlar. Tizimning tuzilmasi akkreditatsiyalash bo‘yicha Kengash milliy darajada shakllanadi va davlat boshqaruv idoralarining vakillari, akkreditatsiyalash obьektlari, mahsulotlarning iste’molchilari, o‘lchash vositalaridan foydalanuvchilar, nazorat va tekshiruv obьektlari hamda boshqa manfaatdor tashkilotlardan tashkil topadi. Kengashningfunktsiyalari: akkreditatsiyalash sohasida yagona siyosat o‘tkazadi va rivojlantiradi; sinash va sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro miqyosda tan olinishiga xizmat qiladi; akkreditatsiyalash bo‘yicha idoralarga akkreditatsiyalash komissiyasining shakllanishi va olingan natijalarni baholash bo‘yicha maslahatlar beradi; akkreditatsiyalangan laboratoriyalar va sertifikatlashtirish organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi va boshqalar. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling