1-mavzu. Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari. Akrreditatsiya tushunchasi va akkreditatsiya sohasiga oid me’yoriy xujjatlari


V ilova (ma’lumot o‘rnida)  Menejent tizimi


Download 3.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/109
Sana12.11.2023
Hajmi3.32 Mb.
#1767871
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109
Bog'liq
opop

V ilova (ma’lumot o‘rnida) 
Menejent tizimi 
V.1. Menejment tizimini qo‘llash ko‘lami kengayishi laboratoriyalarning ISO 
9001 standartiga, shuningdek mazkur hujjat talablariga javob beradigan menejment 
tizimini boshqara olishlarini ta’minlash zaruratini kuchaytirdi. Natijada mazkur 


hujjatda menejment tizimini joriy etish bilan bog‘liq talablarning ikkita varianti 
ko‘zda tutilgan. 
V.2. A variant (8.1.2-bandga qaralsin) laboratoriyada menejment tizimini joriy 
etish bo‘yicha minimal talablarni o‘z ichiga olgan. ISO 9001 standartining 
laboratoriya faoliyatining menejment tizimi qamrab olgan sohalariga daxldor 
bo‘lgan barcha talablarini kiritishga ham urinib ko‘rildi. 4-7-bo‘limlarga muvofiq 
hisoblangan va 8-bo‘limning A variantini amalga oshiradigan laboratoriyalar ham, 
umuman olganda, ISO 9001 printsiplariga muvofiq faoliyat yuritadilar. 
V.3. V varianti (8.1.3-bandga qaralsin) laboratoriyalarga ISO 9001 talablariga 
muvofiq menejment tizimini 4-7-bo‘limlarning tegishli qoidalari bajarilishi 
ta’minlanadigan va tasdiqlanadigan tarzda joriy etish va dolzarb holatda saqlash 
imkonini beradi. 8-bo‘limning V variantini amalga oshiradigan laboratoriyalar ham 
ISO 9001 printsiplariga muvofiq faoliyat yuritadilar. ISO 9001 talablariga muvofiq, 
laboratoriya faoliyat yuritayotgan menejment tizimining muvofiqligining o‘zi 
laboratoriya texnik jihatdan to‘g‘ri ma’lumot va natijalar olish uchun 
kompetentligini kafolatlamaydi. Bunga 4-7-bo‘limlarga muvofiq bo‘lish orqali 
erishiladi. 
V.4. Ikkala variant menejment tizimi faoliyat yuritganda bir xil natijalarga va 
4-7-bo‘limlar talablariga muvofiq bo‘lishga erishishlari uchun mo‘ljallangan.
ESLATMA. ISO 9001 va menejment tizimi bo‘yicha boshqa standartlarda 
belgilanganidek, hujjatlar, ma’lumotlar va yozuvlar hujjatlashtirilgan axborot 
elementlari hisoblanadi. Hujjatlarni boshqarish 8.3-bandda (Yozuvlarni boshqarish), 
Yozuvlarni boshqarish 8.4 va 7.5-bandda va laboratoriya faoliyatiga taalluqli 
ma’lumotlarni boshqarish 7.11-bandda ko‘rib chiqilgan. 
V.5. V.1-rasmda laboratoriyadagi ish jarayonlari 7-bo‘limda bayon etilgandek 
sxema tarzida ko‘rsatilgan.



Download 3.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling