1-Mavzu: Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


I.I Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari


Download 27.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana03.02.2023
Hajmi27.33 Kb.
#1156123
1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari

I.I Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari.
Mahsulot deganda mehnat faoliyati jarayonining moddiylashtirilgan natijasi
tushunilib, u foydali xossalarga ega bo’ladi, aniq ishlab chiqarish jarayonlarida
olinadi va muayyan jamoa va shaxsiy xarakterli ehtiyojlarni qanoatlashtirishi
uchun mo’ljallanadi.
Mahsulotlar tayyor holda, aniq bozorda sotilishi uchun yaroqli yoki
tayyorlash jarayonida, ishlashda, yetishtirishda, ta’mirlashda va shunga
o’xshashlarda bo’lishi mumkin.
Mahsulot ta’rifi yana boshqa bir hujjat – ISO 9000 xalqaro standartida qisqa
holda keltirilgan bo’lib, «mahsulot - faoliyat yoki jarayon natijasi» deb
ta’riflangan.
Mahsulot moddiylashtirilgan (masalan, qismlar, qayta ishlanadigan
materiallar) yoki moddiylashtirilmagan (masalan, axborot yoki tushuncha) yoki
ularning o’zaro uyg’unlashgan birikmasi sifatida bo’lishi mumkin. Mahsulot o’z
ichiga xizmatni ham oladi.
Mahsulotni yaratilishida, sotilishida va iste’molida yoki ishlatilishida
namoyon bo’ladigan xossasi uning xolisona ko’rsatkichi hisoblanadi.
Mahsulot ko’pgina turli xossalarga ega bo’lib, u yaratilishida, sotilishida va


iste’molida yoki ishlatilishida namoyon bo’lishi mumkin. «Ishlatilishi» atamasi
shunday mahsulotga nisbatan ishlatilishi mumkinki, bunda mahsulotdan
foydalanish jarayonida u o’z resursi hisobiga sarflanadi.
«Iste’mol» atamasi shunday mahsulotga nisbatan ishlatiladiki, uning
vazifasiga ko’ra, ishlatilishida o’zi sarflanadi.
Mahsulot xossalarini shartli ravishda oddiy va murakkab turlarga bo’lish
mumkin.
Mahsulotning oddiy xossasiga massa, sig’im, tezlik va boshqa ko’rsatkichlar
kiradi.
Mahsulotning
murakkab xossasiga misol sifatida buyum ishining
ishonchliligini olishimiz mumkin. Bu esa o’z navbatida bir qator oddiy xossalarni
o’z ichiga qamrab oladi (buzilmasligi, chidamliligi, ta’mirlanuvchanligi va
saqlanuvchanligi kabilar).
Mahsulot sifati deganda, uning vazifasiga binoan muayyan ehtiyojlarni
qanoatlantirishga yaroqliligini belgilaydigan xossalar majmuasi tushuniladi.
Mahsulot sifati, uni tashkil etuvchi buyum va materiallarning sifatiga
bog’liq. Agar mahsulot mashinasozlik buyumlaridan tashkil topgan bo’lsa,
mahsulotning sifatini belgilovchi, uning ayrim buyumlarining hamda birxillik,
o’zaro almashuvchanlik va boshqa shunday xossalarining majmuasidan tashkil
topadi. Masalan, paxta terish mashinasining sifati, uni tashkil etuvchi dvigatelning,
shpindellarning, bolt va gaykalarning, g’ildirak va undagi rezina kabilarning
sifatiga bog’liq.
Mahsulot sifati – o’zida aniqlangan ehtiyojlarni qanoatlantiruvchi uning
yaroqliligini ta’minlovchi xossalar majmuasini namoyon etadi. Mahsulotning har
bir xossa yoki bir necha xossalarining darajasini aniqlash sifat ko’rsatkichlari
yordamida baholanadi. Bunda ulkan ko’p xilli mahsulotlar turlari tavsiflovchi turli
xil xossalar mavjud va unda xuddi shuningdek, mahsulot sifati ko’rsatkichlari ham
ko’p bo’ladi.
Har bir turdagi mahsulotlar aniqlangan sifat ko’rsatkichlari majmuasi
bo’yicha tavsiflanadi. Muayyan bir turdagi mahsulotning sifatini baholashni
ta’minlash uchun turli holatlarda uning sifat ko’rsatkichlari nomenklaturasiga
muvofiq keluvchi standartlarda belgilangan.

Download 27.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling