1-Mavzu: Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
Download 27.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Mavzu Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi.
- Mahsulot belgisi
Sanoat mahsulotlari deganda ishlab chiqarish sanoatining alohida
mahsulotlari yoki mahsulotlari majmuasi tushuniladi. Sanoat mahsulotlari ikki sinfga bo’linadi (1.1-rasm): 1-chi sinf – foydalanishda sarf bo’luv mahsulotlari; 2-chi sinf – o’z resursini sraflovchi mahsulotlar. Bu sinflar esa o’z navbatida 5 guruhga bo’linadi. 1.1-rasm. Sanoat mahsulotlarining sinflanishi. I guruhga – xom-ashyo, tabiiy yonilg’i (foydali qazilmalar, tabiiy qurilish materiallari, qimmat baho toshlar, minerallar va h.k.)lar tegishlidir. II guruhga – materiallar (yonuvchi-moylovchi materiallar, tekistil, yengil, og’ir va boshqa sanoat uchun materiallar, o’rmonchilik materiallari, elektr va radiotexnika va sanoati materiallari va h.k.) III guruhga – sarf bo’luvchi mahsulotlar (oziq-ovqat mahsulotlari, dori- darmon vositalari va h.k.). IV guruhga – ta’mirlanmaydigan mahsulotlar (radiotexnika elementlari – masalan, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar; mashinasozlik elementlari mahsulotlari – masalan, gaykalar, boltlar, tishli g’ildiriklar va boshqalar; dvigatellar va bir martalik foydalaniladigan harakatlanuvchi qismlar; pirotexnika mahsulotlari va boshqalar). V guruhga – ta’mirlanadigan mahsulotlar (radiotexnik qurimalar, texnologik va sinov qurilmalari, qishloq xo’jalik va transport mashinalar, va turli xil maqsadlarga mo’ljallangan kompleks va optik-mexanik tizimlar). Sanoat mahsulotlarining birinchi sinfiga I, II, III; ikkinchi sinfiga esa IV, V guruhlari mansubdir. Mahsulot belgisi deganda mahsulotning har qanday xossalari va holatlarining miqdoriy va sifat tavsiflari tushuniladi. Sifat belgisiga materialning rangi, buyumning shakli, detalning sathida himoya va bezak uchun ma’lum Sanoat mahsulotlari O’z resursini sarflovchi Foydalanishda sarf bo’luvchi Xom – ashyo va tabiiy Material lar va oziq – ovqatlar Ta’mirla nmaydig an Sarflanu vchi buyumla r Ta’mirla nadigan buyumla qoplamalarning bo’lishi, prokatning yon tomoni (burchak, tavr, shvellar va shunga o’xshashlar), mahsulot detallarining biriktirish usullari (payvandlash, yopishtirish, parchalash va shunga o’xshashlar), sozlash usullari (qo’lda, yarim avtomatik, avtomatik va shunga o’xshashlar) kiradi. Sifat belgilari orasida mahsulot sifatini boshqarishda katta ahamiyatga ega bo’lgan statistik nazoratda qo’llanuvchi muqobil belgisi bo’lib, faqatgina ikkita bir – birini inkor qiluvchi imkoniyatlari bo’lishi mumkin. Masalan, buyumlarda yaroqsizlikning borligi yoki yo’qligi, detallarda himoya qatlami borligi yoki yo’qligi va shunga o’xshashlar. Mahsulotning miqdoriy belgisi uning parametridir. Mahsulot sifati o’zining ko’rsatkich alomati bilan ifodalanadi. Download 27.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling