1-Mavzu: Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari


Download 27.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana03.02.2023
Hajmi27.33 Kb.
#1156123
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Mavzu Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari



1-Mavzu: Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari
1.1Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
1.2 Mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlari.
1.3 Sanoat mahsulotlarining sinflanishi
1 Fanga kirish. Fanning maqsadi va vazifalari.
Sanoatning zamonaviy ishlab chiqarishida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
sharoitlari ko’pchilik korxonalarning ish tajribalariga binoan ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning o’ta murakkabligi bilan tavsiflanadi. Alohida korxonalarda
loyihalash va ishalb chiqarishni boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan tizimlar
yordamida bajarilmoqda. SHuning uchun ishlab chiqarish faoliyatining samarali
hamkorligi uchun bunda tizimlar bilan axborotli o’zarofaoliyati amalga oshirilishi
lozim.
Bundan tashqari sanoat ishlab chiqarishining maqsadi sifatida axborotli
o’zaro faoliyat ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning o’rtasida ham bo’lishi,
ularga qulay xizmat ko’rsatish, talablarini o’zlashtirish, talab etilgan sifat
darajasidagi mahsulotni yaratish bo’lib hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda butun dunyo bo’yicha mahsulot sifati va uni ta’minlash
hamda yaxshilashga katta e’tibor qaratilmoqda. Yuqori sifatli mahsulot
korxonalarning bozorda raqobatchilikka kurashishida asosiy muvaqqiyatga
erishishning shart-sharoitlaridan bo’lib hisoblanmoqda.
Bozor munosabatlari sharoitlarida korxonaning muvaffaqiyat qozonishi
o’zining xaridorlarini qanoatlantirish darajasiga bog’liqdir. Faqatgina bunday
holatlarda korxona o’zining mahsulotiga barqaror talablarning vujudga kelishi va
daromad olishga erisha oladi. Biroq, muvofiq mahsulotning iste’molchilar
talablarini qanoatlantirish darajasi uning sifati bilan aniqlanadi. Mahsulot sifati
uning raqobatbadosh bo’lishida asosiy omil bo’lib hisoblanadi.
“Mahsulot sifati” tushunchasining murakkabligi va ko’p qirraliligini hisobga
olib va unga iste’molchilar talablarini doimiy o’zgarishi mahsulot ishlab
chiqaruvchi korxonalar oldiga talab etilayotgan sifatni ta’minlash va mahsulotning
barcha hayotiy bosqichlari bo’ylab uni boshqarish vazifasini qo’yadi. Bu esa sifatni
boshqarish sohasida muvofiq bilimlarni va ushbu sohada tayyorlangan
mutaxassislar mavjud bo’lishini talab etadi.


Sifat sohasida bilimlarni o’zlashtirishga va korxonada sifatni boshqarish
tizimini yaratishga 1987 yilda ixtiyoriy sohada faoliyat yurituvchi tashkilot,
korxona va muassasalar uchun sifatni boshqarish modelini tavsiflovchi ISO 9000
seriyali xalqaro standartlarni qabul qilinishi katta turtki berdi. Bu standartlarda
universal tavsiflar va sifat orqali korxonani boshqarish usullari va chuqur nazariy
bilimlarni talab etuvchi sifat tizimi bayon etilgan. Sifat tizimini ishlab chiqish,
joriy etish va ishchi holati samaradorligini ta’minlashni faqat korxonada kasbiy
tayyorlangan sifat bo’yicha mutaxassislar – muhandis va menejerlar mavjud
bo’lgandagina amalaga oshirish mumkin.
Hozirgi vaqtda xalqaro standartlar asosida sifat tizimini joriy etish eng
muhim zaruriyat hisoblanmoqda. Sifat tizimining mavjud bo’lishini buyurtmachi
(iste’molchi), ular qanday yuqori sifatli va xavfsiz mahsulot ishlab
chiqaryotganligini kafolatlashi sifati davlat organlari talab etadi. Ishlab
chiqaruvchilar ham o’zida sifa tizimini yaratishga shuningdek, sertifikatlashtirish
yo’li bilan sifatni ta’minlashga harakat qilishmoqda.
Sifatni boshqarish va sifat tizimini shakllantirishda sinash, nazorat va
tekshirish faoliyatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda sanoat mahsulotlarining
parametrlari va xossalarini inobatga olib sinash, sifatni nazorat qilish va tekshirish
usullari va vositalarini tanlash sinov natijalari ishonchliligini ta’minlash bilan birga
kelgusida ularni sertifikatlashtirishga zamin yaratadi.
Sanoat mahsulotlari asosan ularning konstruktiv, mo’ljallanganlik va
vazifaviy ko’rsatkichlarini bo’yicha farqlanishi bilan bir qatorda sifatini baholash
uchun mansub usullar zarurligini yuzaga keltiradi.
Sifat nazorati qadimgi zamonlardan buyon amalga oshirilib kelingan.
Masalan, qadimgi Rimda sandallarni xarid qilish vaqtida har bir buyumni
sinchiklab qarab chiqilgan. Uzoq yo’ldan tasmalar bilan sandallarni olib kelishda
ularni dars ketishi – bu albatta yoqimsiz holat bo’lib hisoblanadi. Taraqqiyotning
rivojlanishi ko’plab noxushliklar va insoniyat qubonliklariga ham olib kelishi
mumkin. Masalan, ularga:
− to’g’onlarni buzilishi (birinchi buzilish Bog’dodda Nar-Iza yeb
nomlangan to’g’on 942 yilda qayd etilgan, u 300 yildan so’ng buzilgan bo’lib va
uning sabablari noma’lum bo’lgan);
− ko’priklarning buzilishi (ko’prik osilgan bosh arqonlari korroziya va
mustahkamligiga dosh bermasligi, yuklanishda titrashning yuzaga kelishi,
aerodinamik kuch ta’siridagi chayqalish natijasida payvandlash choklarida
yoriqlarning paydo bo’lishi va h.k.);


− qurilish konstruktsiyalarining buzilishi (bino poydevorlari, tomlarning
buzilishi);
− temir yo’l talofatlari (ayniqsa, agarda ularda portlovchi, yonuvchi
suyuqliklar tashilayotgan bo’lsa);
− tunellarning buzilishi (binolarni yerga cho’kishi, suv sizib o’tishi
ta’sirlarida);
− shaxtalardagi avariyalar;
− avia talofatlar;
− zil-zilalar misol bo’la oladi.
Yuqorida keltirilganlarni inobatga olib, sanoat mahsulotlarining sifatini
tekshirish, nazorat qilish va sertifikatlashtirish orqali iste’molchilar talablariga mos
va jamiyat hamda insoniyat uchun mahsulotlar xavfsizligi va ishonchliligi
ta’minlanadi.
Ushbu ma’ruza mantnida sanoat mahsulotlarining sifat ko’rsatkichlari,
sinash va sifatini nazorat qilish usul va vositalarining tafsilotlari va
sertifikatlashtirish tartibi keltirilgan.

Download 27.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling