Fransuz olimi Eli-de - Bomon kontraksiya g‘oyasini yaratgan.
Avstriya
geologi E.Zyuss «Yer qiyofasi»
nomli mashhur asarini yozib,
ilmiy geologiyaga
munosib hissa qo‘shgan.
Turkiston o‘lkasida geologik qidiruv ishlari asosan XIX - asrning oxirlaridan
boshlanadi. Rus olimlaridan I.V.Mushketovning 2 - tomlik «Turkiston»
nomli
qomusiy asari, uning G.D.Romanovskiy bilan hamkor-likda Turkistonning birinchi
geologik xaritasini tuzishi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
O‘zbekiston
hududining
geologiyasini rejali o‘rganish XX -
asrning 30 - yillaridan boshlangan.
Jumladan,
mashhur
geolog
X.M.Abdullaevning
«Ma’danlarning
intruziyalar bilan genetik bog‘liqligi»,
«Daykalar va ma’danlanish», «O‘rta
Osiyoda magmatizm va ma’danlanish»
kabi
asarlari
foydali
qazilmalarni
qidirishda doim
dasturulamal vazifasini
bajarib kelmoqda.
Gidrogeologiya
va muxandislik
geologiyasi sohasida G..A.Mavlonov,
N.K.Kenesarin,
litologiya
soxasida
V.P.Popov,
O.M.Akramxo‘jaev,
petrografiya sohasida I.X.Hamraboev,
T.N.Dolimov,
tektonika
sohasida
O.M.Borisov, M.O.Axmadjonov, R.N.Abdullaev kabi yirik olimlar O‘zbekiston
geologiyasining turli tarmoqlari bo‘yicha samarali ishlar qilishgan.
H.M.Abdullaev (1912-1962yy).