1-Mavzu: Fanni ta’rifi, mohiyati va o’qitish maqadi va vazifalari. Axborot tushunchasi va xususiyatlari Reja


Download 0.82 Mb.
bet3/4
Sana21.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1219412
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-1

Ikkinchi inqilob (XVI asrning o‘rtalari) kitobni chop etish bilan bog‘liq bo‘lib, u tubdan industrial jamiyatni, madaniyat va inson faoliyatini tashkil etishni o‘zgartirib yubordi.
Uchinchi inqilob (XIX asrning oxirlari) elektr tokining kashf etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, telegraf, telefon va radioning vujudga kelishiga olib kelib, turli hajmdagi axborotlarni tezkor yig‘ish va uzatish imkonini yaratdi.
To‘rtinchi inqilob (XX asrning 70 yillari) mikroprotsessor texnologiyalari va shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Mikroprotsessor va integral chizmalar asosida kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari va ma’lumotlarni uzatishning axborot tizimlari yaratilgan.
Oxirgi axborot inqilobi texnik vositalarni ishlab chiqish, yangi bilimlarni yaratishning texnologiya va usullari bilan bog‘liq bo‘lgan a x b o r o t i n du s t r i ya s i n i oldingi qatorga surmoqda.
Yaponiyalik olimlarning fikricha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayonlari insonlarga axborotlarning ishonchli manbalariga kirish imkoniyatini yaratib, ularni mehnattalab ishdan ozod qiladi va ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotlarni avtomatlashtirilgan usulda qayta ishlashni yuqori darajada tashkil qiladi.
Jamiyatning taraqqiy etib borishining asosiy kuchi bo‘lib, material ko‘rinishdagi mahsulotni emas balki axborot mahsulotlarini  yaratish hisoblanadi. Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi va qadriyatlar tizimi ham tubdan o‘zgaradi.
Tovarlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan industrial jamiyatga nisbatan axborotlashgan jamiyatda esa intellekt, bilimlarni ishlab chiqish va iste’mol qilishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tovarlarda aqliy mehnat ulushining oshib borishiga olib keladi. Bunday jamiyatda bilimga bo‘lgan talab ortib boraveradi.
Hozirgi kundga kelib, rivojlangan davlatlarda fan va texnikaning rivojlanib borishi bilan axborotlashgan jamiyatning shakllanib borishi bo‘yicha nazariyotchilarning aytgan fikrlari amalda namoyon bo‘lmoqda. Barcha dunyo borlig‘ining bir yagona kompyuterlashtirilgan va axborotlashtirilgan elektron xonadon va kottejlardagi insonlar hamjamiyatiga aylanib borishi bashorat qilinmoqda. Hohlagan yashash joyi turli xildagi elektron asboblar va kompyuter vositalari bilan jihozlangandir.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling