1-Mavzu: Fanni ta’rifi, mohiyati va o’qitish maqadi va vazifalari. Axborot tushunchasi va xususiyatlari Reja


Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


Download 0.82 Mb.
bet2/4
Sana21.02.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1219412
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu-1

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – ob’ektning (axborot mahsu-lotining) holati, jarayon yoki voqeaning yangi xususiyati to‘g‘risida axborot olish uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va uzatish vositalari va usullari majmuidan foydalaniladigan jarayondir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi – inson yoki tizimning ehtiyojini qondiruvchi mahsulot ishlab chiqarish sanaladi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining maqsadi esa – axborot ishlab chiqarish bo‘lib, uni tahlil etish va uning asosida biror-bir harakatga qo‘l urish uchun tegishli qaror qabul qilish.
Ma’lumki, bitta va faqat o‘sha moddiy resursga nisbatan har-xil buyum yoki mahsulot olish mumkin. Axborotlarni qayta ishlash texnologiyasiga nisbatan ham shunday bahoni bersa bo‘ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Axborotlarni yig‘ish, uzatish, to‘plash, qayta ishlash, saqlash, taqdim etish va foydalanish uslublari va usullari tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deb yuritiladi.
Moddiy va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy komponentlarini qiyoslash 12.1-jadvalda berilgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari avtomatlashgan va an’anaviy(qog‘oz) ko‘rinishda amalga oshiriladi. Avtomatlashtirish hajmi va texnik vositalardan foydalanish turi aniq bir texnologiyaning mohiyatiga bog‘liq.
2.Axborotlashtirilgan jamiyat haqida umumiy tushunchalar
Axborotlashtirish jarayonlari jamiyatni industirialdan axborotlash-ganga o‘tishini ta’minlab bermoqda. Axborot bozori iste’molchilarga barcha kerak bo‘lgan axborot mahsuloti va xizmatlarini taqdim etib, ularni ishlab chiqishni esa informatika industriyasi ta’minlaydi. Lekin, hozirgi kungacha axborotlashgan jamiyat tushunchasining to‘liq ta’rifi mavjud emas.
Jamiyat taraqqiyotining tarixida bir nechta axborot inqilobi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog‘liq bo‘lib, miqdor va sifat jihatdan ilgarilab ketishga olib keldi. Avloddan avlodga bilimlarni uzatish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling