Yoqilg’ini yondirishga tayyorlash. - Yoqilg’ini yondirishga tayyorlash.
- Changsimon ko’mir yoqilg’i tayyorlash.
- Yirik energetik qurilmalarda changsmon va juda maydalangan yoqilg’i asosiy yoqilg’i hisoblanadi. U maxsus ko’mir tegirmonlarida antratsit, toshko’mir va qo’ng’ir ko’mir, torf hamda slanets bo’laklaridan va maydalaridan foydalanib tayyorlanadi. Yoqilg’ini maydalash uning sirtini keskin oshirib yuboradi va yanada to’liq yonishiga imkon tug’diradi. Elektrostantsiyalarga yoki qozonxonalarga ko’mirning o’lchamlari turlicha bo’lgan (1-300 mm) bo’laklar ko’rinishida keladi. Ko’mir bo’laklari maydalash mashinalarida 15-25 mm gacha maydalanadi. Maydalangan ko’mir bo’laklari tegirmonlarga yuboriladi va u yerda o’lchami 0,1 – 1000 mkm gacha bo’lgan chang (kukun) holiga keltirilib, ko’mir changini yoqish gorelkasiga yuboriladi. Tegirmonlar quyidagi turlarga ajratiladi: Aylanish chastotasi 0,25-0,42 s-1 bo’lgan sekin aylanadigan tegirmonlar. Bunday turdagi tegirmonlarga shar barabanli tegirmon misol bo’la oladi.
18.1-rasm. Shar barabanli tegirmon.
1-baraban; 2- tsapfalar; 3-podshipniklar; 4-katta shesternya; 5-kichik shesternya; 6- reduktor; 7-elektroDvigatel; 8-ulash muftasi; 9- qo’zg’almas potrubkalar; 10- zirxli plitalar; 11- sharlarning harakat traektoriyasi; 12-separatordan qaytish.
| To’qmoqli tegirmonlar. Bunda aylanib turadigan to’qmoqlar yordamida yoqilg’i maydalanadi.(18.2-rasm) Bunday tegirmonlarda namligi kam bo’lgan qo’ng’ir ko’mirlar maydalanadi. - To’qmoqli tegirmonlar. Bunda aylanib turadigan to’qmoqlar yordamida yoqilg’i maydalanadi.(18.2-rasm) Bunday tegirmonlarda namligi kam bo’lgan qo’ng’ir ko’mirlar maydalanadi.
18.2-rasm. Shaxta tegirmon sxemasi
Tegirmon ventilyatorlar-parraklari marganetsli po’latdan tayyorlangan ventilyator tushayotgan yoqilg’i bo’laklarini maydalaydi. Bunday tegirmonlardan namligi yuqori bo’lgan qo’ng’ir ko’mirlarni va torfni maydalashda foydalaniladi. 12.7-rasmda to’qmoqli tegirmonning sxemasi ko’rsatilgan. - Tegirmon ventilyatorlar-parraklari marganetsli po’latdan tayyorlangan ventilyator tushayotgan yoqilg’i bo’laklarini maydalaydi. Bunday tegirmonlardan namligi yuqori bo’lgan qo’ng’ir ko’mirlarni va torfni maydalashda foydalaniladi. 12.7-rasmda to’qmoqli tegirmonning sxemasi ko’rsatilgan.
- Shaxta 3 ning tubida marganetsli po’latdan tayyorlangan to’qmoqcha 2 li rotor joylashgan. Shaxtaning ichki qismi zirx bilan himoya qilingan. Yoqilg’i patrubka 1 orqali tegirmon shaxtasi 3 ga solinadi va aylanib turadigan to’qmoqchalar 2 ga tushadi. To’qmoqcha 700-900 ayl/min. tezlik bilan aylanib, o’ziga tushayotgan yoqilg’ini parchalaydi va maydalaydi. Hosil bo’lgan yoqilg’i bo’laklari bilan chang aralashmasini qaynoq havo oqimi shaxtaning yuqorigi qismiga ilashtirib ketadi. Yoqilg’ining yirik bo’laklari tegirmon shaxtasiga qaytib tushadi va yana maydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |