12. Jarayonlar menejmentida iqtisodiy-matematik usullardan foydalanish.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish va jadallashtirish strategiyasi iqtisodiy saloxiyatni xamda mavjud imkoniyatlarni maksimal darajada safarbar etishni talab kiladi Bunday sharoitlarda iqtisodiy potentsial, moddiy, mexnat va moliyaviy resurslardan matematika va kibernetikani tadbik etishga asoslangan ilmiy usullarsiz samarali foydalanish mmkin emas.
Ma’lumki, operatsion tizimlar faoliyati unumdorligi kup jixatdan mavjud moddiy, mexnat, moliyaviy va boshka resurslarni samarali xamda okilona birlashtirishga karatilgan boshkaruv karorlariga boglik. Boshkaruv karorlari kanchalik ilmiy asoslangan bulsa, karor ijrosining natijasi shunchalik mvaffakiyatli buladi. Shu sababli, zamonaviy menejmentda faoliyatni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish imkonini beruvchi operatsiyalarni tadqiq kilish usullariga katta e’tibor berilmokda.
Operatsiyalarni tadqiq kilish deyilganda boshkaruv masalalarini iqtisodiy- matematik usullar va modellar yordamida xal kilish tushuniladi. Operatsiyalarni tadqiq kilish yordamida boshkaruv karorlarini kabul kilishda imkoniyatli variantlar soni ortadi, ularni ma’lum mezonlar asosida takkoslash imkoniyati kengayadi, mavjud resurslardan foydalanishning eng okilona va samarali yunalishlari aniklanadi, xisobotni yuritish tizimi yaxshilanadi, foydani maksimallashtirish yoki xarajatlarni minimallashtirish maksadida ishlab chiqarish dasturining eng optimal varianti topiladi va x.k.
Iqtisodiy- matematik usullar va modellardan boshqarishda foydalanish ijtimoiy –iqtisodiy jarayonlarni va ularning boglikligini rakamlar yoki modellar orkali ifodalash imkoniyatini beradi, unlab, xatto yuzlab turli variantlarni takkoslash imkonini kengaytiradi. Bularning barchasi boshkaruv jarayonida EXM va kompьyuterlardan kengrok foydalanishni takozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |