Unumdorlik me’zoni bo’yicha boshqarishda birinchi navbatda rejalashtirish jarayoniga e’tibor karatiladi, ya’ni maksad va vazifalar unumdorlikni kuzda tutgan xolda kuyiladi. Bunda e’tiborni kiska muddatga rejalashtirishga emas, perspektiv rejalashtirishga karatish lozim. Uzok muddatga rejalashtirilgan rejalar kompleks, ya’ni xar tomonlama ishlab chikilgan bulishlari zarur. Unumdorlikni rivojlantirish rejalari bir vaktning uzida nazorat kilish uchun ham asos buladi.
Rejalashtirishdan sung bevosita faoliyatni tashkil etish funksiyasi unumdorlikni ta’minlovchi muxim omil bulib, bunda texnologiya, ishlarni loyihalashtirish va tashkilot strukturasi katta axamiyatga ega. Tashkillashtirish jarayoni kuyilgan maksadlarga erishish uchun mexnat, moddiy resurslarni, texnologiya, axborot va insonlarni birlashtiruvchi vositadir.
Xozirgi kunda unumdorlikka ta’sir etuvchi eng muxim omil — texnologiyadir. Ishlab chiqarish jarayoninning avtomatlashtirilgan tizimlari, robotlar, avtomatlashtirilgan loyihalashtirish tizimlarini kullash natijasida kup tashkilot lar mahsulotlarining sifati va narxlari borasida bozorlarning kuprok qismini egallamokdalar. Kompьyuter texnologiyasining kiritilishi idora xodimlarining unumdorligiga katta ijobiy ta’sir kursatmokda.
Lekin, shuning bilan birga raxbarlar esda tutishlari kerakki, xar doim xam ilgorrok texnologiya unumdorlikni oshishiga olib kelmaydi, ya’ni uning ijobiy samarasi xodimlarning salbiy munosabatlari natijasida yukka chikishi mumkin. Texnologiya xakikatdan xam unumdorlikni oshirishga ishonch xosil kilishi uchun raxbariyat texnologiya talablarini uni kullovchi insonlar extiyojlari bilan muvofiklashtirishi zarur.
Texnologiya singari, ishlarni loyihalashtirish xam unumdorlikni oshirishning muxim omillaridan biridir. Bunda mexnatni ixtisoslashtirish va taksimlashning ma’lum bmr me’yoriga amal kilish talab etiladi, chunki xaddan tashkari “tor”ixtisoslashtirish va ishlarni maydalashtirish tashkilot ning ichki bulinmalarini samarali birlashtirishimkoniyatini pasaytiradi. Egiluvchanrok kilib loyihalashtirilgan ishlar unumdorlikni oshirishda kuprok samara berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |