1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Download 465.5 Kb.
|
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Jarayonlar menejmenti samaradorligini ta’minlash. 13.1. Jarayonlarni boshqarish natijaviyligi va samaradorligi moxiyati.
- Menejmentning natijaviyligi
- Boshkaruv samaradorligi bu boshqarish faoliyati natijaviyligidir. Boshqarish samaradorligi
- iqtisodiy ma’nosi
Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar
Jarayonlar menejmentida iqtisodiy – matematik usullardan foydalanish sohalari. Simpleks usul yordamida echiladigan boshkaruv masalalari. Transport masalalari va ulardan kanday vazifalarni xal kilishda foydalaniladi? Tarmokli rejalashtirish va boshqarish usuli moxiyatini yoriting. Tarmokli grafiklar tuzish tartibi va ularning asosiy xisob – kitoblari. Maksadli funksiya va cheklashlarning iqtisodiy mazmunini yoriting. 7. Tarmokli grafikda kritik yul va uni kiskartirish yullari. 13. Jarayonlar menejmenti samaradorligini ta’minlash. 13.1. Jarayonlarni boshqarish natijaviyligi va samaradorligi moxiyati. Iqtisodiyotda va ijtimoiy munosabatlarning butun tizimida chukur sifat uzgarishlar yuz berayotgan sharoitda menejment samaradorligi muammosi aloxida axamiyat kasb etadi. Bu masalani xal kilish butun iqtisodiyot samaradorligini ta’minlash masalasining echilishiga yordam beradi. Makroiqtisodiy darajadagi samaradorlik xar bir aloxida xujalik yurituvchi subьektlar faoliyatining samaradorligiga, o’z navbatida ularning samaradorligi esa bevosita ishlab chiqarish jarayoni (operatsion tizimlarning) samaradorligining yigindisidan tashkil topadi, shu sababli xar bir operatsion tizim faoliyati samaradorligini ta’minlash - menejmentning bugungi kundagi dolzarb vazifasidir. Xozirgi kunda ishlab chiqarish xujalik tizimlari rivojlanishini yakuniy natijalarga karatilishi munosabati bilan pirovard natijalar bo’yicha maksadlarni belgilash va uzaro boglash masalalari aloxida axamiyat kasb etmokda. Maksadni belgilashdagi xatolar tobora sezilarlirok bulib bormokda (ayrim ma’lumotlarga kura, boshkaruvdagi barcha xatolarning 90%). Ba’zida oralik maksadlar natijaviy maksadlar urnini bosib kolishi kuzatilmokda yoki, aksincha, oralik maksadlarga eьtibor bermaslik natijaviy maksadga erishish muddati va sifatiga ta’sir etmokda. Bularning barchasi operatsion tizimning natijaviyligi va samaradorligini pasaytirishi mumkin. Ishlab chiqarish-xujalik tizimlarining kup maksadliligi va ”yakuniy natijalar” tushunchasining serqirraliligi ishlab chiqarish-xujalik faoliyati natijaviyligining turli shakllari to’g’risida gapirish imkonini beradi. Xozirgi kunda natijaviylikning ijtimoiy, iqtisodiy, ilmiy texnik, ekologik, tashkiliy, vakt jixatlari axamiyatlidir. Menejmentning natijaviyligi -menejment tizimining ma’lum extiyojlarni kondiruvchi va operatsion tizimning barkaror rivojlanishini ta’minlovchi maksadlarga mos yakuniy natijalarga erishishni ta’minlash imkoniyatidir. Ushbu tarifdan menejmentning natijaviy xisoblanishi uchun quyidagi shartlarni kursatish mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy tizim yakuniy natijalarga erishsa; yakuniy natijalar extiyojlarni kondirsa; yangi maksad shakllanishiga va barkaror rivojlanishga sharoit yaratishning imkoniyati yaratilsa; funksional menejmentning xar bir turi bo’yicha natijaviylikka erishilsa, ya’ni funksional natijalar maksadlarga mos kelsa. Menejmentning natijaviyligini baxolash tashkilotning rivojlanish imkoniyatlari va yullarini aniklashga yordam beradi, yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarish yoki ishlab chiqarilayotganini takomillashtirish, diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish jarayoni ishtirokchilari orasidagi munosabatlar to’g’risida ma’lumot olish imkonini beradi. Lotin tilida effectivus suzi ma’lum samara beruvchi ta’sirchanlikni, unumdorlikni angalatadi. Bu keng kamrovli tushuncha bulib, undan inson faoliyatining barcha sohalarida foydalaniladi. Mazmunan samaradorlik ish faoliyatining natijaviyligi va ushbu ishni bajarish uchun sarflangan eng oz (minimal) xarajatlar xajmini aks ettiruvchi - tejamlilik tushunchalari bilan bevosita boglik. Samaradorlik deganda sarflangan xarajatlar bilan natijaviylik darajasini takkoslash tushuniladi. Menejment samaradorligini boshqarish faoliyatida “samaradorlik ”tushunchasini namoyon bulish shakli deb karash to’g’ri buladi. Boshkaruv samaradorligi bu boshqarish faoliyati natijaviyligidir. Boshqarish samaradorligi uning boshqariluvchi ob’ekt maksadlariga erishishdagi va ijtimoiy-iqtisodiy samarasini ta’minlashdagi natijaviyligi bilan boshqarish xarajatlarini va unda foydalanilgan resurslarni takkoslash orkali aniklanadi. Boshqarish samaradorligini iqtisodiy ma’nosi - boshqarish xarajatlarining joriy xolatida makro va mikro darajada eng kup iqtisodiy samarani ta’minlash bulsa, ijtimoiy ma’nosi - boshqarish xarajatlarining joriy xolatida eng kup ijtimoiy samarani ta’minlashdir. Umuman jamiyat nuktai - nazaridan iqtisodiy samara yangitdan xosil kilingan kiymat yoki ichki yalpi mahsulot (IYAM), yalpi milliy mahsulot (YAMM), milliy daromad (MD) kurinishlarida ifodalanadi. Aloxida olingan xujalik yurituvchi buginning iqtisodiy samarasi sof daromad va foyda mikdori bilan namoyon buladi. Iqtisodiy samaraning bunday izoxlanishi boshqarish samaradorligini aniklashning yagona usulini kullash imkoniyatini beradi. Boshqarishning ijtimoiy-samarasini aniklashda xam xuddi shunday karashni (kontseptsiyani) kullash mumkin. Ijtimoiy-iktischodiy tizim nuktai-nazaridan ijtimoiy samara - xodimlar mehnatining engillashishi, bo’sh vaqtining ko’payishi hamda ular turmushining darajasi va sifati bilan ifodalanadi. Download 465.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling