1-Мавзу: Фаннинг мавзуи, максади ва вазифалари


Jarayonlar menejmenti samaradorligini oshirish


Download 465.5 Kb.
bet85/94
Sana05.01.2022
Hajmi465.5 Kb.
#230403
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94
Bog'liq
4-Jarayonlar-menejmenti-2005-oquv-qollanma-A.-Sotvoldiyev-A.-Toxtaboyev

13.4. Jarayonlar menejmenti samaradorligini oshirish

Faoliyat natijalarini taxlil etish va uning boshqarish tizimini urganish asosida operatsion tizimlarni boshkaruv samaradorligini oshirish bo’yicha quyidagi tadbirlar ishlab chikish va amalga oshirish maksadga muvofik buladi.

1.Boshqarish tizimini takomillashtirish, uni maksimal darajada soddalashtirish, undagi kup faoliyatlarni markazdan joylarga berish, malaka va shaxsiy sifatlarini inobatga olib menejerlar vakolatlarini anik belgilash va boshkalar.

2.Tashkilotning rivojlanish strategiyasini ishlab chikish. Ushbu tadbir kuchli va bush tomonlarini taxlil etish asosida xamda uning barcha funksional sohalarini uz ichiga oluvchi siyosati va falsafasini ishlab chikish orkali amalga oshiriladi.

3.Buginlar, bulimlar va xodimlar urtasidagi samarali kommunikatsiya alokalarini ta’minlovchi axborot tizimini ishlab chikish. Ragbatlantirish mexanizmi, boshqarish tartib-koidalari va karor kabul kilish tizimlarini shakllantirish.

4.Raxbar va xodimlarni muntazam ukitish, tayyorlash va kayta tayyorlash orkali ularni malakasini oshirib borish, ularda ishga ijodiy yondashish, yangilikka intilish, izlanish, tashabbuskorlik, omilkorlik va uddaburonlik kunikmalarini rivojlantirish.

5.Menejerlarni to’g’ri tanlash, o’kitish, baxolash va ularni lavozim bo’yicha kutarish tizimini ishlab chikish, menejerlar lavozim(mansab) larini rejalashtirish. Tashkilotga ta’sir etuvchi ichki va tashki omillarga mos bulgan raxbarlik uslublarini (avtokratik, demokratik va liberal) kullash.

6.Ishchi-xodimlar tarkibini ishchanlik kobiliyatlari va moslashuvchanlik xususiyatlari bo’yicha shakllantirish, ularni baxolash va tanlashning eng samarali usullarini kullash asosida tashkilotda kulay ijtimoiy- psixologik muxitni yaratish.

7.Barcha menejerlar va ishchi-xodimlar tomonidan tan olinuvchi va kullab quvvatlanuvchi birgalikdagi qadr-qimmatlar tizimini ishlab chikish asosida tashkilot madaniyatini sabot bilan shakllantirish.

YUkoridagilar bilan bir katorda operatsion tizim boshkaruvining tejamliligiga erishish ham uning samaradorligini oshirish, tashkilot iqtisodiy barkarorligini ta’minlashning muxim belgilaridan xisoblanadi.




Download 465.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling