4-ilova.
O`quv ishlarini baholash mezoni va ko`rsatkichlari
T/r
|
Mezonlar
|
Baho
|
1
|
Olgan bilimlarini amalda qo’llay oladigan, ushbu fanni boshqa fanlar bilan bog’lay oladigan, mustaqil ish va vazifalarni to’liq bajargan va yangilik kiritishga intilgan, har jixatdan boshqa o’quvchilarga o’rnak bo’ladigan.
|
5
|
2
|
O’quv ko’rgazmali qurollardan foydalana oladigan, olgan bilimlarini tibbiyotdagi o’rnini to’g’ri tushungan, mustaqil fikrlay oladigan, olgan bilimlarini tushuntirib bera oladigan.
|
4
|
3
|
Darslarda 95% gacha qatnashgan, ma’ruza matnini yozgan, o’quv qurollari to’liq bo’lgan, adabiyotlardan foydalanishni bilgan.
|
3
|
4
|
Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55%dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar
|
2
|
5-ilova.
Tezkor savol-javob uchun savollar:
Periferik nerv sistemasiga ta`sir etuvchi moddalar qaysi guruxlarga bo`linadi? – afferent va efferent nerv sistemasiga ta`sir etuvchi moddalar.
Afferent nervlar qanday nerv tolalari? - markazga intiluvchi nerv tolalari.
Efferent nervlar qanday nerv tolalari? - markazdan qochuvchi nerv tolalari.
Afferent nervlarga ta`sir etuvchi moddalar qanday guruhlarga bo`linadi? – afferent nervlarni bloklovchi va ta`sirlantiruvchi.
Afferent nervlarni bloklovchi moddalar qanday guruhlanadi? – mahalliy anesteziyalovchi, burishtiruvchi, o`rab oluvchi, adsorbsiyalovchi.
Efferent nervlar tuzilishi afferent nervlardan qanday farq qiladi? - efferent nervlar 2 tolali, afferent nervlar esa 1 tolali.
Presinaptik tola nima? – sinapsdan oldingi tola.
Possinaptik tola nima? – sinapsdan keyingi tola.
Retseptor nima? – a`zo va to`qimalarning sezuvchi yuzasi
Mediator nima? – retseptor bilan ta`sirlashuvchi kimyoviy modda.
Xolinoretseptorlar deb qanday retseptorlarga aytiladi? – mediator atsetilxolinga sezgir retseptorlar.
Adrenoretseptorlar deb qanday retseptorlarga aytiladi? – mediator noradrenalinga sezgir retseptorlar.
Xolinomimetiklar qanday moddalar? – xolinoretseptorlarni qo`zg`atuvchi moddalar.
Xolinolitiklar qanday moddalar? – xolinoretseptorlarni bloklovchi moddalar.
Xolinomimetiklarga qaysi dorilar kiradi? – atsetilxolin, karbaxolin, pilokarpin, atseklidin, sititon, lobelin.
Xolinolitiklarga qaysi dorilar kiradi? – siklodol, atropin, skopolamin, platifillin, aprofen, metatsin, benzogeksoniy, gigroniy, paxikarpin.
6-ilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |