172. Qo‘shma fe’l ishtirok etmagan gapni aniqlang.
A) Kutubxonadan kerakli kitoblarni olib keldim. B) Hakimjon qo‘l qovushtirib javob berdi. C) Mezbon mehmonlarni mehmonxonaga taklif qildi. D) O‘rmonjon soqolini butkul qirdirib tashlabdi.
173. Qo‘shma fe’llar qatorini toping.
A) ko‘rib berdi, aytib qo‘ydi, suvsiradi B) kasal bo‘ldi, sotib oldi, ko‘rib qo‘ydi C) olib turdi, ketib qoldi, kuta boshladi D) iqror bo‘ldi, qaror qildi, bayon etdi
174. Quyidagi birikuvlarning qaysi biri qo‘shma fe’l?
A) sezmay turdi B) tasdiq bo‘ldi
C) yozib berdi D) o‘qituvchi bo‘ldi
175. Qo‘shma fe’lni toping.
A) qo‘lga olmoq B) umid bog‘lamoq
C) yo‘l tutmoq D) tajang bo‘lmoq
176. Qaysi qatordagi qo‘shma ot tarkibida fe’l turkumiga oid so‘z mavjud emas?
A) beshotar B) Barcha qo‘shma otlar tarkibida fe’l turkumiga oid so‘z mavjud. C) husnbuzar D) ko‘rsichqon.
Do'stlaringiz bilan baham: |