1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja


Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni


Download 383.5 Kb.
bet15/35
Sana28.12.2022
Hajmi383.5 Kb.
#1020834
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35
Bog'liq
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini

Kichik guruhlarda ijodiy izlanishni tashkil etish metodi. Bu metod 1976 yili Telь-Aviv universiteti professori SH.SHaran tomonidan ishlab chiqilgan. Bu metodda ko’proq o’quvchilarning mustaqil va ijodiy ishiga e’tibor qaratiladi.
O’quvchilar alohida individual yoki 6 kishilik kichik guruhlarda ijodiy izlanish olib boradilar. Ijodiy izlanish kichik guruhlarda tashkil etilganda darsda o’rganish lozim bo’l­gan o’quv materiali kichik qismlarga ajratiladi. Keyin bu qism­lar yuzasidan topshiriqlar har bir o’quvchiga taqsimlanadi. SHunday qilib, har bir o’quvchi umumiy topshiriqning bajari­li­shiga o’z hissasini qo’shadi. Kichik guruhlarda topshiriq yuzasidan munozara o’tkaziladi. Guruh a’zolari birgalikda ma’ruza tayyorlaydi va sinf o’quvchilari o’rtasida o’z ijodiy izlanish natijasini e’lon qiladi. Kichik guruhlar o’rtasida o’tkazilgan o’quv bahsi, munozara o’quvchilar jamoasining hamkorlikda bajargan mustaqil faoliyatning natijasi, yakuni sanaladi. Hamkorlikda ishlash natijasida qo’lga kiritilgan muvaffaqiyatlar sinf jamoasidagi har bir o’quvchining, muntazam va faol aqliy mehnat qilishiga, kichik guruhlarning, umuman sinf jamoasini jipslashtirishga, avval o’zlashtirilgan bilim, ko’nikma va malakalarni yangi va kutilmagan vaziyatlarda qo’llab, yangi bilimlarni o’zlashtirilishiga zamin tayyorlaydi.
Yuqorida qayd etilgan barcha metodlarning o’ziga xos xususiyati, maqsad va vazifalarining umumiyligi, o’quvchilar­ning tahsil olishdagi va muloqotdagi shaxsiy ma’suliyatini taqozo etishi, shuningdek, muvaffaqiyat qozonishga bir xil imkoniyatlarning mavjudligidir. Hamkorlikda o’qitish negizida musobaqa emas, balki hamkorlikda aqliy mehnat qilib, tahsil olish jarayoni yotadi.


8-Mavzu: Geografiyani o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyasi
REJA:

1.Muammoli ta’lim texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.


2.Muammoli metodlar
3.Muammoli darslarga qo’yiladigan didaktik talablar.
4.Geografiyani o’qitishda muammoli darslardan foydalanish yo’llari.



Download 383.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling