1-mavzu: Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari Reja


O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari


Download 383.5 Kb.
bet3/35
Sana28.12.2022
Hajmi383.5 Kb.
#1020834
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
1 MAVZU Geografiyani o’qitishda o’quvchilarning bilish faoliyatini

O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari. An’anaviy ta’lim tizimidagi kamchiliklarga barham berish, ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish uchun darslarni takomillashtirish yo’llarini izlab topishimiz kerak.
O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish shakllari

Bilish faoli­ya­­tini tashkil etish shakllari

O’qituvchi faoliyati



O’quvchilar faoliyati



Yalpi ommaviy o’qitish



Yangi mavzuni ko’rgazma­lilik asosida tushunti­ra­di, tayyor axborot beri­la­di, sub’ekt-ob’ekt munosabati vujudga keladi

Yangi mavzuni tinglay­di, eslab qoladi, savol­larga javob beradi. Faoliyati sust bo’ladi.

Individual o’qitish



Har bir o’quvchiga tegishli topshiriqlar tayyorlaydi va tavsiya etadi. Yangi mavzuni o’quvchilar bilan hamkorlikda qayta ishlaydi. Sub’ekt-sub’ekt munosabatlari vujudga keladi.

O’zlariga tegishli o’quv topshiriqlarni bajara­di, o’z bilimi, kuchi va iqtidoriga bo’lgan ishon­­chi ortadi, bilish quvonchini his etadi

Kichik guruhlarda o’qitish

Har bir kichik guruhga tegishli o’quv topshiriqlari tayyorlaydi va tavsiya etadi. Yangi mavzuni o’quvchilar bilan hamkorlikda qayta ishlaydi. Sub’ekt-sub’ekt munosabatlari vujudga keladi.

Belgilangan o’quv top­shi­riqlarini bajara­di, o’zaro hamkorlik vujud­ga keladi, o’zaro nazorat amalga oshadi, bilish quvonchini his etadi

Shunday qilib, o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish, mazkur faoliyatni maqsadga muvofiq tashkil etish, uni loyihalash, maqsadni amalga oshirish yo’llarini belgilash, olingan natijani tahlil qilish va baholash bosqichlaridan iborat bo’ladi.


Hozirgi zamon ta’lim-tarbiya jarayonida o’z hukmronligini saqlab kelayotgan an’anaviy ta’lim, o’quvchilarni yalpi o’qitishni va o’quvchilarning bilish faoliyati passiv tinglovchi sifatida tashkil etishni nazarda tutadi. O’qitish ishlarini tashkil etishda o’rta saviyali o’quvchi mo’ljalga olinadi, o’quvchilarning mustaqilligi e’tibordan chetda qoladi, o’quv faoliyati o’qituvchi tomonidan boshqariladi.
SHu sababli o’quvchilarni o’z o’kuv faoliyatining to’laqonli sub’ektiga aylantirish, pedagogik munosabatlarni insonparvarlash­tirish va demokratlashtirish, o’qitish samaradorligini orttirish maqsadida Geografiyani o’qitish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash zarurati tug’ildi.
Geografik bilimlarning asosini tushunchalar tashkil qiladi. O’quvchilar tomonidan tushunchalarning o’zlashtirilishi o’ziga xos xususiyatlarga ega. Birinchidan, geografik tushunchalarni yodlab olish bilan ularni o’zlashtirib bo’lmaydi. Buning uchun o’quvchilar bilimini o’zlashtirib olish faoliyatini to’g’ri tashkil qilish lozim. Bu faoliyat turli xil geografik manbalarga tayanadi. Mazkur manbalarga kartalar, grafik, raqamli ma’lumotlar, matnlar kiradi.
Tushunchalarning shakllantirishning ikkinchi xususiyati shundan iboratki, ular ma’lum bir tizimdan iborat bo’lib, bir tushuncha boshqa tushunchalar bilan bog’liq bo’ladi. Geografik bilimlarni o’rganish tizimini
umumiy, xususiy, kartografik va yakka geografik bilimlarga ajratishimiz mumkin. mazkur geografik bilimlar o’z navbatida yana guruhlarga ajratiladi

Download 383.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling