t
Iqtisodchi NTrift global lashuvning q uy idagi jihatlarini ajratib ko’rsatadi
transmil liv iqtisodiy diploma tiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining global lashuvi.
global oligopoliyaning
to’xtovsiz kengayishi;
ransmill iy korporatsiyalar sonining ortishi;
•6
rasm. Globallashuv haqida iqtisodchi olimlaming fikrlari
Global iqtisodiy rivojlanish fanining tadqiqot ob’ekti, predmeti va uslubiyati.
YUqorida ko‘rib chiqilgan globallashuv jarayonlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib va bu borada berilgan turlicha ta’riflarning umumiy jihatlarini e’tiborga olib, ayni davrda malga oshayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganadigan global iqtisodiy rivojlanish fanini predmetini quyidagicha ta’riflash mumkin. Global iqtisodiy rivojlanish fanining predmeti bo„lib, jahon iqtisodiyoti tarkibiga kiruvchi mamlakatlar o„rtasidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlarida tovarlar va xizmatlar oqimi, kapital va mehnat resurslari migratsiyasining baynalminallashuvi hamda ekologiya va demografiya muammolari bilan bog„liq iqtisodiy jarayonlarda vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi.
Demak, global iqtisodiy rivojlanish fanining tadqiqot ob ’ekti bo„lib, jahon iqtisodiyoti tizimidagi iqtisodiy integratsiya jarayonlarida tovarlar va xizmatlar oqimi, kapital va mehnat resurslari migratsiyasining baynalminallashuvi hamda ekologiya va demografiya muammolari bilan bog„liq global iqtisodiy jarayonlar hisoblanadi.
Bunday iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqib globallashuv jarayonlarini tartibga solib boruvchi tartib-qoidalarning ishlab chiqilishi va rasmiylashtirilishi natijasida uning fundamental huquqiy asoslari yaratiladi.
Global iqtisodiy rivojlanish fanining uslubiyati, o„zining tadqiqot ob’ekti va premetidan kelib chiqqan holda, fundamental iqtisodiy fanlar tizimidagi “iqtisodiy nazariya" va “jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar"
fanlarida qo„llanadigan uslublar bilan bir xil bo„lib, faqat ekologiya va demografiya muammolari bilan bog„liq jarayonlarni tahlil qilishda qo„llaniladigan pozitiv( kuzatish) va matematik tahlil uslublariga asoslanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |