Tovar va xizmatlar bozori. Mehnat unumdorligining o‘sishi va yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi bilan bog‘liq Tovarlar holda ijtimoiy ishlab chiqarishning yangi tarkibi shakllandi. Xizmat ko‘rsatish sohasi hukmronlik qilmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda ushbu tarmoq YAIMning 65-75 foizini tashkil etadi. An’anaviy mehnat va energiya talab qiladigan ishlab chiqarish uchinchi dunyo mamlakatlariga o‘tkazilmoqda. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy o‘sishining eng tez o‘sib borayotgani va eng muhim omili bu texnologiya, ayniqsa, bilimlarni talab qiladigan fan sig‘imkorligi yuqori ishlanma natijalarining qo‘llanishidir. Hozirgi vaqtda yuqori texnologiyalar bozori 3,5-3,7 trillion dollarga baholanmoqda. AQSHda taxminlarga ko‘ra bu ko‘rsatgich 10-15 yil ichida 9,59,9 trillion dollarga o‘sadi. Tovarlar va xizmatlarning tashqi savdosi sohasi globallashuv tendentsiyalarini yaqqol o‘zida aks ettiradi. Global savdo YAIMga nisbatan 70-yillarning boshlarida taxminan 20% dan oshdi. 2008 yilda bu ko‘rsatgich 65% gacha ko‘tarildi. Bunga transport, aloqa va transaktsiya xarajatlarining sezilarli pasayishi va savdo to‘siqlarining kamayishi yordam berdi.
Moliyaviy bozor. Moliyaviy xizmatlar bozorining globallashuvi moliyaviy integratsiyani kuchayishiga, moliya institutlarining birlashishi va qo‘shilishlari sonining ko‘payishiga va milliy to‘siqlarning pasayishiga olib keldi. Masalan, kunlik valyuta aylanmasi AQSHda 2007 yilda 15 milliard dollardan oshdi. AQSHda 1973 yili yillik valyuta aylanmasi 3 trln.dollarni tashkil qilgan edi. Xalqaro moliyaviy integratsiya moliyaviy texnologiyalarda chuqur sifat o‘zgarishlarini keltirib chiqardi, bunga telekommunikatsiya sohasiga eng yangi texnologiyalarning kiritilishi yordam berdi. Jahon moliyaviy inqirozi arafasida, XVF ma’lumotlariga ko‘ra, rivojlangan iqtisodiyot bozorlari va rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlari milliy moliya bozorlari hajmlarining 30-50 foizigacha bo‘lgan qismi moliyaviy globallashuv jarayonlariga to‘liq qo‘shildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |