1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Ishlab chiqarish omillari bozorlari
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat bozori
- Globallashuvning sub ’ektiv xususiyati dunyo mamlakatlarini birlashtirish bo„yicha ataylab maqsadga muvofiq faoliyatida namoyon bo„ladi.
Ishlab chiqarish omillari bozorlari. Hozirgi vaqtda kapital zamonaviy milliy iqtisodiyotni o‘zgartirish shartlariga faol ta’sir ko‘rsatib, jahon iqtisodiyoti rivojlanishining asosiy yo‘nalishlariga yo‘naltirilgan: yagona makonni shakllantirish, rivojlanish tamoyillari, me’yorlari, shartlarini birlashtirish, iqtisodiyotning real sektorini rivojlanayotgan mamlakatlarga o‘tkazish, rivojlangan mamlakatlarning sarmoyaviy jozibadorligini oshirish. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar mamlakatlararo kapital oqimida tobora ortib borayotgan rol o‘ynamoqda. UNCTAD ma’lumotlariga ko‘ra, ularning global hajmi 2009 yilda pasayib, 1,2 trln.dollarni tashkil qilgan edi. 2008 yilda esa bu ko‘rsatgich 1,7 trillion dollarni tashkil qilgan edi.
Mehnat bozori ham xalqaro miqyosga aylanib bormoqda. Globallashuv jarayonlarida xalqaro migratsion xizmatlarning takomillashuvi va liberiallashuvi qulayroq shartlarda ish topish yoki ishga joylashish uchun butun dunyo bo‘ylab erkin yurish imkonini beradi. Xalq aro migratsiyaning zamonaviy tendentsiyalari rivojlanayotgan mamlakatlarga noqonuniy va majburiy migratsiyaning o‘sishi bilan bog‘liq (buning sababi dunyoda qurolli to‘qnashuvlarning ko‘payishi, millatlararo munosabatlarning keskinlashuvidir), shuningdek, yuqori malakali mutaxassislarning rivojlangan mamlakatlarga ko‘chishi hozirgi paytda odatiy tus olmoqda. Globallashuvning sub ’ektiv xususiyati dunyo mamlakatlarini birlashtirish bo„yicha ataylab maqsadga muvofiq faoliyatida namoyon bo„ladi. Aynan globallashuvning sub’ektivligi jahon integratsiyasi jarayonlarining tezligini belgilaydi. Jahon iqtisodiyotining zamonaviy tuzilishi mamlakatlar va mintaqalarning o‘zaro bog‘liqligini o‘sib borishi bilan tavsiflanadi, ammo bu munosabatlar assimetrikdir, ya’ni ziddiyatli. Globallashuv jarayonlaridan keng- ko‘lamli foydalanuvchilar - bu "katta ettilik" deb nomlangan birlashgan sanoat va harbiy jihatdan eng rivojlangan mamlakatlarning kichik guruhidir. Hozirgi kunda dunyoda jahon iqtisodiyotini boshqaradigan va jahon iqtisodiyotida "o‘yin qoidalarini" o‘rnatadigan muassasalar va tashkilotlarning qat’iy ierarxiyasi rivojlandi. "Periferiya" mamlakatlari(“uchunchi dunyo” mamlakatlari) globallashuv ob’ekti bo‘lib, unga nisbatan global hukmronlik siyosati amalga oshirilmoqda. Albatta, milliy davlatlarning rivojlanishini global taraqqiyotdan tashqarida ko‘rib chiqish mumkin emas: tashqi, global omillar va holatlar mamlakat suverenitetini cheklash yoki rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, ichki rivojlanish imkoniyatlariga ta’sir qiladi. Globallashuv g‘oyasi ilmiy dunyo elitasi va global institutlarni qamrab oldi. Biroq, ushbu kontseptsiyaning ko‘p qirrali va tez-tez ishlatilishi tufayli u o‘zida juda ko‘p xayoliy yoki kerakli g‘oyalarni to‘plagan. Globallashuv ko‘pincha muqarrar va raqobatsiz jarayon sifatida taqdim etiladi, unga barcha mamlakatlar va mintaqalar bo‘ysunishi kerak degan fikr yuritiladi. G. Sorosning fikriga ko‘ra, "dunyo kapitalizmi tizimi hech qachon muvozanatni izlamaydi, balki kengayish bilan ovora. Hali ham uning orbitasida qatnashmagan bozorlar yoki manbalar mavjud bo‘lganda tinch turolmaydi». A.B.Veber globallashuv xususiyatini ikkitomonlamaligini ta’kidlaydi: «Globallashuv o‘ziga xos kentavrga o‘xshaydi, birinchidan, uning «tanasi» informatika va telekommunikatsiya sohasidagi texnologik inqilob, transmilliy kapital o‘tkazmalari va xalqaro savdoning jadal o‘sib borishi ta’minlasa, ikkinchidan, jamiyatlarning o‘zaro bog‘liqligining "bosh" va "qo‘llari" - Amerika Qo‘shma SHtatlari hukumatlari, Rivojlangan “ettilik” mamlakatlarining boshqa mamlakatlar va ular tomonidan nazorat qilinadigan xalqaro moliya tashkilotlari, Vashington konsensusining tamoyillari asosida, mafkura ruhida harakat qilish va neoliberal bozor globallashuvi siyosati”ni olib borish orqali amalga oshiriladi”. Globallashuvning mohiyatini inobatga olgan holda, global rivojlanish juda ko‘p spekulyativ yoki afsonani to‘plaganligini hisobga olish kerak. Globallashuv sub’ektlaridan ilhomlangan afsonalar barcha mamlakatlarning global jarayonga jalb qilinishini taqozo etmoqda. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalari A lohida mamlakatlar va jahon hamjamiyati mamlakatlari guruhi uchun iqtisodiy globallashuv jarayonlarining natijalari haqidagi masalaning qo‘yilishi tan olingan masala hisoblanadi. Bir tomondan, xalqaro iqtisodiyot nazariyasi xorijiy raqobatchilar uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdoning kuchayishi moliyaviy resurslar va investitsiyalarning mamlakatlararo joylashtirilishi, xalqaro ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish, xalqaro ishlab chiqarishni oshirish uchun imkoniyatlar yaratishidan dalolat beradi. Globallashuvning aytib bo'lmas o'zgarishlari mamlakat tashqi savdosi sharilariga o'tkazadigan ijobiy ta'sirlarini maksimallashtirish va uning tahdidlarini minimallashtirishda iqtisodiyotning boshqa sohalari kabi tashqi savdoda ham olib boriladigan islohollar muhim ahamiyatga ega.
Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling