1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlari natijalari


Download 1.03 Mb.
bet17/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

rasm. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlari natijalari

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar:

  1. Globallashuv tushunchasini dastlab qaysi iqtisodchi olim ilmiy muomalaga kiritgan va u nimani nazarda tutgan?

  2. Jahon iqtisodiyotining zamonaviy globallashuv jarayonlari asosan nechanchi yillardan boshlangan va uni o‘ziga xos xususiyatlari?

  3. Globallashuvni ob’ektiv asoslarini nimalardan iborat?

  4. Globallashuvning sub’ektiv xususiyatlari qanday nomoyon bo‘ladi?

  5. A.B Veber globallashuvning xususiyatlarini kanday tavsiflaydi?

  6. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy natijalarini izohlab bering?

  7. Jahon iqtisodiyoti globallashuvini mamlakatlar uchun ijobiy natijalarini nimalardan iborat?

  8. Siz nima deb o‘ylaysiz, globallashuv jahon iqtisodiyotining qaysi jabhalarida namoyon bo‘lmoqda?

9.Sizning fikringizcha jahon iqtisodiyotini globallashuvining yo‘nalishlari qanday?
10. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining omillariga nimalar kiradi? . 11. Sizning fikringizcha jahon iqtisodiyoti globallashuvi jarayonlarining natijalarini o‘rganishdan maqsad nima?
Bibliografik ma'lumotnoma:

  1. Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent.: Baktriya press, 2015. -584 b.

  2. Livshits A. Prisoedinenie stran SNG k VTO: problembi i resheniya Vneshneekonomicheskiy byulleten. - M. 2003. №2.

  3. L.S. Chernoy. Globalizatsiya: proshloe ili budushee? Transformatsiya rbinochnbix xozyaystvenno-ekonomicheskix sistem. M.: IKTs «Akademkniga», 2003 g.

  4. O.T. Bogomolov. Mirovaya ekonomika v vek Globalizatsii. Uchebnik. - M.: ZAO Izd-vo «Ekonomika», 2007 g.

  5. Daniltsev A.V. Mejdunarodnaya torgovlya. Instrument regulirovaniya: O‘quv-amaliy qo‘llanma. Ikkinchi tahrir. - M.: Delovaya literatura, Paleotip, 2004.

  1. MAVZU: JAHON IQTISODIYOTNI LOBALLASHUVINING

HARAKATLANTIRUVCHI KUCHLARI, OMILLARI VA RIVOJLANISH
BOSQICHLARI
REJA:

    1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari;

    2. Global jarayonlarning milliy iqtisodiyot rivojlanishiga ta’siri;

    3. Globallashuv jarayonini harakatlantiruvchi omillar.

  1. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining harakatlantiruvchi kuchlari.

Globallashuv tahlilining keyingi mantiqiy bosqichi globallashayotgan jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi, bevosita ularni shakllantiruvchi omillar va globallashuvning xarakatlantiruvchi kuchlarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘lishi lozim. Oxirgisiga jahon iqtisodiyoti doirasida kuch to‘playotgan kapitalning jamlanishi va markazlashishini, xo‘jalik hayotining transmilliylashuv - yirik transmilliy kompaniyalar va moliyaviy guruhlarning o‘sishi va rivojlanishini kiritish mumkin. Zamonaviy globallashuv jarayonlariga nafaqat milliy bozorlarda, shuningdek, jahon miqyosidagi bozorlarda ham globallashuvni rag‘batlantiradigan bozor raqobati kabi baquvvat kuch katta ta’sir ko‘rsatadi. Raqobatning asosiy vositasi - xarajatlarni kamaytirish, tovar va xizmatlar sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish globallashuvning motori hisoblanadi. Globallashuvning birdan-bir harakatlantiruvchi kuchi ilmiy texnikaviy taraqqiyotning, texnologik innovatsiyalar taraqqiyotining rivojlanishi bo‘lib, u transport va aloqani, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarini modifikatsiya qilishda yanada yaqqol namoyon bo‘ladi, tovar va xizmatlar, moliyaviy vositalar, g‘oya va axborot mahsulotlarini chegaraviy transport vositalariga tez va kam xarajat bilan joylashtirish uchun kutilmagan imkoniyatlarini yaratadi.
YAngi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining yuzaga kelishi, tez harakatlanuvchi kompbyuter texnikasi, signal uzatishning optik to‘lqinli texnologiyasi, sputnik va uyali telefon aloqasi, kibernetika, tarmaq texnologiyalari, kompakt elektron qurilmalar rivojlanishi, internet global tarmog‘i yaratilishi bilan, boshqa texnik yutuqlarning yuzaga kelishi bilan paydo bo‘ldi.
Zamonaviy j ahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi j arayonlarda namoyon bo‘ladi:

Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling