Tashkilotning byudjeti. BMTJST ning byudjeti uning Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan narxlar shkalasiga muvofiq hisoblangan to‘liq va sherikchilik a’zolarining badallaridan iboratdir. Har bir mamlakatning ushbu tashkilot byudjetini shakllantirishda uning iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab va turizmning ahamiyatiga qarab aniqlanadi. Byudjet loyihasi kengash tomonilan ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun Bosh Assambleyaga taqdim etiladi. Xolisona auditorlar tomonidan byudjet tahlil qilinadi va moliyaviy davr 1-yanvarda boshlanib 2 yil davom etib, kelgusi yilning 31-dekabrida tugaydi.
Xalqaro turizmni rivojlantirishga qaratilgan asosiy tadbirlar va ularning amalga oshirish meхanizmlari.
BMTJST asosan turizmni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirib rag‘batlantirishni tashkil etadi. Bu o‘z navbatida turizmning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ta’sirini maksimallashtirib uning imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun shart-sharoitni kengaytirishga amaliy yordam ko‘rsatadi. SHu bilan birga turizmning salbiy, ijtimoiy va ekologik ta’sirini minimallashtirish uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratib beradi. Jahon sayyohlik tashkiloti har bir mamlakatda turizmni rivojlantirishda xususiy sektorga, mahalliy ma’muriyatga va nodavlat tashkilotlarga alohida e’tiborni qaratmoqda.
Xalqaro turizmning rivojlanishini ta’minlash. Xozirgi zamon sharoitida turizmni rivojlantirish tashkiloti uni kelajakda yanada rivojlantirish bo‘yicha ko‘plab dasturlar ishlab chiqib ularni amalga oshirmoqda. Bunday dasturlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad mutaxassislarni turistik xizmatlar bozoridagi vaziyat bilan tanishtirib borish. Turizmni rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish qisqa va uzoq muddatli prognozlash, tarmoqni bozor iqtisodiyoti sharoitida moslashtirib, faoliyatini takomillashtirish kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. SHu bilan birga ekoturizm, agroturizm, sport turizmi, kruiz, biznes turizm kabi yangi turistik maxsulotlarni o‘rganishga alohida e’tiborni qaratmoqda.
Turizmini rivojlantirishda ta’lim, tarbiya, inson resurslari, sifat, standart kabi turizmning alohida komponentlariga ‘etiborni kuchaytirish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |