1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


II-BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING


Download 1.03 Mb.
bet21/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

II-BOB. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING
MUAMMOLARI.

  1. MAVZU: JAHON IQTISODIYOTINING GLOBALLASHUV MUAMMOLARI VA ULARNING GURUHLANISHI

REJA:

    1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bo„lishi;

    2. Global o„zaro bog„liqlik jarayonining ziddiyatlari;

    3. Global energetik muammo va uni hal etish yo„llari; 4 .4. Moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar. 4.1. Jahon iqtisodiyotida global muammolarning paydo bo„lishi

Global muammolar o‘zaro bog‘liqlikning yaqqol ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida hozirgi davr tsivilizatsiyamiz o‘zining rivojlanish jarayonida hech qachon hozirgi kundagidek keskin muammolar girdobiga duch kelmagan. Jahon iqtisodiyotida bu muammolarni hal etmasdan turib, insoniyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot yo‘lidan rivojlanib harakat qila olmaydi. Jahon iqtisodiyotida u yoki bu muammoni global, ya’ni, umumjahon miqyosdagi muammolar ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy mezonlar quyidagilar hisoblanadi:

  • Uning olamshumul ahamiyat kasb etishi.

  • Insonlar hayotining barcha sohalariga taalluqliligi.

  • Muammoni hal etishda ko‘pchilik davlatlarning birgalikda harakat qilishligi.

Olimlar va jamoat arboblari orasida mamlakatlar yoki hududlar
taraqqiyotidagi o‘ziga xos masalalarning global muammolarga aylanishi hususida turli fikrlar va qarashlar kontseptsiyasi mavjud. SHuni qayd etib o‘tish joizki, bu jarayonga asosiy sabab jahon xo‘jaligining ХХ asr industrial bozor iqtisodiyoti bosqichiga xos bo‘lgan ekstensiv rivojlanishi bo‘ldi. Ammo oxirgi o‘n yilliklarda Evropa, Amerika va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari o‘z iqtisodiyotlarini intensiv rivojlanish yo‘liga o‘tkazish uchun qanchalik harakatlar qilayotgan bo‘lsalarda, ko‘plab qoloq, rivojlanayotgan, shuningdek, bir qator o‘tish davri iqtisodiyotli sobiq sotsialistik mamlakatlar uchun intensifikatsiyalash jarayoni echilmagan eng muhim mua.mmo1a.rdan biri bo‘lib qolmoqda.
Global muammolar orasida ekologik, oziq-ovqat, demografik muammolar asosiy o‘rinni egallaydi.
Ekologik muammo. Jahon iqtisodiyotida ekologik muammolar ko‘p asrlik tarixga ega, biroq, ХХ asrning 70-90 yillariga kelib, takror ishlab chiqarish va insonlarning xo‘jalik faoliyati orasidagi muvozanatning buzilishi oqibatida biosfera holatida keskin yomonlashish holatlari kuzatila boshlandi. Jahon iqtisodiyotida ko‘plab keltirilgan ma’lumotlarda atrofmuhit degradatsiyasi ko‘larnining kattalashib borayotganligi qayd etiladi. Keyingi 100 yil ichida sayyoramizdagi o‘rmonlarning uchdan ikki qismi yo‘qolib ketdi, atmosferadagi karbonat angidrid miqdori 13 foizga ko‘paydi, o‘nlab turdagi o‘simlik va hayvonot dunyosi butunlay qirilib ketdi, inson genofondining o‘zi ham oldini olib bo‘lmaydigan mutatsion o‘zgarishlar xavfi ostiga tushib qoldi.
Ekologik xavf-xatarlarning kuchayishi jahon iqtisodiyotida ekologizatsiyalash jarayonini rivojlantirishga asos bo‘ladi, zero tabiatni himoyalash omillari savdo, investitsiyalar, ishchi kuchi migratsiyasi kabilarga ta’sir etadi. Mutaxassislarning qayd etishicha, hozirgi kunda umumiy aylanmasi 150 mlrd. dollarga teng bo‘lgan tabiatni asrovchi tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning maxsus bozorlari vujudga kelmoqda.
Atrof-muhitni himoya qilish tadbirlari eksport qilinadigan mahsulotlarning raqobatbardoshligiga ham ta’sir qiladi, zero iste’molchilar ekologik toza va xavfsiz mahsulotlarni afzal ko‘rishadi. Ekologik muammolar ko‘plab mamlakatlar rivojlanishining strategik dasturlarida markaziy o‘rinlardan birini egallab, global va hududiy xalqaro integratsion tashkilotlarning kun tartibiga olib kirildi. Eng yirik xalqaro tashkilot - BMT 1972 yildan buyon maxsus Atrof-muhit bo‘yicha dastur (YUNEP)ni amalga oshirib kelmoqda. 1992 yilda o‘tkazilgan atrof-muhit bo‘yicha BMT Anjumanining (Rio-de-Janeyro) o‘tkazilishi katta ahamiyat kasb etdi.
Ushbu Anjuman qatnashchilari barqaror rivojlanish tamoyilini qabul qilishdi. Bu tamoyil o‘z ichiga 27 ta tavsiyaviy harakterdagi printsiplarni olib, ularning mohiyati ekologik xavfsizlikning universal mezonlarini qabul qilish, chiqindisiz texnologiyalarni joriy etish, sanoat va harbiy sohadagi chiqindilardan rejali ravishda foydalanish, yangi avlodni atrof-muhitni asrab-avaylashga qarata tarbiyalashdan iboratdir.
Ma’lumki, bizning respublikamiz va shuningdek qo‘shni davlatlar aholisi ham Orol dengizi suvining kamayib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni o‘z boshidan kechirmoqda. Bu faqat bizning respublikamiz muammosigina bo‘lib qolmasdan, balki global muammo ekanligini jahon hamjamiyati ham bugungi kunda tan olmoqda.
60-90 yillarda Orol dengizi akvatoriyasi 7 baravar qisqardi, suv hajmi 13 marta kamaydi, uning minerallashuvi esa o‘nlab baravar oshib, dengizni tirik organizmlarning yashashi uchun yaroqsiz ahvolga keltirdi. Bugun Orolbo‘yida nafaqat ekologik, balki dunyo miqyosida og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy va demografik muammolar paydo bo‘ldi. Orol dengizining qurishi davom etayotgani va uning atrofida gumanitar faloqat sodir bo‘layotgani sababli Orolbo‘yining tabiiy biologik fondini asrab-avaylash, Orol inqirozining atrof-muhitga, eng muhimi, bu erda istiqomat qilayotgan yuz minglab va millionlab odamlar hayotiga haloqatli ta’sirini kamaytirish bugungi kundagi eng muhim vazifa hisoblanadi.













J








Download 1.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling