1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Global iqtisodiy fad lik mustahkamlamb bormoqda. Global ishlab chiqarishning o'sishi taxmiti iSlinmoadr
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- nisbatan folz etadi. bu esa
Global iqtisodiy fad lik mustahkamlamb bormoqda. Global ishlab chiqarishning o'sishi taxmiti iSlinmoadr
yilda 3,7 2016yiiga foizni tashkil nisbatan folz etadi. bu esa punktiga kuzda va Vs ga ko4anldi nisbatan 0,1 foizga tezdir rasm. Global rivojlanish prognozi4 Biroq samarali, ishonchli va ekologik jihatdan xavfsiz energiya ta’minoti butun insoniyat oldida turgan global vazifa va xalqaro iqtisodiy xavfsizlikning asosiy muammosi hisoblanadi. Barcha jihatlarni qamrab olgan ushbu muammoni hal etish uchun bir qancha birinchi darajali va o‘zaro aloqador muammolarni hisobga olish zarur, bular: •neftning yuqori bo‘lib borayotgan va o‘zgaruvchan narxi; •energetik resurslarga borgan sari o‘sib boruvchi talab (hisoblarga ko‘ra, u 2030 yilga borib 1,5 barobardan ko‘pga o‘sadi va ushbu talabning 80 foizi zahiralari cheklangan qazib olinuvchi yoqilg‘i hisobiga ta’minlanadi); •ko‘pgina davlatlarda energiya importiga o‘sib boruvchi bog‘liqlik; •energetika sohasining barcha tarmoqlarida yirik investitsiyalarga bo‘lgan talab; •atrof-muhitni himoyalash zaruriyati va iqlim o‘zgarishidagi muammolarni hal qilish; •hayotiy muhim energetik infratuzilmani tabiiy va boshqa tahdidlarga bardosh bera olmasligi. Ushbu muammolarning global xarakterdaligini hamda energetika resurslarini ishlab chiqaruvchi, tranzit va iste’mol qiluvchi davlatlar o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni borgan sari oshib borishi sababli global energetik xavfsizlikni mustahkamlash maqsadida barcha manfaatli tomonlar o‘rtasida sherikchilik aloqalarini rivojlantirish zarur. Mazkur maqsadlarga erishishning eng yaxshi yo‘li - samarali, raqobatbardosh jahon energetik bozorlarini tashkil etishdir. Global energetik muammolarni hal qilishda milliy hukumat va tegishli xalqaro tashkilotlar muhim o‘rin egallaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashovchi 1,6 mlrd. kishini elektr energiyasiga va 2,4 mlrd. kishini yoqilg‘i resurlarga hozirda bundan mahrum bo‘lgan qatiy ta’minotini ta’minlamay turib, global energetik xavfsizlikka ham, BMTning Ming yillik rivojlanish maqsadlariga ham erishib bo‘lmaydi. Xalqaro hamjamiyat uchta o‘zaro aloqador muammoni - energetik xavfsizlik, iqtisodiy o‘sish va ekologiya muammolarini samarali hal qilish imkoniyatiga ega. Energetik kambag‘allik hajmini kamaytirish bo‘yicha qatiy chora- tadbirlar bilan birga issiqxonalardan chiquvchi gazlarning hajmini qisqartirish, atrof-muhit holatini global miqyosda yaxshilash, energetik xavfsizlikni mustahkamlash hamda atmosferaning ifloslanish darajasini qisqartirish bo‘yicha umumiy maqsadlarni amalga oshirish zarur. Bu borada rivojlanayotgan davlatlarni energiya resurslaridan foydalanishga bo‘lgan imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish muhimdir. Global energetik xavfsizlikni ta’minlashda barcha iste’molchi va ishlab chiqaruvchi davlatlarning umumiy manfaatini hisobga olgan holda, "Sakkizlik guruhi"ga kiruvchi etakchi davlatlar rahbarlarining 2006 yil 16 iyulda Sankt Peterburgdagi yig‘ilishida global iqtisodiy o‘sishning asosida quyidagilarni e’lon qildilar: energetik resurslarni transportirovkasi va tranziti doirasidagi xizmatlarni amalga oshirish, ishlab chiqarish, foydalanish va etkazib berish uchun bozorlarning ochiqligi, samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish; •energetik xavfsizlik doirasida o‘zaro bog‘liqlik masalalarini barcha manfaatdor tomonlar orasida dialog va fikrlar almashinuvi va kelishuvlarni rivojlantirish; •rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi kambag‘al qatlamini energetik muammolarini hal qilishga ko‘mak berish. Global energetik xavfsizlikni mustahkamlash quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ko‘zda tutadi: -global energetik bozorlarni barqarorligini oshirish; -energetik tarmoqlarida investitsiya muhitini yaxshilash; -energetika samarasini ko‘tarish va energiyani tejash; -energiya turlarini diversifikatsiyalash; -hayotiy muhim energetika infratuzilmasining xavfsizligini ta’minlash; -energetik kambag‘allik ko‘lamini qisqartirish. 4. Moliyaviy va iqtisodiy inqirozlar Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, iqtisodiyotning ochiqligi rivojlanishni jadallashtirish maqsadida tashqi omillardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradi. U milliy xo‘jalikda xorijda o‘zlashtirib bo‘lingan ilg‘or texnologiyalardan, mashina va uskunalarning yangi avlodlaridan, ishlab chiqarishni va sotishni boshqarishning zamonaviy tajribasidan foydalanish ko‘lamlarini kengaytirishga, chet eldan qo‘shimcha moddiy va moliyaviy resurslarni jalb qilishga, xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasiga qo‘shilishga imkoniyat yaratadi. Biroq iqtisodiyot —ochiqligi nafaqat bozor islohotlarini jadallashtiradi, balki iqtisodiy rivojlanishda, ayniqsa rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotli mamlakatlar uchun ma’lum xavf-xatarlarni ham vujudga keltiradi. Milliy ishlab chiqaruvchilarni xorijiy raqobatchilar tomonidan siqib chiqarish, alohida tarmoqlarning jahon kon’yunkturasiga, sanoati rivojlangan mamlakatlarning savdo va sanoat siyosatiga bog‘liqligining o‘sish xavfi paydo bo‘ladi. XX va XXI asrlarda jahon iqtisodiy rivojlanishiga ikkita yangi holatlar ta’sir ko‘rsatdi. Birinchidan, kon’yunktura o‘zgarishlarini tartibga solishga qaratilgan davlat iqtisodiy siyosat tizimi asta-sekin shakllantirildi. Ikkinchidan, jahon iqtisodiy tuzilmasida moliyaviy (aktsiyadorlik kapitali institutining, kapital, valyuta, qimmatli qog‘ozlar va ularning hosilalari bozorlari tizimlarining shakllanishida ifodalanuvchi) soha keskin o‘sdi. Jahon iqtisodiyotining mazkur sohasining rivojlanishi natijasida moliyaviy operatsiyalar hajmi moddiy ne’matlar bilan iqtisodiy operatsiyalar hajmidan ancha ortib ketdi. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling