Birinchidan, xom ashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan
mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlardagi o‘zgarishlar. Xom ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar va sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida an’anaviy iqtisodiy aloqalar mavjud bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatlar modeli quyidagicha edi: xom ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar xom ashyoni eksport qilib, olingan valyuta tushumlaridan sanoat mahsulotlari importini moliyalashtirganlar.
asrning 70-yillarida "Rim klubi" nomi bilan mashhur G‘arbiy Evropa olimlari dunyo miqyosida tez orada tabiiy resurslarning global taqchilligi yuzaga keladi deb bashorat qilgan edilar. Ushbu mulohazalarga asoslanib, ko‘pgina xom ashyo etkazib beruvchi mamlakatlar xom ashyo sotish evaziga valyuta tushumini oshirish maqsadida kartellarga birlashdilar. Ammo sanoat texnologiyasi va qishloq xo‘jalik sohasining keskin rivojlanishi xom ashyoga bo‘lgan talabning qisqarishiga ta’sir ko‘rsatdi va natijada xom ashyo bahosining pasayishi yuz berdi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan, bilim va malakaga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi. Jahon iqtisodiy tuzilmasidagi ushbu o‘zgarishlar natijasida bandlik tarkibida yuqori malaka talab qiluvchi mutaxassislarga ehtiyoj ortib, nisbatan past malakali
r
mutaxassislarga talab pasayib bordi. Axborot almashuvining osonligi tadbirkorlik faoliyatini, kichik biznes va shaxsiy tashabbusni rag‘batlantirdi.
asm. Jahon iqtisodiy va moliyaviy muhiti shakllanishiga ta’sir etgan o„zgarishlar.
Ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish bilimni va yuqori malakani talab qildi, shuning uchun ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni oshirish uchun inson kapitaliga investitsiya qilishning ahamiyati ortdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |