1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари
Download 1.03 Mb.
|
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5дшкд Ейрпюроцшицр
- ЙКЛЗН
- Bibliografik ma’lumotlar
- BOB. GLOBAL IQTISODIY TIZIMNING FUNDAMENTAL ASOSLARI УА TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI.
ХйрНШНЙ фШ1НШ1|1НННГ иолнця HiL ItTTKH (ИЖЖР) нодорат цшшш клрадл Л Г K-Lh[>IU)f>JUIL4 ва |[| 11ПНйДЯарИ 11НГ y.iOk. ыуддатпи ишлаб чнкариш LJIIHOtT J J11 Li I.H b-ii МОЛ LU сн£сатшш шакплантнрнш rasm. Asosiy korporatsiya vazifalari. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun o‘z kapitalini qo‘shishga tayyor bo‘lgan TMKlar investorlarini kirib kelishi shu davlatlarning investitsion muhitiga bog‘liqdir. Investitsion muhit deb kapital qo‘yilmani va uni samarali foydalanish imkoniyatini vujudga keltiruvchi umumiy siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va boshqa omillarni ta’minlab berilishiga aytiladi. Hozirgi kunda O‘zbekiston hududiga TMK investorlarini kirib kelishi uchun qulay investitsion muhit yaratilgan. Buni biz respublikani siyosiy tinchligida, barqaror iqtisodiy rivojlanishida, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qator imtiyozlarda va boshqa holatlarida ko‘rishimiz mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar ro‘yxatdan o‘tgan kundan boshlab: daromad (foyda) solig‘idan birinchi yilning 25 foizlik qismidan, ikkinchi yil 50 foizlik qismidan, uchinchi yil 100 foizlik ozod qilinadi, qishloq hududida esa birinchi yildan boshlab bunday soliqdan 100 foiz ozod qilinadi; mulk solig‘idan 2 yilga ozod qilinadi; ishlab chiqargan mahsulotining 30 foizdan ortig‘i eksportga chiqarilsa, 50 foiz daromad solig‘idan (foyda solig‘i), 15-30 foizi eksportga chiqarilsa, 30 foiz daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi; ishlab chiqarish bilan band bo‘lsa, er solig‘idan 2 yilga ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida alohida sohalarga imtiyozlar berish ko‘zda tutilgan. Unga ko‘ra, neftb va gaz konlarini ochish va qidirish ishlariga xorijiy kompaniyalarni jalb qilgan korxonalar ushbu ishlarni amalga oshirish davrida barcha soliqlardan, shuningdek, zarur uskunalarni import qilishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. Mazkur sohadagi korxona chet ellik hamkorlar bilan birgalikda ochilsa: neftb va gaz qazib chiqarilgan kundan boshlab 7 yilga daromad (foyda) solig‘idan; - xorijiy hamkorlar ulushiga mansub kapitaldan olinadigan daromad va mulk solig‘idan ozod qilinadi. Engil sanoat sohasida: -tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar qo‘shimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha soliqlardan ozod qilinadi; -o‘z ehtiyoji uchun ishlab chiqarish uskunalari, ehtiyot qismlarni import qilishda korxonalar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 11 apreldagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Farmoni mamlakatimizda investitsiya muhitini yanada yaxshilash, xususiylashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik jihatdan qayta jihozlash va rekonstruktsiya qilish, ortiqcha ishchi kuchi mavjud bo‘lgan mintaqalarda yangi ish joylarini yaratish dasturlarini amalga oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, shuningdek, xorijiy investorlar uchun ishonchli huquqiy himoya va kafolatlarni ta’minlashga qaratilgan. Xulosa. SHunday qilib, globallashuv jarayonlarining dastlabki TMKlar vujudga kelib rivojlangan etakchi davlatlari va yangi sanoatlashgan mamlakatlar o‘z iqtisodiy salohiyatlariga ko‘ra iste’mol va ishlab chiqarishning katta qismini hech qanday iqtisodiy yoki siyosiy bosimsiz boshqarishga qodir. Bunday mamlakatlarning ichki moldiyaviy-iqtisodiy salohiyatlari va ularning ustuvor yo‘nalishlari xalqaro miqyosning etakchi yo‘nalishlarida o‘z izlarini qoldirmay qolmaydi. TMKlarning aksariyat qismi(85-90%)ning bosh qarorgohi aynan rivojlangan mamlakatlarda joylashgan. SHu bilan birga, hozirgi davr TMKlar vakili bo‘lgan milliy davlatlar vakillari mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir doirasidagi kuchli sheriklarini, ba’zan esa raqiblarini ham sotib olishga qodir. Masalan, avtomobilb bozorlarida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 2010 yili AQSHning “Jeneral motors” korporatsiyasi o‘sha vaqtda jahon moliyaviy-iqtisodiy invirozi ta’siri ostida qolgan va moliyaviy vositalarga muhtoj Janubiy Koreyaning «DAEWOO» korporatsiyasini 50%dan ortiq aktsiyalarini sotib olib, uning bir nechta qo‘shma korxona sifatidagi filiallariga o‘z ta’sirini o‘tkaza boshladi. Ta’kidlash joizki, TMKlar global korporatsiyalar va nodavlat tashkilotlar singari dunyoga, xalqaro darajaga chiqishdi, bu ular uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Jahon iqtisodiyotining moliyaviy globallashuvi sharoitida XVJ, JST, BMT va Jahon banki kabi tashkilotlarning roli yanada oshdi. YA’ni, xalqaro miqyosdagi ham davlat, ham xususiy kompaniyalar va tashkilotlar jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy ishtirokchilarga aylandi. Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar: Transmilliy korporatsiyalarning mohiyati va vujudga kelishining ob’ektiv- iqtisodiy shart-sharoitlari? Transmilliy korporatsiyalarning dastlabki shakllari va ularning evolyutsiyasi? Transmilliy korporatsiyalarning vujudga kelish bosqichlari? Transmilliy korporatsiyalarning tarkibiy tuzilishi? Transmilliy korporatsiyalarning turlari? Jahon iqtisodiyotini globallashuvida transmilliy korporatsiyalarning roli? Ko‘pmilliy korporatsiyalarning vujudga kelishini sabablari? Transmilliy korporatsiyalarning iqtisodiy markazlari? Global transmilliy moliyaviy korporatsiyalarning vujudga kelishi va ular faoliyatining xususiyatlari? Transmilliy korporatsiyalar faoliyatini rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyoti uchun ahamiyati va oqibatlari? O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida mintaqaviy transmilliy korporatsiyalarning o‘rni va roli? O‘zbekiston iqtisodiyotiga TMKlarni jalb qilish uchun qanday imkoniyatlar mavjud? Bibliografik ma’lumotlar: Vaxabov A.V., Tadjibaeva D.A., Xajibakiev SH.X. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. - Toshkent.: Baktriya press, 2015. -584 b. Xodiyev B., Shodmonov Sh. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T., «Barkamol fayz-media» nashriyoti, 2017. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Raximov J.M. “Global iqtisodiyot” (O‘quv qo‘llanma), - T.: TDIU, 2019 y. 232 -bet. Globalizatsiya mirovogo xozyaystva: Ucheb. posobie / Pod red. d-ra ekon. nauk, prof. M.N. Osbmovoy, kand. ekon. nauk, dots. A.V. Boychenko. - M.: INFRA-M, 2006. - VIII, 376 s. Globalbnoe ekonomicheskoe regulirovanie : uchebnik / pod G54 red. prof. V. N. Zueva. — M. : Magistr, 2009. — 574 s. BOB. GLOBAL IQTISODIY TIZIMNING FUNDAMENTAL ASOSLARI УА TARTIBGA SOLISH MEXANIZMLARI. 10 - MAVZU: GLOBAL IQTISODIY TIZIMNING FUNDAMENTAL ASOSLARI VA IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISHNING FUNDAMENTAL TIZIMI. Reja: Jahon iqtisodiyotini globallashuvining o„ziga xos tendentsiyalari. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarixiy bosqichlari. 10.3.Iqtisodiy globallashuvning fundamental omillari. Globallashuv sharoitida jahon xo‘jaligini tartibga solish va unda davlatning roli. Jahon iqtisodiyotini globallashuvining o„ziga xos tendentsiyalari. Jahon xo‘jaligini globallashuvi bugungi kunda jahon iqtisodiyotini rivojlanishi natijasida vujudga kelgan etakchi tendentsiyalarining holati, eng avvalo, ushbu yo‘nalish, hatto hozirgi jahon iqtisodiyotining boshqa tendentsiyalari mavjud bo‘lgan davlatlarda ham zaif va deyarli sezilmas darajada nomoyon bo‘lib turibdi. Xususan, qoloq va rivojlanmagan mamlakatlar ushbu yangi sanoatlashuv(postindustrializatsiyalashuv) va integratsiyalashuv yoki transmilliylashuv kabi jarayonlarda deyarli ishtirok etmaydilar, biroq shu bilan birga ular jahon bozorlarining globallashuv jarayoniga kiritilgan(tortilgan) va asosan tashqi bozorlarga o‘zlarini tovarlari, xizmatlari va ishchi kuchini faol eksport qiluvchi, bilim va kapitalni import qiluvchi mamlakatlar sifatida yo‘naltirilgan. Ushbu mavzuda global jahon xo‘jaligini tarkibiga kiruvchi qoloq, rivojlanmagan, rivojlanayotgan, sanoatlashgan va yangi sanoatlashayotgan hamda rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro iqtisodiy aloqalar va ular bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlarning amalga oshishi natijasida vujudga keladigan tendentsiyalar o‘z ifodasini topgan. Bundan tashqari, globallashuv jarayonlarining ob’ektiv qonuniyatlarga asoslangan tarixiy rivojlanish bosqichlari, glovallashuvning fundamental omillari yaqqol ko‘rsatilgan. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi - bu jahon xo‘jaligi global xususiyatlarini yagona tizimiga birlashish jarayonidir. Jahon iqtisodiyotining globallashuv jarayonining turli tarkibiy qismlari o‘tgan asrning 60-70-yillaridan boshlab ancha jiddiy muhokama qilinmoqda, ammo bu masalaning hozirgi dolzarblik darajasiga faqat 90-yillarda etib keldi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi dunyo makonini o‘zgarishi, uni yagona makonga aylanishi, tovarlar, xizmatlar, axborot va kapitalning to‘siqsiz harakati uchun ochilish jarayonida ifodalanadi. Ushbu makonda g‘oyalar tarqalishi oson va tashuvchilar harakatga kelib, hozirgi institutsional shakllanishlarning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va ular o‘rtasida o‘zaro ta’sir tizimlarini o‘rnatadi Jahon tizimlarining globallashuvining natijasi shu tariqa xalqaro miqyosda yagona makonning paydo bo‘lishi: madaniy, axborot, huquqiy va iqtisodiy. Boshqacha qilib aytganda, jahon globallashuvi fenomeni faqat iqtisodiyot sohasi bilan cheklanib qolmasdan, aksariyat hollarda jamiyat hayotining barcha muhim sohalariga - mafkura, madaniyat va siyosatga ta’sir qiladi. SHubhasiz, aynan mana shu hodisa yangi asrning jahon iqtisodiyotidagi markaziy rolini ozod qildi, bu globallashuvga moslashgan siyosat va iqtisodiyotda yangilangan dunyo munosabatlar tizimining shakllanishini katalizatsiyalashga xizmat qiladi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining tarixiy bosqichlari. Jahon iqtisodiyoti faqat asrning boshlarida (XX va XXI) ajralmas tizimga aylandi. Biroq, jahon iqtisodiyotining globallashuvi yo‘lida uning rivojlanishining bir necha bosqichlari o‘tgan. Download 1.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling