1-мавзу: “глобал иқтисодий ривожланиш” фанининг предмети ва услубиёти ҳамда вазифалари


Download 1.03 Mb.
bet42/72
Sana15.10.2023
Hajmi1.03 Mb.
#1704344
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72
Bog'liq
Глобал иктисодий ривожланиш маъруза матни

Evropa Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEESR- Organizatsiya Evropeyskogo ekonomicheskogo sotrudnichestv i razvitiya) ga a’zolik va uning rivojlanish strategiyasi. 1960-yil 14-dekabrda dastlab 20ta davlatlar imzolagan tashkilot sifatida boshlangan edi va uning rivojlanish strategiyasi ham qabul qilingan edi. Hozirgi kunda esa ularning soni 36tadan oshdi. Tashkilot tomonidan a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan faol hamkorlik olib borilmoqda. SHulardan 24 ta davlat vakillari muntazam ravishda kuzatuvchi sifatida bu tashkilotlarning barcha tadbirlariga qatnashmoqdalar.
Evropa Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEESR-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) a’zo davlatlarda 1.5mlrd kishi yashaydi. YA’ni er kurrasining qariyb 18% aholisini tashkil etadi. A’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotning jahon yalpi ichki mahsulotidagi xissasi 60%-80% tashkil etmoqda.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) ga a’zolik juda murakkab bo‘lib unga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko‘rib boriladi. Xar bir a’zo bo‘lmoqchi davlatga alohida yondashuv mavjud bo‘lib u mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi, siyosiy yo‘nalishi va bu tashkilot bilan bo‘lgan munosabati kabilar xisobga olinadi. Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlatlar quyidagi talablarga javob berishlari lozim:
-ochiq bozorli iqtisodiyotga ega bo‘lishi;
-siyosat yuritishda demokratik plyuralizm tamoyillariga asoslanishi kerak; -inson huquqlariga amal qilishi lozim;
-ushbu tashkilotning barcha tamoyillariga amal qilishi kerak.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) ga a’zo bo‘lmoqchi bo‘lgan davlatlar, ushbu tashkilotning 200dan ortiq tartib-intizom tamoyillariga mos ravishda faoliyat yuritishi tavsiya etiladi. Agar bu tavsiyalar mamlakatlarning milliy qonun-qoidalariga zid kelsa bajarmasligi mumkin.
Ushbu tashkilotda davlatlarni doimiy a’zolariga, doimiy nazoratchilarga va vaqtinchalik nazoratchilarga bo‘lib o‘rganish mumkin. Bular tomonidan kun tartibiga qo‘yiladigan forumdagi global muammolar quyidagilardir:
-qishloq xo‘jaligi, raqobat, ta’lim, boshqaruv, xalqaro investitsiya, iqtisodiy bilimlar, zalqaro rivojlanish, xalqaro savdo va soliqlar hisoblanadi.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) ning faoliyati kengash boshchiligida boshqariladi. Kengashda har bir davlatning bir vakili a’zo sifatida qatnashadi. Kengash ijroiya qo‘mita bajarib boradi. Kengash bir yilda bir marotaba o‘tkaziladi. kotibiyat informatsion ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, hujjatlar va tavsiyanomalarni ishlab chiqadi, iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha analitik hujjatlar chop etiladi.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) o‘z faoliyatini 9 ta direktorlik orqali amalga oshiradi. Bular:
-oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik(Directorate for food, agriculture and fisheres,AGR);
-moliyaviy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha direktorlik(Directorate for Finance and Enterprise Affairs);
-savdo bo‘yicha direktorant(Trade Directorate, ECH);
-ta’lim bo‘yicha direktorant(Trade for Education EDU);
-bandlik, mehnat va ijtimoiy masalalar bo‘yicha direktorant(Directorate for Employment, Labour and social Affairs, E4S);
-atrof-muhitni qo‘riqlash masalalari bo‘yicha direktorant(Public Govermance and Territorial Development, COV);
-statistika bo‘yicha direktorant (Statistics Directorate, STD);
-fan texnologiya va san’at bo‘yicha direktorant (Directorate fro Science, Technology adn Industry, STI)
Direktorantlar umuman olganda xalqaro informasion-analitik markaz rolini o‘ynaydi. Ular har yili ikki marotaba vazirlar, har bir davlatlarning vakillaridan iborat ekspert, mutaxassislarning o;zaro uchrashuvlarini tashkil etib boradi.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) 20ta qo‘mitadan iborat mutaxassis va ekspertlrni xulosasiga asoslanib har xil konvensiya, dekloratsiya, alohida masalalar bo‘yicha kelishuv, tavsiyalar, hamkorlik tamoyillari kabilar ishlab chiqariladi.
Boshqa xalqaro tashkilotlardan farq qilib bu tashkilot moliyaviy resurslarga ega emas. Moliyaviy resurslarini taqsimoti bilan xam shug‘ullanmaydi. Ammo u har bir mamlakatga ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashadi, analitik tahlil ma’lum otlaribilan ta’minlaydi. Siyosiy tavsiyanomalar beradi, ilg‘or tajribalarni tarqatadi va normativ huquqiy bazani yaratishda amaliy yordam beradi. Bu tashkilot ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar o‘tkazishda har bir davlatga ilg‘or tajribalarga asoslangan holda nisbatan samarali mexanizmlarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti (OEES-Organizatsiya Evropeyskogo Ekonomicheskogo Sotrudnichestv) ga a’zo bo‘lishga Braziliya, Xitoy, Hindiston, Rossiya, Indoneziya va JAR, taklifnoma olgan. Bu degani bu davlatlar a’zo bo‘ldi degani emas. Bu davlatlar mazkur tashkilotga a’zo bo‘lish uchun etakchi darajada normativ-huquqiy qonun-qoidalarni qabul qilgandan keyin, maxsus ekspert xulosasiga asoslanib keyinchalik qabul qilinishi mumkin.
Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lish istagini O‘zbekiston 2010-yilning 10-martida bildirgan edi. O‘zbekiston delegatsiyasi Parijda bo‘lib o‘tgan iqtisodiy xamkorlik va rivojlanish tashkilotining rahbarligini 24-yilligida Istanbul harakat rejasining 20-monitoring uchrashuvida O‘zbekiston delegatsiyasi qatnashdi. O‘zbekiston delegatsiyasining press-xizmati ma’lum otlariga ko‘ra O‘zbekiston 21ta tavsiyanomalar reytingi va jami yo‘nalishlar bo‘yicha ijobiy deb baholanadi. O‘zbekistonda o‘zgarishlar ijobiy deb baholanadi va ikkinchi bosqichga yangi 47ta yangi tavsiyanomalar tasdiqlanadi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti asoschilari Eron, Pokiston va Turkiya 1977-yil 12-martda Izmir shaxrida ushbu tashkilotga asos soldilar. 1992-yilda 7 ta yangi davlatlar Qozog‘iston, Ozarbayj on, Afg‘oniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston bu tashkilotga a’zo bo‘ldilar. BMT nini 1995-yildagi Bosh Assembleyasining 50-sessiyasida iqtisodiy hamkorlik tashkiloti faoliyati ma’qullandi va u bilan hamkorlik qilishga qaror qilindi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti ustavining 4-moddasiga muvofiq eng avvalo iqtisodiy hamkorlik yo‘nalishlarini maqullab har 2 yilda 1 marotaba davlat rahbarini uchrashuvlarini tashkil etiadi.
Ushbu tashkilotning ustavi 5-moddasiga muvofiq quyidagi tashkiliy tuzilmaga
ega.
-tashqi ishlar vazirlari kengashi kamida 1 yilda 1 marta o‘tkaziladi;
-har bir davlat vakillarining kengashi kamida 1 oyda 1 marotaba o‘tkaziladi;
-mintaqa rivojlanishi kengashi har bir davlat vakillaridan iborat kengash har yilda kamida 1 marta o‘tkaziladi;
-tashkilot kotibiyati ishni boshqarib boradi kotibiyat shtab kvartirasi Tehronda joylashgan;
-tashkilot faoliyatini bosh kotib boshqaradi. 6 ta direktor quyidagi 6 ta yo‘nalishdagi mas’ullardir

  1. Transport va kommunikasiya

  2. Savdo va investitsiya

  3. Energetika, mineral resurslar va atrof muhit

  4. Qishloq co‘jaligi va sanoat

  5. Sog‘liqni saqlash, ta’lim va ma’daniyat

  6. Iqtisodiy taraqqiyot va statistika

Kotibiyat tarkibiga quyidagilar ham kiradi. Bular narkotik moddalar oborotiga qarshi kurash organi va 6ta mintaqaviy institutlaar (savdo va rivojlanish banki, sug‘urta kompaniyasi, suv transporti kompaniyasi, aviakompaniya, savdo palatasi va sug‘urta kolleji). Bundan tashqari yana 3ta mutaxassislashgan agentlik (ma’daniyat instituti, ilmiy fond va konsalting injinering kompaniya) faoliyat ko‘rsatadi.
Tashqi ishlar vazirlarining umumiy kengashida Bosh kotib 3yil muddatga saylanadi va tasdiqlanadi.


  1. Download 1.03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling