KUCH QOBILIYATLARINI TARBIYALASH METODIKASI
Har bir inson hayot jarayonida ma’lum harakat imkoniyatlariga ega bo‘ladi. Masalan: maksimal og‘irlikni ko‘tarishga yoki 1000 m ga ma’lum vaqtda yugurishga. Bu imkoniyatlar ayrim sport harakatlarida amalga oshiriladi. Misol: qisqa va uzoq masofaga yugurish, shtanga organizmdagi har xil sifat o‘zgarishlarini talab etadi. Jismoniy sifatlar deganda biz insonning ayrim qobiliyat imkoniyatlarining sifat tomonlarini tushunamiz. Bu sifatlar quyidagilardan iborat: kuch, tezlik, chidamlilik, chaqqonlik va egiluvchanlik. Bu sifatlar har bir harakatni bajarishda majmua holda namoyon bo‘ladi. Misol, 100 m ga yugurishda tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, kuch sifatlari namoyon bo‘ladi, lekin shularni ichida tezkorlik sifati hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Har bir sifatni to‘g‘ri tushunish va uni tarbiyalash metodikasini chuqur o‘rganish uchun ulami ko‘rib chiqishimiz lozim (10-jadval).
Kuch. Kundalik turmushda kuch so‘ziga har xil ahamiyat beriladi. Kuch ilmiy tushuncha sifatida imkoni boricha aniq bo‘lishi kerak. Kuchlami farq qilinishi quyidagicha:
Kuch harakatning mexanik xarakteristikasi sifatida (tanaga "T" massa bilan kuch ta’sir etadi).
Kuch insonga xos bo‘lgan sifat jarayoni. Misol: Sportchining yoshi o‘zgarishi bilan kuchni rivojlantirish; sport bilan shug‘ullanuvchilar kuchi sport bilan shug‘ullanmaganlarga qaraganda katta bo‘ladi. Masalan: ilmiy tadqiqot ko‘rsatkichlari bo‘yicha maktab o‘quvchilarida kuch rivojlanishi sport bilan shug‘ullanuvchilarga nisbatan past bo‘ladi.
Har qanday tushunchani aniqlashning usuli uni b’lchovda ko‘rsa- tishdir. SHunday ekan, insonning kuch imkoniyatlar darajasi dinamometr kabi mexanikada qo‘llaniladigan asboblar yordamida oichanadi. Inson kuchi deganda biz tashqi qarshilikni muskul kuchlanishi orqali engish qobiliyatini tushunamiz.
Ma’lumki, muskullar quyidagi hollarda kuch ko‘rsata olishlari mumkin:
O‘z uzunligini o‘zgartirmasdan (statik, izometrik rejimda) ko‘r- satish. Misol: gimnastikada - osilib turgan holda burchak hosil qilish.
O‘z uzunligini qisqartirib (eguvchi, miometrik rejim)da ko‘rsa- tish. Misol: sakrashda - depsinish, irg‘itishda - buyumni qeyib yuborish-dagi kuchlanish.
O‘z uzunligini o‘zgartirib (egiluvchi, pliometrik rejim)da ko‘rsa- tish. Misol: boshqaning yordamida egiluvchanlik.
9- jadval
Absolut kuch - bu o‘z tana og‘irligiga nisbatan ko‘rsata oladigan kuchi.
Masalan,shtanga ko‘tarish, dinometrda kuchni ko‘rsatish.
Nisbiy kuch - 1 kg tana og‘irligiga teng kela oladigan absolut kuchga aytiladi.
Nisbiy kuch = Absolut kuch Tana og‘irligi
Do'stlaringiz bilan baham: |