1-mavzu. Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati. Mavzu rejasi


Download 452.73 Kb.
bet7/32
Sana17.10.2023
Hajmi452.73 Kb.
#1706646
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32
Bog'liq
Harakatlarga o’rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari. O’rgatish bosqichlarining asosiy yo’nalishi va xususiyati.

Adabiyotlar

1.Maxkamdjonov K, Tulenova X.B. Maktabgacha ta’lim muassasalari uchun umumiy va kengaytirilgan “Jismoniy tarbiya” dasturi. Ilm-ziyo Toshkent., 2006-yil.


2.Xoldorov. T., Tulenova X.B. Jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, sport, turizm, xalq milliy o’yinlarining nazariy va amaliy asoslari. TDTY bosmaxonasi, 2007-yil.
3.Tulenova X.B.Malinina N.N.,Umumrivojlantiruvchi mashqlarni o’rgatish metodikasi, o’quv qo’llanma TDPU, 2005 y.
4.Abdullayev A., Xonkeldiyev SH.Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyoti. O’quv qo’llanma Toshkent., O’zDJTI, 2005 yil-300 b

3- mavzu: Harakat malakalarining tashkil etish qonuniyatlari.
Mavzu rejasi:
1.Malakaning xarakterli belgilari
2.Malakaning fiziologik mexanizmi.
3.Harakat malakasini shakllari(1-2-3 fazalari).


Jismoniy tarbiya jarayonida bola pedagog rahbarligida dasturda ko‘zda tutilgan harakat malakasini va ko‘nikmasini egallaydi. Turli harakatlarga o‘rgatish jarayonida malaka va ko‘nikmalami shakllantirish jismoniy sifatlarni tarbiyalash bilan uzviy bog‘liqlikda amalga oshiriladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonida o‘quvchilaming jismoniy mashqlarning yangi shakllarini egallash qobiliyatlari oshib boradi. Jismoniy madaniyat nazariyasida harakat malakasi harakat texnikasini egallash darajasi bilan belgilanadi. Harakat malakasining ikki turi farqlanadi: ulardan biri yaxlit harakat faoliyatini amalga oshirishda, ikkinchisi, ayrim, murakkabligiga ko‘ra turlicha harakatlarda ifodalanadi.
Harakat malakasi - harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda ko‘chadi va harakatlar o‘zining juda ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Harakat malakalaririing bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy, ruhiy kuchlami tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini beradi. Ular ongli ravishda mashqlar bajarish natijasida uning bajarish usuli va qoidalarini takomillashtirib boradilar va shu malakaga binoan mashqlarni ma’lum bir vaqt oralig‘ida texnik jihatdan to‘g‘ri bajara olish qobiliyatini saqlab qoladilar. Harakatlarning uyushgan holda, aniq va tez bajarish bolalarning ruhiyatini bardam qiladi.
Jismoniy sifatlarni tarbiyalash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifa-laridan biridir. Jismoniy sifatlar bola organizmining morfofunksional, psixofiziologik va biologik xususiyatlari bilan bog‘liq.
Jismoniy sifatlarni, harakat ko‘nikmalarini o‘rgatish bilan birgalikda tarbiyalash bolaning takomillashuviga, tanasining sog‘lomlashuviga, hissiy ruhining ko‘tarilishiga ta’sir ko‘rsatadi, bolalar harakatlarni tobora ishonch bilan bajaradilar, yangi harakatlarni tezroq, oson bajarilishiga, yuqori natijalarga erishishga intiladilar, ijobiy mustaqillik ko‘rsatadilar.
Asosiy jismoniy sifatlarning (tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, kuch va egiluvchanlik) rivojlanishi harakat malakalarining shakllanishi bilan uzviy bog‘liq. Ana shu jarayonga xizmat qiluvchi mashqlar qat’iy izchillikda va harakat ta’siri murakkablashtirilgan holda jismoniy tarbiya darslari tarkibiga, o‘yin soatlariga, sport mashqlariga hamda o‘quvchi laming maktabdan va sinfdan tashqari sport tadbirlari tarkibiga kiritiladi. Harakat ko‘nikmalarini shakllantirishga e’tibor, ayniqsa, maktab kun tartibida olib boriladigan jismoniy sog‘lomlashtirish tadbirlari davomida amalga oshirilishi kerak. Katta tanaffuslarda o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar, dars boshlanishidan oldin o‘tkaziladigan ertalabki gimnastika, sayrlar, sinfdan tashqari olib boriladigan ommaviy tadbirlarning barchasi jismoniy sifatlar tarbiyalanishiga imkon yaratadi. Har bir jismoniy sifat uchun alohida o‘ziga xos mashqlar majmuasi tanlanadi va maxsus usulda bajartiriladi. Jismoniy tarbiyaga xos bo‘lgan ko‘p qirrali vazifalarning barchasi harakatni bajara olish (qila olish) va harakat malakasining shakllanishiga bog‘liqdir. Bu jarayonga xos qonuniyatlarni bilish harakat faoliyatlarini o‘qitishning barcha etaplaridagi mazmunni to‘g‘ri va ratsional bo‘lishini, harakat faoliyatlarini egalashdagi notekisliklarga bar ham beradi va ta’lim variatsiyasini yo‘lga qo‘yish uchun imkoniyat yaratadi, darslar tizimini nisbatan talab darajasida tuzish, tayyorlov va yo‘llanma beruvchi mashqlardan samarali foydalanib malakaning ijobiy va salbiy ko‘chishini ta’minlaydi.
Ta’lim jarayonida harakat faoliyatlarini rivojlantirish. Harakat faoliyatlarini o‘qitish jarayonida tananing u yoki bu qismi (bo‘lagi)da harakatni boshqarishning xarakteri o‘zgaradi, natijada harakat faoliyatini egallashning darajasi ortadi. B.A. Ashmarin bu jarayonni quyidagicha ifodalagan:




Ҳаракат фаолиятини ўқитиш
8.1.1-jadval






Ҳаракат
Малакасини

Олий тартибда ҳаракат

Ҳаракатни қила билишни




Махсус билимларга эга бўлиш


O‘quvchi (shug‘ullanuvchi) maxsus bilimlar bazasida va tizimli mashqlar natijasida harakat faoliyatini bajarish uchun belgilangan imkoniyatlar chegarasiga etadi, takomillashtirish uchun esa chegarasiz imkoniyatlarga ega bo‘ladi (oliy tartibda harakat qila bilish). Harakat faoliyatini egallashning uch bosqichga bo‘linishi shartlidir. Bosqichlarning stabil chegaralarini mavjudligi bilim berish vazafalarini belgilash va uni hal qilish uchun qulaydir.
Eski tajribalar, bilimlarga tayanib qila bilish (qila olish)ning shakllanishi harakat faoliyatini egallash jarayonidan boshlanadi.
Harakatni bajara olish (qila bilish) – bu harakat faoliyatining har bir bo‘lagiga o‘quvchining diqqat e’tiborini to‘plash (konsentratsiyalash) sharti asosida o‘rganilayotgan harakat faoliyatidir.
Xarakterli alomatlari; – to‘la, bir butun harakat faoliyati tarkibidagi harakatlarni boshqarish avtomatlashmagan holda bajariladi. Natijada o‘quvchining ongi harakatning har bir elementini qanday bajarilishi sintezi bilan o‘ta band bo‘lib, ish yuqori darajadagi energiya sarflashhisobiga – iqtisod qilinmay, ahamiyatli darajadagi charchashga dosh berish hisobiga bajariladi;
-harakat vazifasini bajarish usuli stabil emas (takrorlashlarning maromi turlicha). Bu bosqichda harakat vazifasining oson, ko‘p energiya sarflamay hal etish usuli izlanadi.
-harakatni qila bilish, harakat faoliyatini birinchi o‘rganayotganlar chetlab o‘tadigan xatolardan holi bo‘lgan faoliyat emas. To‘g‘ri, malakagacha o‘tish davrining uzunligi, darajasi turlicha va u o‘quvchi qobiliyati, ta’lim uslubining takomillashganligi, harakat faoliyatining to‘la tarkibining oson yoki qiyinligiga va hokazolarga bog‘liq.
Ahamiyati. Harakatni bajara olish asosan ijodiy izlanishlar orqali, taqqoslash, solishtirishlar, harakatni bajarish usullarini baholash, ularni bir butun harakat faoliyatiga birlashtirish bo‘lib bilim berish uchun katta imkoniyatlarni ochadi. Harakatni qila bilish harakat faoliyatini egallashning shunday darajasiki, xarakteriga ko‘ra u barcha yo‘llanma beruvchi mashqlarga tenglashtiriladi. Agarda ular stabillashib qolsa, o‘zlashtirilayotgan harakat faoliyati malakasining shakllanishida muammolar vujudga kelishiiga sabab bo‘ladi. Ma’lumki, to‘la harakat tarkibidan ajratilgan, izolyasiyalangan bo‘lak o‘rganilayotgan, to‘la harakat tarkibiga kirganda ma’lum o‘zgarishlarga uchraydi.
O‘rganilgan harakatni nisbatan doimiy sharoitda tizimli namoyon qila olishini asta sekinlik bilan malakaga aylanishiga olib keladi.
Harakat malakasi – bu faoliyatining shunday bajarish, qobiliyatiki, unda diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo‘naltirib, uning tarkibiga kiradigan ayrim harakatlarga nisbiy e’tibor bilan bajara olishdir.
Malakaning xarakterli belgilari:
harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarning bajarilishiga unchalar e’tibor bermay bajarish. Bunga harakatni bajarish jarayoni avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi.
harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‘qitish natijasi yoki hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir.
harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi rolini inkor etib bo‘lmaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish (masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinatsiya qilish munosabatlari, harakat va vegetativ komponentlarning o‘zaro aloqasi) avtomatlashadi.
O‘quvchining ongi asosan o‘zak komponentlarga, sharoitning o‘zgarishi hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo‘naltiriladi.
Zaruriyatga qarab o‘quvchi, o‘rganuvchi har bir harakatning bajarilishini nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo‘lgan o‘zgartishlar kiritishi yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‘tib ketishi mumkin (masalan: qo‘lda yoki boshni erga qo‘yib turishda muvozanatni yo‘qotsa, o‘quvchi «grupperovka» (yig‘ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin).
harakat malakasi yuqori turg‘unlikka ega. Bu shuni ko‘rsatadiki, boshqa sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo‘ladi (masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar va hokazolar), o‘quvchilarga odatlanmagan kuzatuvlarning ta’siri (tomashabinlar).
harakat malakasi uchun harakatlardagi ma’lum tizimning mavjudligi va o‘ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarning bir butun harakat faoliyatiga ortiqcha harakatlar ushlanishini yo‘qotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat ko‘rsatishning vaqti qisqaradi.
harakat malakasi shakllanishi analizatorlar funksiyasini qayta taqsimlash bilan kuzatiladi. Harakat analizatorining roli ortadi, harakat nazoratida muskul hissiyoti etakchi ahamiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining to‘pni his qilishi va boshqalar.
Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning ilmiy tadqiqotlari orqali erkin harakatlarni shakllanishining fiziologik mexanizmlari asoslangan. Harakat aktini muskullar bilan bajarishni boshqarish vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyasiyali reflekslar va boshqalarning vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning ahamiyatiga katta e’tibor beriladi, chunki ular meros bo‘lib nasldan-naslga o‘tmagan javob reaksiyalari bilan bog‘liq.
Harakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik fazaga bo‘linadi, bunda gap harakat faoliyatini qaytarish bilan aynan bog‘liq bo‘lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos.
1-faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo‘zg‘alish jarayonining keng irradiatsiyasi bilan xarakterlanadi. Tashqaridan bu harakat faoliyatining tashqi ko‘rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq bo‘lmagan va ko‘pincha keragi yo‘q harakatlar ham qo‘shilib bajarilishi orqali boradi.
2-faza shu bilan farqlanadiki, qo‘zg‘alishning ortiqchaliligi tormozlanish jarayoni rivojlanishi bilan chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga harakat faoliyatini nisbatan to‘g‘riroq bajarish, ortiqcha harakatlarni yo‘qotish muvofiq keladi. Ammo qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonining o‘zaro takomillashmagan holdagi o‘rin almashishlarining hali etarli darajada emasligi harakatlarda ortiqcha zo‘riqish, muskullar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi.
3-faza harakatning dinamik steriotipi shakllanishining tugallanishi bilan xarakterlanadi. Bu harakatlarni nisbatan takomillashgan darajada bajarilishiga imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo‘lib boradi.

Download 452.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling