1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi


Download 180.5 Kb.
bet2/4
Sana12.05.2020
Hajmi180.5 Kb.
#105164
1   2   3   4
Bog'liq
Hashoratlar ekalogiyasi


Abiotik faktorlar

Muhit harorati . abiotik faktoirlar ichida hayotiy muhit sharoitni yaratishda iqllim faktorlarii –issiqlik , yorug’lik , namlik va havo harakati muhim ro’l o’ynaydi .ayniqsa , Hasharotlar uchun isssiqlik termik factor katta ro’l o’ynaydi . Chunkinn hashoratlar sovuqqonli -poykliloterm organizmidir , yani doimiy haroratga ega emas . Shuning uchun Hasharotlarning hayot funksiyasi , ularning hulqi o’sish tezligi , populyatsiya dinamikasi tashqi muhit harorati bilan aniqlanadi.

Hasharotlar odatta 10-40C o’rtasidagi issiqlikda harakatchan bo’ladi . harorat pasayganda Hasharotlar ovqatlanishdan , so’ngra harakatlanishdan to’xtaydi, nobud bo'ladi. Xaroratning normadan ortiq ko’tarilishi xam Hasharotlarga salbiy tasir ko’rsatadi.

Xarorat Hasharotlar jinsiy maxsulotoining yetilishiga ham tasir ko’rsatadi . suli shved pashshasi g’umbakdan chiqqandan keyin 22C issiqlikda 10 kundan so’ng , 17C-14, 14C-36 va 4C da esa50 kundan so’ng tu xum qo’yadi . lekin harorar normadan ortganda haroratning nasldorligi pasayadi yoki to’xtaydi. Masalan g’o’za bitining tirik tug’ilishi issiklik 30C dan ortganda pasayadi.

Hasharotlarning embrional va postembrional taroqqiyoti yuqori haroratda tezlashadi. Natijada taraqqiyot sikli qisqaradi va hasharot tezroq ko’payadi. Beda mo’ri qurti 17C atrofida 56 , 21C da 34 kunda, 22C da 31 kunda rivojlanadi.

Har xil turfa mansub hasharotlarning yuqori tempraraturada tez rivojlanishining malum chegarasi bor. Masalan o’tloq parvonasi g’umbagining rivojlanishi faqat 26 C issiqlikda tezlashib boradi , tempratura bundan ortsa rivojlanish sekinlashib , so’ngra to’xtaydi va nihoyat chegaradan oshganda xashorat o’ladi. Malum harorat nuqtasidan pastga yoki yuqorida rivojlanish to’xtasa , o’sha harorat rivjlanishining pastki yoki yuqorigi chegarasi deb aytiladi .

Hasharotlarning sovuqqa chidamliligi ularning soni va tarqalishi da muhim o’ynaydi . ko’p tur hasharotlar sovuqqa chidamlidir. Massalan , ko’kqurt -11C gacha , o’tlaoq parvonasi qurti 30C gacha bardosh beradi.L.K.Lozina -Loziniskiy o’tkazgan tajribalarida poya parvonasi qurti xatto -80C va -90C gacha chidagan . sovuqqa chidamlilik organizmning holatiga va sovitishning sekin tezligiga , umuman bioximyoviy xususiyatlariga bog’liq .

Yog’ tanachalari ko’ , erkin suv miqdori ko’p bo’lsa , hashorat suvga ko’proq chidaydi . Masalan , ko’k qurtda yog’ tanachasi ko’p va suvi kam bo’lsa u 8-11 C o’rtasida halok bo’ladi , yog’ tanacahalari yaxshi taraqqiy etmagan va erkin suv ko’p miqdor da uchrasa qurt-5-6Cda nobud bo’ladi. Sovuq va iliq xaroratlarnig notekis almashinishi hasharotlar uchun halokarlidir.

Hasharotlarning haroratga qarab rivojlanish tezligini haqiqatga yaida va yuqorqinroq aniqlash va yil mobaynidagi bo’g;in berish miqdorini belgilash uchun rivojlanish samarali haroratini aniqlash muhim ro’l o’ynaydi. Rivojlanish nuqtasidan yuqor nuqtadan chiqmagan oraliqda joylashgan issiqlik samarali harorat deb ataladi. Bu arorat xasharotlarning normal rivojlanishini taminlaydi . samarali haroratning aniqlash uchun pastki nuqta rivojlaninsh haroratini bilish shart . agar pastgi nuqta rivojlanish harorati –t, aniq bo’lsa , hasharot rivojlangan xaroratdan -t olish yo’li bilan yani t-t, samarali harorat aniqlanadi . hasharotlarning bir necha xil ( kamida ikki xil hasharotda rivojlanishi uchun kerak kunlar miqdori) termostat yordamida eksprerimental usulda aniqlanadi.

Har bir xasharot turlarining rivojlanishini to’liq o’tishi uchun ma’lum miqdorda issiqlik energiyasi , yani samarali yig’indisi zarur . Bu quyidagicha aniqlanadi.

C=(t-t,)*n

Ko’p olimlarning olib borgan kuzatishlari ko’rsatishicha har bir individ va turning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan samarali harorat yig’indisi issiqlik konstanti deb belgilanadi. Issiqlik konstanti turning harakterli belgisi bo’lib uning kattaligi turini issiqlikga – ekologik faktorga talabchanlik darajasini aniqlaydi.

Ba’zi bir Hasharot turlanrining rivojlanish bo’sag’isi va samarali harorat yig’indisi quyidagi jadvalda berilgan (I.V.kojanchikov va b.)


Turlarning nomi

Pastki taraqqiyot bo’sag’asi

Haroratning samarali yig’indisi (co)

Olma shirasi

Uy pashshasi

Ombor uzunburun qo’ng‘izi

Karam kuyasi

Shved pashshasi

Kuzgi tunlam

Sariq suvarak


7.0

12.0


11.0

9.8


8.0

10.0


6.5

114

230


360

380


400

1000


1900

1-jadval

Jadval ma’lumotlariga ko’ra taxminan rivojlanish dovamatini doimiy u yoki bu haroratda aniqlash mumkin. Masalan 210c da ombor uzunburun qo’ng’izi taxminan 36 kun rivojlanadi.Rivojlanayotgan haroratda (210c) pastki taraqqiyot bo’sag’a haroratini -110c (1-jadval) olib tashlab chiqqan sonni rivojlanish kunlar miqdori (36) ko’paytirib rivojlanish doimiy harorat yig;indisi yoki issiqlik kanstanti aniqlanadi (21-11) *36=360, uy pashshasi esa 25.5kun (21-12)*25.5=230

Rivojlanish bo’sag’isi va issiqlik konstanti orqali u yoki bu turning turli xil geografik nuqtada necha marta bo’ g’in berishini hisoblash mumkin. Buning uchun shu geografik zonani ko’p yillik o’rtacha hamma oylar bo’yicha vegetatsiya davrining harorat yig’indisini olib o’rganiladigan tur uchun samarali haroratni shu geografik zona bo’yicha hisoblab chiqish kerak. Samarali harorat yig’indisi Hasharot turining issiqlik konstantasiga bo’linadi. Misol: Toshkentda samarali harorat yig’indisi 28000, karam kuyasining issiqlik konstantasi 3800 (1-jadval). Bunday holda nazariy jihatdan qaraganda Hasharot 7,4 bo’gin berishi kerak vaholangki 8-10 marta bo’g’in beradi. Haqiqatda esa Hasharot doimiy haroratda emas, balki o’zgaruvchan haroratda rivojlanadi. Metearologik stansiyalarning ko’rsatishicha o’rtacha harorat hasharotlar yashagan joydagi o’rtacha haroratdan birmuncha farq qiladi. Bundan tashqari hasharotlarning rivojlanishi yana boshqa sharoitga ham bog’liq. Shuning uchun bu usulda bo’g’in sonlarini hisoblashda va fenologik calendar tuzishda shu ehtimollarni nazarda tutish kerak.

Muhitning namligi – turlicha bo’lib , hasharotlar ekologiyasida havoning nisbiy namligi , yani suv bug’i bilan to’yining protsenti muhim ahamiyatga ega . namlikni tasiri turlicha bo’lib , hasharot tanasidagi suv miqdoriga bo’g’liq . muhit namligi hasharotning xayotchanligi va serpushtligiga tasir etadi .

Ayrim tur hasharotlarning rivojlanishiga namlik haroratga qaraganda turlicha tasir etadi . Masalan bir tur hasharot namlik tasirida tez rivojlansa boshqa turlari sekin rivojlanadi. Karam kuyasi va chigirtga simonlar qurg’oqchilik davrida tez ko’payadi o’simlik bitlari esa ayniqsa namlik mavsumda tezroq ko’payadi. Hashoratlar tanasining katta kichikligi ya’ni bug’lanish yuzasining kattaligi muhit namligidan ekologik faqtor sifatida Hasharot juda ham tobedir. Ayniqsa ochiq havoda yashaydigan Hasharotlar chunki tashqi muhit namligi turli davrlarda turlicha bo’ladi. Hasharotlar tanasidagi namlikni bir meorda saqlash maxsus mehanizm talab etadi bu mehanizm Hasharotlarda morfologik, fiziologik va ekologik adabtatsiya dir.

Morfologik adabtatsiya – suv o’tkazmaydigan teri qoplag’ichi epiqutikulasi mumli qatlamlari, qutiqulaning qalinlashganligi nafas teshiklarining tuzilishi, g’umbakning tuzilishi pilla hosil qilishi va b.

Fizologik adabtatsiya – hashrot orqa ichagining hazim bo’lmagan ovqat qoldiqlaridagi suvlarni so’rish, terining namlikni qabul qilish qobilyati , organizmga ovqat bilan namlikni tushish xususiyati.

Ekologik adabtatsiya – yashash joyini o’zgartirish tuproqda yashaydigan hashoratlar tuproqning tashqi qatlami quriganda, pastki namlik yuqori bo’lgan joyga ko’chadi. Yoki hashoratlar g’umbakka aylanishdan oldin qulay joyga ko’chadi.

Har xil Hasharot turlarining normal rivojlanishi uchun optimal miqdorda, turli xil miqdorda namlik kerak. Masalan ombor uzunburun qo’ng’izining normal rivojlanishi uchun 14-16% namlik talab etilad, 11% namlikda esa u halok bo’ladi. Shunga asosan bu hasharotga qarshi kurashish choralaridan donlarni quruq saqlashdir. Tabiatda namlikni yetishmasligi , qurg’oqchilik vaqtlarida o’simlikxor hasharotlar bo’lishi kuzatilgan . bundan tashqari namlik hasharotga, yani ular yeydigan o’simlik holati va zamburug’ hamda bakterial kasalliklarning avj olib ketishi orqali bilvosita katta tasir etadi.

Lekin bu ko’rsatkichlarning hammasi ma’lum darajada shartlidir , chunki haqiqatdan tabiatda namlikning sharitga tasiri doimo boshqa ekologik faqtorlar , birinchi navbatda , harorat va ovqat bilan chambarchas bog’liqdir .

Muhit xarorati xasharotga namlikning tasir etish darjasini o’zgartiradi. Shuning uchun ko’pchilik avtorlar harorat bilan namlikni hashoratning o’sish tezligiga, serpushtligiga ta’sirini birgalikda o’rganishni tavshiya etadilar.

Hashoratlarning hamma hayotiy ko’rsatkichlari-rivojlanish davomida, serpushtligi, o’limi bevosita muhitga bog’liq. Masalan,kuzgi kunlamni serpushtligi (I.V. Kojanchiqov ma’lummoti bo’yicha) harorat 20* C da namlik 55%-1081; 85%-1891; 91%-1863. Harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda serpushtlik 294,747,185 ta bo’lgan, yani harorat 20 C namlik 85%, serpushtlik ortgan (1891), harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda sertpushlik 747 ga kamaygan.

Tabiiy sharoitda hashoratlarga harorat bilan namlikning birgalikda ta’sirni baholashda klimogramma usulidan foydalaniladi.



Klimogramma harorat va yillik o’rtacha yog’inning oylik ko’rsatkichlari asosida tuziladi: ordinat o’qiga harorat, abstsissa o’qiga yog’in miqdori (nm) joylashtiriladi. Kesishgan nuqtalar navbatma-navbat, oyma-oy qo’shib boriladi, bu ko’pburchak hosil bo’ladi, bu ko’pburchak klimogrammani ifodalaydi. 34 rasm

Klimogrammaning yuqoriga cho’zilganligi yozning issiq va quruq kelganligini, pastga cho’zilganligi qishning juda sovuq kelganligini, o’ngga cho’zilganligi shu oylarda namlik yuqori bo’lganini ko’rsatadi.

Hasharot turi juda ham ko’payib ketgan yilda tuzilgan klimogramma bilan kamayim ketgan yildagi tuzilgan yildagi tuzilgan klimagrammani solishtirish orqali konkret harorat va yog’in miqdorining ahamiyatini aniqlashda, shu tur uchun qulay hamda noqulay yashash sharoit yaratishda ahamiyatga ega.

Harorat va yo’g’inning hasharotlarga ta’sirini aniqlashda B. Uvarov tonidan taklif etilgan bioklimogramma vositasi bilan grafik usulda ifodalash qulay

Bioklimogramma huddi klimogramma tuzgandek, kordinata o’qiga o’rtacha oylik harorat ko’rsatkichlari va abstsissa o’qiga oylik yog’in ko’rsatkichlari qo’yiladi. Harorat va namlikning har qaysisi uchun(rim raqami bilan belgilangan) ko’rsatkichlarni kesishgan nuqtasi hashorat tuxum davrida bo’lganda punktirlar (---) orqali, lichinkalik davrida esa qisqa chiziqlar (---), gumbaklik davrida to’garakchalar(000) va imoga davrida yaxlit chiziqlar (-) orqali qo’shiladi.(35-rasm)
35-rasmda marokash chigirtkasi tuxuming Kichik Osiyodagi baland platada rivojlanish davri ko’tsatilgan, bu joyda yoz va kuz boshi ko’proq bo’lgani uchun marokash chigirtkasi birdaniga ko’payib ketadi. Keyinroq, ya’ni yomg’ir yetarlimiqdorda bo’lganda harorat pasayadi va tuxum tinch holatda qoladi. Vodiylarda boshqaracharoq, baxorgi issiq erta boshlanishi tufayli lichinkalar ham tuxumdan erta chiqadi va rivojlanishning keyingi fazolari ham erta boshlanadi. Bioklimogrammalar taqqoslab ko’rilganda vodiy bilan plato iqlimi o’rtasidagi tafovut aniqlanadi, bu ayniqsa qish oylarida yaqqol ko’rinadi.

Bioklimogrammani taqqoslash uchun to’g’ri to’rtburchak usulidan foydalaniladi. Ikki tomoni oylik o’rtacha maksimum va minimum haroratni, qolgan ikki tomoni esa oylik o’rtacha maksimum va minimum yog’ingarchilikni ko’rsatadigan to’g’ri to’rtburchak hashoratning bizga kerakli davrdagi iqlim sharoitini harakterlab beradi. Plato, ya’ni marokash chigirtkasining doimiy rezervatsiyasi, uning ko’payishi uchun sharoit qulay bo’lgan joy bioklimogrammasi-o’sha mashtabda chizilgan vodiy iqlimi hashoratning rivojlanishi uchun yilning qaysi davrida noqulay ekanligi ekanligi aniq ko’rinadi. Masalan, tuxumlik davrining bioklimogrammasidagi to’rtburchakdagi iyul va avgustni qoplamaydi va bioklimogrammaningegri chizigi qish oylarida ayniqsa keskin chetlanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, vodiy iqlimi tuxum rivojlanishiniqisman yoz oylarida, asosan qish oylarida bo’gib qo’yar ekan.

Hashoratlarning hayoti uchun yorug’lik ekologik faktor sifatida muhim rol o’ynaydi. Ushbu kitobning biologiya qismida yorug’lik faktorihashorat turning yillik hayoti sikliga tasir ko’rib o’tilgan edi. Yorug’ kunnung uzunligi (fotoperiodik reraksiya) ko’pgina turga oid hashoratlarning qishga tayyorlanishiga,diapauza holatga kirishiga, bo’g’inining uzun-qisqa bo’lishiga ta’sir etadigan juda muxim factor hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya hashoratning rivojlanish fazosi va yoshiga bog’liq ekanligini A.S.Danilevskiy (1961 y) aniqlagan.

Hashoratlarning ko’payishi tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik bitlarining jinsiy maxsuloti yorug’lik yetarli bo’lgan tezroq rivojlanadi: tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ilik bo’lgandagina tuxum qo’yadi. Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi.Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligiga 15 soatdan bo’lgandan o’tsa, bunday qurtlardanpaydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi, yani ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hashoratga aylanishi kechikadi.

Yorug’lik spektral tarkibining eng aktiv qismi qisqa to’lqinli soha hisoblanadi.

Hashoratlarning tarqalishiga va ko’payishiga shamol tezligi katta ta’sir etadi, ayniqsa qanotli mayday hashoratlarning (o’simlik bitlari, mayday kapalaklar va boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hashoratlarning erkak urg’ochilarini topishiga yordam beradi.

Meteorologik faktorlar hashoratlarning ko’payish tezligiga ta’sir etish bilan birga ular hayot faoliyatining boshqaq tamonlariga: harakatchanligiga, hayotiy chidamligiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi.Tropik mamlakatlardagi hashoratlarning rangdor va yirik bo’lishi yuqori haroratli va yorug’lik ta’siri natijasidir.

GIDRO-EDAFIK FAKTORLAR.
Ko’pgina qanotli hasharotlarningtuxumlik va g’umbaklik hamda ko’pincha lichinkalik davri suvda va tuproqda o’tadi. Bulardan tashqari ko’pchilik lichinkalik birlamchi qanotsiz hashoratlar va qisman qanotlilarning hamma rivojlanish fazalari tuproqda o’tadi. Umuman,90% dan ortiq hashorat turlarining yashashi suv yoki tuproq bilan bog’liq. Suv havzalari va tuproq biosfera, yani yer qobig’ining asosiy tarkibi bo’lib, unda hamma organic hayot to’planadi. Bu ikki hayot muxiti tirik moddalar bilan to’yingan va ularning hosil bo’lishida hashoratlar muhim rol o’ynaydi. Tirik jonlar suvda va tuproqda yashabgina qolmay, o’lganidan keyin, ularning o’lik organic materyasini tashkil qiladi. Demak, bu muhit doimo biogenic mahsulotlar bilan boyib turadi.

Hashoratlar hayotida chuchuk suv havzalari, daryo, ko’l va boshqalar muhim rol o’ynaydi.Dengiz havzalarining ahamiyati katta emas.

Ko’pchilik hashorat turlari hayotining ma’lum davr rivojlanishi. Masalan,kunlilar, ninachilar, bahorikorlar, buloqchilar, chivinlar va boshqa turkumlar lichinkalarining hayoti suv bilan bog’liq. Ba’zi bir hashorat turlari hayoti doimo suv bilan. Masalan, qo’ng’izlarda suzgichlar oilasi va ba’zi bir qandalalar oilasi.

Suv muhitida hayot sharoiti asosan uning harorati, ximizmi, oksigen va oziqa miqdori bilan aniqlanadi. Hashoratlar tez oqadigan – reofillar va sekin oqadigan-limnofillar bo’ladi. Lekin bir tur vakillari ham sekin oqadigan ham tez oqadigan suv muhitida yashashi, asosan lichinkalarning uya tuzilishiga bog’liq. Buloqchi turkimining vakillari bunga misol bo’la oladi. Suv muhiti, odam hamda uy hayvonlarining dushmanlari: bezgak chivini, mayda chivinlar, eshakqurtlar va boshqalar yashaydigan muhit bo’lib hisoblanadi.

Suv muhiti hashoratlar hayotida va biosferada modda aylanishida muhim ro’l o’ynashi bilan birga hashoratlar orqali biologik hunarmandchilik produksiyasini hosil qiladi va qon so’ruvchi hamda kasallik tarqatuvchi zararkunanda hashoratlarning man’bai bo’lishi mumkin.

Ko’p tur hashoratlar hayotning normal kechishi tuproq sharoitiga ham bog’liq. Tuproq yashash muhiti har xil bo’lib suv bilan havo oralig’ini egallaydi. Akademik M.S. Gliyarov fikricha tarixiy evolyutsion taraqqiyotda suvda yashaydigan hayvonlarning havoda yashovchi formalariga o’tishida tuproq “ko’prik” vazifasini bajaradi. Hayvonlar bilan birgalikda Hasharotlar uchun tuproqning ahamiyati katta, tuproq ularning yurushi uchun substrat vazifasini bajaradi. Tuproq faunasida tirik jonivorlar va Hasharotlarning joylashish miqdori va shakli turlicha; geobiontlar – tuproqda doim yashovchilar ularga ko’pchilk birlamchi qanotsilarlar kenja sinfining vakillari kiradi : geofillar – tuproqda faqat biror bir rivojlanish fazasida yashovchilar bularga chigirtkasimonlar, tripslar, ko’pchilik qo’ng’izlar (qoratanlilar, qirsildoq qo’ng’izlar), tunlam kapalaklari va boshqalar kiradi, geoksenlar – vaqtinchalik tuproqda yashovchilar, bularga suvaraksimonlar, qandalalar va qattiqqanotlilar turkumining ko’pgina vakillari kiradi.

Bulardan tashqari tuproqda yashovchi hasharotlar aktiv va passiv guruhlarga bo’linadi. Aktiv guruhga kiruvchilar tuproqda aktiv harakatlanadi va oziqlanadi. Ya’ni tuproqda modda almashinuvini tezlashtiradi: bularga lichiunka yoki oziqlanuvchi imago fazasida tuproqda yashovchi qirsildoq qo’ng’izlar, qoratanli, yaproqcha mo’ylovli qo’ng’izlar va boshqalar kiradi. Ikkinchi guruhga kiruvchilar tuproqda harakatlanmaydi va oziqlanmaydi, tuxumlik, g’umbaklik hamda diapauza davridagi imago fazalari tuproqda bo’ladi. Masalan, chigirtkasimonlar va boshqa ko’pgina to’g’ri qanotlilar tuxumini tuproqqa qo’yadi. Ko’pchilik hasharotlar tuproqda g’umbakka aylanadi va qishlaydi.

Tuproqda yashovchi hasharotlar hayoti uchun tuproqning fizik va kimyoviy xususiyati muhim rol o’ynaydi. Fizikaviy xususiyatlaridan ayniqsa tuproqning mexanik tarkibi. Strukturasi zichligi, namligi, harorati va aeratsiya katta ahamiyatga ega.

Ba’zi hasharotlar, masalan marmar may qo’ng’izi, chumolisherlar lichinkalari va boshqalar qumloq joyni yoqtiradi. Ba’zilari masalan tok fillokserasi, aksincha yoqtirmaydi. Turli tuproq strukturasi va zichligiga ham hasharotlar turlicha moslashgan bo’ladi. Misol , iyun tilla qo’ng’izi go’ng ko’ngizlar, dala uzunmo’ylovlisi qo’ng’izlari, ba’zi chigirtkalar taqir,zich tuproqni, qora tanli qo’ng’izlarning lichinkalari esa haydalgan yumshoq tuproqni xush ko’radi.

Shunga o’xshash tuproq namligi harorati, aeratsiayasi tuproqdagi foydali va zararli Hasharotlar miqdoriga va ularning tarkibiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Demak tuproqqa ta’sir etish orqali, ya’ni agrotexnikani to’g’ri qo’yish orqalituproqdagi foydali va zararli hasharotlar miqdoriga, tuproq tarkibiga umuman tuproq hasharotlar faunasiga katta ta’sir etishi mumkin.

Tuproqning kimyoviy tarkibi ham muhim rol o’ynaydi, ba’zi hasharotlar neytral tuproqni, bazi hasharotlar sho’rhoq tuproqni yoqtiradi. Bundan tashqari, tuproqdagi organik moddalr miqdori hasharotlar hayotida muhim ahamiyatga ega. Chunki organik moddalar ko’pchilik hasharotlarning oziq ratsionini tashkil etadi.

Tuproqda yashovchi hasharotlar boshqa tuproqda yashovchi umurtqasiz hayvontlar bilan birgalikda tuproq hosil bo’lishida muhim rol o’ynaydi. Chumoli va termitlar erda uya qazib, chuqurlikdagi unumsiz tuproqn er betiga chiqaradi va er yuzidagi ko’p organik moddalarni inlariga olib kiradi. O’tkazilgan maxsus kuzatuvlarga ko’ra chumolilar bir gektar erda yil davomida 72.2 tonna tuproqni o’rnidan qo’zg’atar ekan. Hasharotlar tuproqdagi o’simlik va hayvon qoldiqlarini chiritishda ham katta ahamiyatga ega. Hasharotlar har yili tuproqda to’planadigan o’simlik qoldiqlari (barg poya barg)ni chiritib ularni oddiy oziq moddalarga aylantiradi.


MAVZU Hasharotlarning tarqalishiga tashqi muhit omillarining ta’siri

Biotik faktorlar.

Hasharotlar hayotida ularning turli xil tirik organizmlar bilan munosabati muhim ro’l o’ynaydi. Tabiatloqning tirik kuchlari muhitning biotik faktorlari sifatida Hasharot organizmiga tasir ko’rsatadi. HashArotlar biotik muhit faktorining munosabat asoslarini oziqa yoki tropik munosabat bilan bog’lilik tashkil etadi. Oziqaga bo’lgan talab fizologik zaruriyat bo’lib turli xil oziqa manbalaridan foydalanish turli xil moslanishlarni xosil qiladi.

Oziqa hasharotlarni yashashi uchun muhim ekologik faktorlardan biri hisoblanadi. Hasharotlarning oziqa manbai xar xil. Faqat o’simliklar bilan oziqlanadigan Hasharotlar fitofaglar deyiladi. Maslan, uzun mo’ylovli qo’ng’izlar, bargxo’rlar uzunburunlilar, chigirtkasimonlar va boshqalar. Faqat hayvonlart bilan oziqlanadigan Hasharotlar zoofaglar deyiladi.bular o’znavbatida yirqichlar va parazitlarga bo’linadi. Yirtqichlarga xonqizi , ninachi, beshiktevratarlar, kiradi. Parazitlarga esa yaydoqchilar, ko’p ikki qanotlilar tivitxo’lar b itlar va boshqalar kiradi. Chirigan o’simlik qoldiklari bilan oziqlanadigan Hasharotlar saprofaglar deyiladi. Bularga ko’pchilik oyoqdumliolar, ikkiqanotlilarning lichinkalari va bazibir qo’ngizlar kiradi. O’limtiklar b ilan oziqlanadigan Hasharotlarga nekrofaglar deyiladi. Bulrga tipik o’likxo’r qo’ngizlar, bazi pashshalarning lichinkalari kiradi. Go’ng bilan oziqlanadigan Hasharotlar kaprofaglar deyiladi. Bularga go’ng qo’ng’izi, stafinidlar, bazibir pashshalar lichinkalari misol bo’ladi. Bularning hammasi , yani fito, zoo, sapro, nekrova kaprofaglar birlamchi tartibda moslashishidir. Ikkilamchi tasrtibda oziqaga moslashish xar bir kategoriya chegarasiga oziqaga talabchanlik darajasi bilan xarakterlanadi. Bir xildagi oziq yeydiganlar (bir turga kiradigan o’simlik yoki hayvon maxsuloti) –monofaglar va xar xil oziq yeydiganlar polifag deyiladi. Po’lifaglik ko’pincha cheklangan bo’ladi. Biroq xilma xil organik moddalarni (o’simlik va hayvon qoldiklarini ), xatto o’z eksprementlarni yeydigan Hasharotlar xammaxo’r yoki pantofag,oziqani ozikani juda tanlab yeydigan ,masalan bitta batanik oilaga kiruvchi o’simliklarni yeydigan Hasharotlar oligafaglar deyiladi. Monofaglar tok fillokserasi ,no’xat qo’ng’zi va boshqalar kiradi oliga faglarga qand lavlagi uzunburun qo’ng’izi , beda filchasi , kartoshka kolorodo qo’ng’izi va boshqalar kiradi.

Hasharotlarni ozuqaga moslashish qununiyati faqat nazariy ahamiyatga ega bo’lmasdan , katta amaliy ahamiyatga ega .buning asosida yangi etiladigan qishloq xo’jalik o’simlik zararkurandalarining tarkibini oldindan ehtimol qilish va shu bilan birga qonuniyat zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlarining nazariy negizini to’g’ri dala almashinishi joriy etishda muhim ro’l o’ynydi.

Hayvonlarning oziqlanishi ozmi ko’pmi oziqa bo’g’lami bilan bo’g’langan. Ayniqsa monofag va oligafaglarda bu bo’g’lam mustahkam .Lekin bu bo’g’lamlar bazida komponentlar : ovqatni istemol qiluvchi va taminlovchi bilan chegaralanmaydi.ko’pincha stemol qiluvchilar o’z navbatida boshqa organizmlar uchun ovqaat taminlov chi bo’lishi mumkin . shuning bilan bir nechta tur individ organizmlarning bir-biriga qo’shiluvchi ovqatlanish zanjiri vujudga keladi.

Ovqatlanish zanjiri o’simlik yoki o’lik organik moddalardan va yirtqichlar bilan hayvonlar va parazitlar bilan tugallanadi. Masalan, bug’doyda g’alla biti oziqlanadi, bular bilan honqiz qo’ng’izlari va ularning lichinakalari oziqlanadi , o’zlari esa qushlarga yem bo’ladi. Natijada ovqatlanish zanjiri va ovqatlanish turli xil organizmlarni bir biri bilan bog’lab ular o’rtasida murakkab va mahkam o’zaro munosabatini hosil qiladi.

Ko’pchilik o’simlikxo’r hasharotlar madaniy o’simlik bilan oziqlanganda o’simlkga turlicha tasir yetkazadi . Bu zararlar turli xil usulda bo’ladi. Jumladan , o’simlik bilan oziqlanish , to’qimalarda tuxum qo’yish va turli xil o’simlik baktirial , virusli, zamburug’ kasalliklarni tarqatish va yuqtirish orqali zarar yetkazadi.


Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling