1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi


Hashoratlarga qarshi biologik kurash usuli va integrallash sistema choralari


Download 180.5 Kb.
bet4/4
Sana12.05.2020
Hajmi180.5 Kb.
#105164
1   2   3   4
Bog'liq
Hashoratlar ekalogiyasi


Hashoratlarga qarshi biologik kurash usuli va integrallash sistema choralari.

Biologik usul hashoratlarning parazit va yirtqichlaridan, shuningdek kasallik sababchisi mikroorganizmlardan foydalanib, hashoratlarning zararli turlarini yo’qotish, kamaytirish yoki ko’payib ketmasligini oldini olishga qaratilgan.Bu usul iqtisodiy jihatdan arzon, qulay, atrof muhitni ifloslantirmaydi, hamda boshqa foydali hashoratlarni zararlamaydi.

Zaharli hashoratlarning tabiiy kushandalaridan foydalanish uzoq tarixga ega.Bundan qariyib 1000 yil oldin Xitoyda yirqich chumolilarni yig’ib sitrus daraxtlariga qo’yib yuborib zararkunandalardan himoya qilishgan.1879 yili ulug’ rus olimi I.I.Mechnikov don qo’ng’izlari va lavlagi filchasi zamburug’ va bakteriya kasalliklari bilan zararlanishinibirinchi bo’lib aniqlagan va bunday mikroorganizmlardan zararkunandalarga qarshi foydalanish mumkinligini isbotlagan.Natijada zararkunandani 70% gacha kamaytirish mumkin ekanligi aniqlangan.

Rus tadqiqotchilari I.B.Vasilov ,N.V.Kurdimov,I.Ya.Shevirov,B.P.Pospelov va boshqalar o’tgan asrning oxirgi yillarida biologik usulni chuqurroq o’rganish va undan qishloq hamda o’rmon xo’jaliklarida kengroq foydalanishga hamda entomofaglar bilan zararkunandalar orasidagi munosabatlarni o’rganib, bu munosabatlar biologik kurash usulining asosi ekanligiga ko’proq etibor berganlar.

Rossiyada entomofaglar birinchi marta xavfli zararkunandalardan bo’lgan hasva va olma qurtiga qarshi foydalanib ko’rilgan.1903 yil Turkistondan Xarikov guberniyasiga olib borilgan parazit mikrofonurus zararli xasva tuxumlarining 60% chasini halok qilishi mumkinligini ko’rsatdi.Olma qurtiga qarshi ishlatish maqsadida I.V.Vasilev (1910) va A.F.Rodeskiy (1911) Toshkent va Samarqand bo’g’lariga Astrxandan trixogramma keltirishgan.Keyinchalik trixogramma Turkiston faunasida borligi aniqlangan.

Hashoratlarga qarshi biologik kurash choralarining asosiy usullari: mikrobiologik, tabiiy dushmanlarini iqlimlashtirish, entomofaglarni malum faslda jamlash(kolonizatsiyalash) va shu joydagi entomofaglar orqali tasir etish usullaridir.mikrobiologik usulda patogen mikroorganizmlar-zamburug’lar, bakteriyalar, viruslar orqali zararkunanda hashoratlarda turli xil kasalliklarni tug’dirish orqali amalga oshiriladi.Ayniqsa keyingi yillarda aralash entomopatogen mikroorganizmlarni qo’llash yaxshi samara bermoqda.

Hashoratlarning tabiiy dushmanlarini iqlimlashtirish ham yaxshi natijalar bermoqda. Masalan, olmaning ashaddiy zararkunandasi qon biti paraziti afelinus Italyadan(1926) keltirilib iqlimlashtirilgan natijasida olma qon biti keskin kamaytirildi.

Avstraliyadan keltirilgan yirtqich xonqizi-rodoliya iqlimlashtirilishi natijasida Avstraliya tarnovchasimon qurtiga (iseriya) qarshi kurashda biofabrikalarida va biolaboratoriyalarda samaradorligi oshgan va natijada dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida u iqlimlashtirilgan.Entomofaglarni sun’iy ravishda ko’paytirib ( biofabrikalarida biolaboratoriyalarida) har yili zararkunanda hasharotlarning rivojlanish davrida dalalarga yoki bog’larga tarqatish katta samara beradi. Ular butun fasl davomida rivojlanib, zararkunanda hasharotlarni qiradi. Masalan, tuxumxo’r trixogrammalar, gibrobrakon, fitomiza va boshqalar.

MDH da biologik usul bilan ishlash yildan-yilga keng ko’lamda qo’llanilgan. Jumladan, 1982-yili 29million 606,2 ming gektarga biologik usulda ishlov berilgan. Shundan 14million 507 ming gektar yer entomofaglar vositasida ishlangan. O’zbekistonda 3,2 million gektarda biologik usul qo’llanib, trixogramma 1,5 millionga, gabrobrakon 759 ming gektarda qo’llanildi.

Mahalliy tabiiy kushandalarni qo’riqlash va ulardan biologik kurashda foydalanish hozirgi zamonning muhim vazifasidir. Tabiiy entomofaglar miqdori yetarli bo’lsa, ularning foydasi ham yuqori bo’ladi. Masalan, karamzor atrofiga yoki yoniga piyoz ekish bilan karam kapalagi lichinkasining kushandasi taxi pashshasi jalb etiladi. Ekinzorlar atrofiga nrktar ajratuvchi o’simliklar ekish, bedapoyalarni kengaytirish, g’o’za zararkunandalariga qarshi tabiiy kushandalarni ko’paytirish, o’z navbatida, zararkunandalarni kamaytirishga yordam beradi.

Tabiiy mahalliy entomofaglarning zararkunandalariga ta’sirini oshirishda agrotexnik va ximiyaviy tadbirlarni to’g’ri amalgam oshirishning ham ahamiyati katta. Masalan, ekin zararkunandalariga qarshi ximiyaviy vositalar lenta shaklida qo’llanilganda dalaning zaxarli moddalar ishlatilmagan joylariga entomofaglar yig’iladi, natijada shu joyda entomofaglarning samaradorligi ko’tariladi.

Entomofaglar faoliyatini ximiyaviy ishlashlar bilan moslashtirish, juda muhim masala bo’lib, u integral kurash usuliga asoslangan. Bu usuldagi kurashda biologic usul keng o’rin egallaydi hamda parazit va yirtqichlarni ko’plab ishlatishni ko’zda tutadi. So’nggi yillarda organo-sintatik preparetlarning keng qo’llanishi tufayli foydali hasharotlarning kamayib ketishi natijasida ilgari kam o’rin tutgan zarakunandalarning ko’plab urchishiga imkoniyat tug’ilganligi entomofaglarni saqlash masalasini keskinlashtirdi. Endilikda ximiyaviy preparatlarni faqat zaruriyat tug’ilgandagina qo’llash masalasi ko’tarilmoqda.

Zarakunandalar va ulrning tabiiy kushandalarini ko’paytirish xarakterining nisbatan doimiyligi ko’p yillik o’simliklar (o’rmon, bog’, tokzorlarda hamda ko’p yillik o’tlar) biotsenozlarida mustahkamroqdir. Shuning uchun ko’p yillik o’simliklarda intagrallashgan sistemada kursh tadbirlari uchun qulay imkoniyatlar bor. Bir yillik ekinlarda bir mavsum davomida zararkunandalar hamda ularning tabiiy kushandalari orasida biosentik aloqalar paydo bo’lib, ulgira olmaydi. Lekin shunga qaramay, bir yillik ekinlarda ham ba’zan yaxshi natijalarga erishilsa bo’ladi.

Zarakunandalatga qarshi ximiyaviy ishlov berishda entomofaglarni mumkin qadar himoya qilish uchun qator imkoniyatlar bor. Bular zarakunandalar uchun zaxarli va ularning tabiiy dushmanlari uchun zarasizroq bo’lgan selektika (tanlab ta’sir etuvchi) ximiyaviy vositalardir. Bunday ximiyaviy vositalarga oltingugurtli ftolofos preparatlari so’ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda yuqori samara beribgina qolmay, balki ularning entomofaglarini saqlaydi. Erta bahorda profilaktik chora sifatida kuchli zaxarli preparatlardan nitrofenni ishlatish mumkin. Bu preparatlar bir tomondan foydali hasharotlarni saqlab qoladi, ikkinchi tomondan ipak qurti, asalari va boshqalarga mutlaqo zararsiz. Shunga ko’ra uni faqat zarurat bo’lgan hollarda ishlatish mumkin.

Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklari.

Hashoratlarning tabiiy kushandalari va kasalliklariga potogen mikroorganizmlar,parazit chuvalchanglar,yirtqich va umurtqali hayvonlar kiradi.Bularning hammasi zararkuranda hashoratlarning ko’payish hamda tarqalishini chegaralashda muxim ro’l o’ynaydi,shuning uchun insonga katta foyda keltiradi va ularning bazilari zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurash choralarida qo’llaniladi.Lekin bu organizmlar foydali hashoratlarni (asalarilar,tut ipak qurtlarini)yeb yoki kasallantirib,insonga sezilarli darajada zarar yetkazdilar.

Patogen mikroorgonizmlar-bularga zamburug’lar(530 turi), bakteriyalar(100 dan ortiq turi), viruslar(400 dan ortiq turi) va sodda hayvonlarning bazi vakillari(1200 turi) kirib, hashoratlarda turli kasalliklarni tug’diradi.Hozirgi vaqtda entomologiya fanining mustaqil qismi hashoratlar patologiyasi shu masalalarni chuqur o’rganmoqda.

Zamburug’ kasalliklari yoki mikozalarni fikomitsetlar va takomillashmagan zamburug’lar qo’zg’atadi.Uy pashshalarida, chigirtkalarda va boshqa to’g’ri qanotlilarda zamburug’ sporalari terisi orqali kirib, tezda ko’payib, hashoratlarni o’ldiradi.Ayniqsa muskardina zamburug’i tut ipak qurtlarda uchrab ipakchilikka katta zarar yetkazadi.Belgilari unsimon mog’or hosil qiladi.

Bakterial kasalliklar yoki bakteriozlar-hashoratlar o’rtasida keng tarqalgan kasallik tipidir.

Bu kasalliklarni turli xil bakteriyalar,kokklar va boshqalar tug’diradi.Bular ovqat bilan birga ichakka kirib,hashoratlarni kasallantiradi.Belgilari:kasallangan hashoratlar kam harakat ishtaxasiz bo’lib,og’iz va orqa chiqarish teshigidan ichak suyuqligini ajratadi.O’lgandan keyin tanasi qorayib chiriydi va sasiydi.Bularni bir necha xil bo’ladi.Agarda bakteriya ichakda yoki uning o’simtalarida bo’lsa-dizenteriya tipidagi infeksiya,agar tana bo’shlig’idan gemolimfaga o’tib bakteriya ko’paysa septisemiya tipidagi infeksiya deyiladi.Ipak qurtlarida chigirtkasimonlarda-dizenteriya tipidagi,kolorado qo’ng’izining lichinkalarida asalarilarida septisemiya tipidagi infeksiya keng tarqalgan.

Bazi bir bakterial infeksiya hashoratlar uchun yuqori potogenligi zararkuranda hashoratlarga qarshi mikrobiologik usullarini ishlab chiqishda stimul bo’lib hizmat qilmoqda.

Virusli kasalliklar ham hashoratlar orasida keng tarqalgan bo’lib,mikroorganizmlardan farqi,suniy muhitda yashay olmaydi,faqat tirik hujayralarda,kristal struktura shaklida yashaydigan varivajlanadigan parazitlardir.Bularga tut ipak qurtlarida sariq kasallik tug’diruvchi keng tanilgan,yaltiroq kristal tanacha-polietlar virusi misol bo’ladi .Bu viruslar boshqa kapalaklar turlarida,arrakashlarda va boshqa hashoratlarda ham uchrashi aniqlangan.Kasallanish tuxum orqali xamda ovqat bilan ichak va gavda bo’shlig’i orqali bo’lishi mumkin.

Sodda hayvonlar tipining,sporalar sinfining mikrosporidyalar turkumining vakillari nozema sporalilar hashoratlarda,ayniqsa asalari va ipak qurtlarida nozema va pebrina kasalliklarini tug’diradi.

Asalari nozema to’zi o’rta ichak epiteliysida parazitlik qilib ovqat hazm qilish protssesini buzadi va hashoratni o’ldiradi.Bazan butun onalarni nobud qilib,asalarichilikka katta zarar yetkazadi.

Tut ipak qurti peprinasi,hashoratning hamma rivojlanish davrlarida to’qimalarni jarohatlab,hashoratni nobud qiladi.Parazit-ovqat bilan birgalikda va tuxumi orqali yuqishi mumkin.Natijada ipakchilikka katta zarar yetkazadi.

Mikrosporidiya kasalliklari boshqa tur hashoratlarda ham uchraydi.

Parazit chuvalchanglar-bular ham turlicha bo’ladi:bazi bir chuvalchanglar hashoratlarda uzoq muddatda yoki doimiy(statsionar)yashab parazitlik qiladi,bazilari esa hashoratlarda vaqtincha yashab,keyingi rivojlanishi uchun boshqa umurtqali hayvonlarga,hatto odamga ham o’tadi.Bunda hashoratlar oraliq xo’jayin hisoblanadi.Statsionar parazit chuvalchanglarga yumaloq chuvalchanglar tipining nemotodalar sinfining vakillari kiradi va ular hashoratlarning ichaklarida va gavda bo’shliqlarida parazitlik qilib yashab,kasalliklar tug’diradi.Oraliq xo’jayini bo’lib hisoblangan hashoratlar odam va uy hayvonlari uchun xavfli dushman bo’lib,parazit chuvalchanglar uchun vaqtincha manba ro’lini o’ynaydi.

Yirtqich va parazit bo’gimoyoqlilar hashoratlarning tabiiy kushandalari bo’lib,zararkuranda hashoratlar faoliyatida katta ro’l o’ynaydi.Umuman hashoratlarning tabiiy kushandalari-entomofaglar deyiladi.

Yirtqich hashoratlardan vizzildoq qo’ng’iz va uning lichinkalari,xonqizi va uning lichinkalari,zararkunanda kapalak lichinkalar o’simlik bitlarini va boshqa hashoratlarni qirishda muxim ro’l o’ynaydi.Ninachilar,beshiktervatarlar,stafilinid qo’ng’izlar,qtir pashshasi, bazi bir chumolilar,gabrobrakon,trixogrammalar,oltin ko’zlar va boshqa yirtqich hashoratlar foydali hashoratlar kompleksini tashkil etib,zararkuranda hashoratlarga qarshi biologik kurashda foydalaniladi.

Parazit hashoratlar boshqa hashoratlarning kushandasi sifatida muhim ro’l o’ynaydi.Bularga yaydoqchilar, holsitsimonlar, tahinlar, malhamchilar va boshqalar kiradi.Parazitning ho’jayini hashorat parazit uchun faqat ovqat manbai bo’libgina qolmay, yashash muhiti hamdir.

Yuqorida ko’rsatilgan hashoratlardan tashqari entamofog gruppasig o’rgimchaksimon sinfining o’rgimchaklar va kanalar vakillari kiradi.O’rgimchaklar hashoratlarning yirtqich dushmani sifatida muhim ro’l o’ynashi mumkin.Ularning ahamiyati hozircha kam o’rganilgan.

Kanalarning ko’pchiligi lichinkalik davrida hashoratlarning paraziti bo’lib, voyaga yetganlari esa yirtqich hisoblanadi.Bularga qizil tanli kana, qalqonli kana va boshqalar kiradi.

Hashoratlarning yirtqich umurtqali tabiiy kushandalariga baliqlar, amfibiyalar, reptiliyalar, qushlar va sutemizuvchilar sinfining ko’pchilik vakillari kiradi.Bazi baliqlar suv hashoratlarining lichinkalari bilan oziqlanadi.Masalan, begak chivinining lichinkalari, pashshachalari bilan gombuziya baliqlari oziqlanadi.

Amfibiyalardan baqalar, sudralib yuruvchilardan kaltakesak va boshqa vakillar hashoratlar bilan oziqlanib, entomafaglar hisoblanadi.

Qushlar hashoratlarning tabiiy kushandasi hisoblanadi(jumladan, chumchuqsimonlar turkumidan qaldirg’ochlar, bulbullar, jiblajibonlar va boshqalar)

Lekin qushlar sinfidan hashoratlarning kushandalari ham bor.Sutemizuvchilar sinfidan hashoratxo’rlar turkumining vakillari, ko’rshapalak va boshqalar.



Yuqorida ko’rib chiqilgan hashoratlarning tabiiy kushandalari zararkunanda hashoratlarga qarshi biologik kurash negizini yaratib beradi.
Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling