1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida
-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi
Download 1.6 Mb.
|
.archUMK kafedra uchun. PDF
4-bob. FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi
26. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi: kundalik faoliyat rejimi — muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lmaganda; yuqori tayyorgarlik rejimi — favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda); favqulodda vaziyat rejimi — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda). FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi. FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlarini joriy etish bo‘yicha qarorda: tegishli faoliyat rejimini joriy etish uchun asos bo‘lgan holat; favqulodda vaziyat sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hudud chegaralari yoki favqulodda vaziyat hududining chegaralari; favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jalb etiladigan kuch va vositalar; favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan omillarni yoki sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha choralar; favqulodda vaziyatlarning oldini olishga mas’ul mansabdor shaxslar yoki favqulodda vaziyatni bartaraf etish tadbirlarining rahbari belgilanadi. Favqulodda vaziyat rejimini joriy etishda favqulodda vaziyatlar tasnifi, shuningdek, aholining hayot faoliyati xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar hamda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun qo‘shimcha talab etiladigan chora-tadbirlardan kelib chiqib favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishning quyidagi darajalaridan biri o‘rnatiladi: a) obyekt darajasida bartaraf etish; b) mahalliy darajada bartaraf etish; v) respublika darajasida bartaraf etish. 27. Quyidagilar FVDT faoliyat ko‘rsatish rejimlarida amalga oshiriladigan asosiy tadbirlar hisoblanadi: a) kundalik faoliyat rejimida: atrof tabiiy muhitning holatini, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilish, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni prognozlashtirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va belgilangan tartibda almashish; favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligi va muhofazasini ta’minlash, yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarar va ziyonni qisqartirish, shuningdek, favqulodda vaziyatlar sharoitida turar joy binolari, sanoat obyektlari, hayot ta’minoti tizimlari va iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirish bo‘yicha maqsadli va ilmiy-texnik dasturlar hamda chora-tadbirlarni rejalashtirish va bajarish; favqulodda vaziyatlarda aholini, moddiy va madaniy boyliklarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish, ko‘chirilgan aholining vaqtincha yashash joylarida hayot faoliyatini ta’minlash choralarini rejalashtirish hamda tegishli tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirish; FVDT boshqaruv organlari va kuchlarining favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tartibini rejalashtirish hamda ularni belgilangan tartibda tayyorlash; aholini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o‘rgatish; xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimi shayligini ta’minlash va nazoratini olib borish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish va to‘ldirish; aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; sug‘urtaning maqsadli turlarini amalga oshirish; b) yuqori tayyorgarlik rejimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi xavfi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, va boshqa tashkilotlarga xabar berish hamda aholini xabardor qilish; atrof tabiiy muhitning holati, xavf darajasi yuqori bo‘lgan obyektlar va ularga yondosh hududlardagi vaziyatni kuzatish va nazorat qilishni kuchaytirish, favqulodda vaziyatlarning yuzaga kelishi ehtimolini, ularning ko‘lamlari va oqibatlarini prognozlashtirish; FVDT tegishli quyi tizimlari va bo‘g‘inlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilishni davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning o‘z zimmasiga olishi, zarurat bo‘lganda vaziyatning yomonlashishi sabablarini aniqlash uchun favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan mintaqalarda tezkor guruhlarni tashkil etish, vaziyatni normallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlarni amalga oshirish, zaruratga ko‘ra aholini xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilish; favqulodda vaziyatlar sharoitlarida aholini va atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turar joy binolari, hayot ta’minoti tizimlari, obyektlar va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; doimiy joylashish punktlarida FVDT rahbarlari tarkibining kecha-kunduz navbatchiligini joriy etish; FVDT tezkor-boshqaruv organlari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini kuchaytirish; kuchlar va vositalarni shay holatga keltirish, yuqori tayyorgarlik faoliyat rejimiga o‘tkazish, ularning harakat rejalarini aniqlashtirish hamda zarur bo‘lganda favqulodda vaziyatlar taxmin qilinayotgan hududga yo‘naltirish; v) favqulodda vaziyat rejimida: favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganligi to‘g‘risida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga xabar berish va aholini xabardor qilish; aholini muhofaza qilishni, shu jumladan, aholini, moddiy boyliklarni va boshqa mol-mulkni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilishni tashkil etish; favqulodda vaziyat zonalari chegaralarini belgilash, o‘rab olish (to‘sib qo‘yish), ushbu mintaqaga kirish-chiqishni tartibga solish; doimiy tayyorgarlikdagi tuzilmalarni favqulodda vaziyatlar hududiga yo‘naltirish, ushbu tuzilmalar tomonidan favqulodda vaziyatlarni chegaralash va birlamchi sabablarini bartaraf etish; favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish; iqtisodiyot obyektlarining barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash, zarar ko‘rgan aholining hayot sharoitlarini ta’minlash ishlarini tashkil etish; favqulodda vaziyatlar hududlaridagi atrof tabiiy muhitning holati, avariya obyektlari va ularga yondosh hududlardagi vaziyat bo‘yicha monitoring olib borish; evakuatsiya qilingan aholini vaqtinchalik joylashtirish va hayot faoliyatini ta’minlash, tibbiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish hamda bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish; favqulodda vaziyatlar mintaqalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish; birinchi navbatda infratuzilma obyektlarini tiklash, ijtimoiy soha obyektlarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish; jabrlangan aholiga moddiy yordam ko‘rsatish, jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rilgan zararni qoplash tadbirlarini amalga oshirish. 28. Favqulodda vaziyatlarni tugatish uchun quyidagi mablag‘lardan foydalaniladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi va davlat zaxirasining moddiy resurslari zaxirasi – O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan; moliyaviy va moddiy resurslarning idoraviy zaxirasi — FVDT funksional quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan; mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobidan; obyektlarning moliyaviy va moddiy resurslari zaxirasi — tashkilotlarning o‘z mablag‘lari hisobidan; xalqaro tashkilotlar va xorijiy donorlarning muruvvat yordami. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining tabiiy ofatlardan zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun birinchi navbatda zarur bo‘lgan tovarlar omborlari va zaxiralari tizimlaridan uning roziligi bilan foydalanish mumkin. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari turlari va hajmi ularni tashkil etgan tashkilot tomonidan belgilanadi. 29. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari avariya sodir bo‘lgan obyektlar, ularni balansda saqlovchi vazirliklar va idoralarning, ushbu obyektlar joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlarining kuch-vositalari bilan amalga oshiriladi. 30. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ishlari obyektlarining rahbarlari, vazirliklar va idoralarning tezkor guruhlari (mutaxassislar) va hokimlarning bevosita rahbarligida amalga oshiriladi. Alohida hollarda favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun Hukumat komissiyasi tashkil qilinishi mumkin. 31. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun resurslar yetarli bo‘lmagan taqdirda ular obyekt ma’muriyati, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari rahbarlarining iltimosnomasiga binoan FVDTning yuqori organlari zaxiralaridan ajratilishi mumkin. 32. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha dasturlarni moliyalashtirish, tarmoqlar va obyektlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash har bir darajada tegishli budjetlar, FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha tadbirlarni mablag‘ bilan ta’minlash favqulodda vaziyatlar zonalarida joylashgan obyektlarning mablag‘lari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) mahalliy budjetlari hamda FVDT funksional va hududiy quyi tizimlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lar mavjud bo‘lmagan yoki yetarli bo‘lmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan mablag‘lar ajratiladi. 33. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular yuzaga kelganda ziyon va zararlar miqdorini kamaytirish bo‘yicha oldindan choralar ko‘rish maqsadida respublika va idoraviy harakat qilish rejalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va obyektlarning harakat qilish rejalari, shuningdek, FVDTning barcha darajalarida o‘zaro hamkorlikda harakat qilish rejalari ishga solinadi. 34. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi. ILOVA Vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi funksional quyi tizimida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha FUNKSIYALARI Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling