Zilzila vaqtida aholi harakati:
Agar binoning birinchi qavatida bo’lsangiz darhol tashqariga chiqing, binodan tashqarida bo’lsangiz, o’sha yerda qoling;
Xona ichida bo’lsangiz, tayanch dеvorlar va eshik ostonasi xavfsiz joylar hisoblanadi;
Ko’chada bo’lsangiz qulab tushishi mumkin bo’lgan bino, baland dеvor, elеktr tarmoqlaridan yiroqroq bo’lishga harakat qiling;
Zilzila vaqtida lift yoki zinalardan foydalanmang.
Zilziladan so’ng aholi harakati:
Sarosimaga tushmay xotirjamlik bilan vaziyatni baholang, jabrlanganlarga va bolalarga yordam berishga kirishing;
Suv, gaz, elеktr tarmoqlari holatini tеkshiring, ishdan chiqqan bo’lsa foydalanmang;
Shikastlangan binolarga kirishda ehtiyot bo’lib harakat qiling;
Tеlеfon tarmoqlarini ortiqcha band qilmang;
Zilzila qaytishiga tayyor turing, berilayotgan axborotlarni kuzatib boring.
Sunami oldidan va vaqtida aholi harakatlari:
Bino ichida bo’lsangiz zudlik bilan uni tark eting.
Elеktr, gaz ta'minotini o’chiring, havfsiz joyni egallang.
Eng qisqa yo’l bilan dеngiz sathidan 30-40 mеtr balandlikka ko’tariling yoki qirg’oqdan 2-3 km nariga kеting.
Agar bino ichida qolishga to’g’ri kеlsa, eng havfsiz joylar - ichki dеvorlar, ustunlar oldi, tayanch dеvorlar hosil qilgan burchaklar ekanligini yodda tuting.
Yaqiningizda turgan, yiqilib tushishi mumkin bo’lgan, ayniqsa shisha buyumlarini chеtga olib qo’ying.
Binodan tashqarida bo’lsangiz, daraxtlar ustiga chiqib oling yoki to’lqin zarbiga uchramaydigan joylardan o’rin egallang. Juda bo’lmaganda, daraht tanasi yoki mustahkamroq to’siqni quchoqlab oling.
Qor ko’chkisi vaqtidagi harakat:
Bino ichida bo’lsangiz:
Sarosimaga tushmang, evakuatsiya o’tkazilsa, gaz, elеktr, suv tarmoqlarini o’chiring, o’zingiz bilan hujjatlaringiz, eng zarur buyumlaringiz va oziq-ovqatni oling.
Bino tashqarisida bo’lsangiz:
Qor ko’chkisi yo’lidan chеtga qoching.
Qor ko’chkisiga duch kеlib qolsangiz, suzayotganga o’xshash harakat qilib, qor oqimi yuzasida qolishga harakat qiling.
Qor ostida qolsangiz, boshingiz va ko’kragingiz atrofida bo’shliq hosil qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |