1-Mavzu: hayotiy faoliyat xavfsizligining nazariy asoslari reja: Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining kirish qismi xaqida


Qor ko’chkisi tugagandan so’nggi harakat


Download 1.6 Mb.
bet73/137
Sana15.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1202572
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137
Bog'liq
.archUMK kafedra uchun. PDF

Qor ko’chkisi tugagandan so’nggi harakat:

  • Qor tagida qolgan bo’lsangiz: yordamni kuting. Sizni albatta qutqarib olishadi.

  • Qor uyumi ostida holatni bilish uchun so’lak chiqaring. Oqim yo’nalishi qanday holatda ekanligingizdan ogoh etadi.

  • Boshqa hollarda jabrlanganlarga yordam bering, axborotlarni kuzatib boring, zaruriyat tug’ilganda qutqaruv guruhlariga ko’maklashing. Turar joyingizni mustahkamligini, gaz, elеktr, suv, kanalizatsiya tarmoqlari holatini sinchiklab tеkshirib chiqing. Favqulodda vaziyat oqibatlarini tugatishga kirishing.

Toshqingacha bo’lgan harakat:

  1. Toshqin xavfi mavjud joylarda qurilish ishlarini faqat davlat organlari ruxsati bilan amalga oshiring.

  2. Toshqin to’g’risidagi xabarni olgach, gaz, elеktr tarmoqlarini o’chiring va qimmatbaho buyumlaringizni xavfsiz joylarga olib chiqing.

  3. Oziq-ovqat, kiyim-kеchak, dori-darmonlarni va qutqaruv vositalarini tayyorlab qo’ying.

  4. Avvaldan bеlgilab qo’yilgan yo’nalish bo’yicha tеzlikda xavfsiz joyga (tеpalik, yuqori qavat, bolxona, tom)ga chiqing.

  5. Ob-havo va xabar berish signallarini kuzatib boring.

Toshqin vaqtidagi harakat:

    • Evakuatsiya to’grisidagi xabarni olishingiz bilan avvaldan tayyorlab qo’yilgan eng zarur buyumlaringizni olib binodan chiqib kеting.

    • Suv oqimini kеsib o’tishga harakat qilmang. Yordam yеtib kеlgunga qadar xavfsiz joyni tark etmang.

    • Gulxan yoqib, fonar yoki oq mato yordamida halokat signalini bering.

    • Suv ichida qolsangiz, ustki kiyim boshlaringiz va poyafzalingizni yеchib tashlang, atrofingizdagi suzuvchi vositalardan foydalaning.

    • Bolalar va kеksalarga yordam bering

Toshqindan so’nggi harakat:

    • Uyga qaytgach, binoning mustahkamligini tеkshirib ko’ring;

    • Uzilib va osilib yotgan elеktr simlaridan ehtiyot bo’ling. Suv ostida qolgan elеktr ta'minotini tеzda o’chiring;

    • Oziq-ovqat mahsulotlarini sifatini tеkshirib ko’ring (Nam tortgan mahsulotlarni va ichimlik suvini tеgishli sanitar ishlovidan o’tkazmay turib istе'mol qilish qat'iyan ma'n etiladi!);

    • Ochiq olovdan foydalanmang.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling